4‐sinf o‘qish darslarida "Yoz o‘tadi soz" bo‘limini o‘rganish Mundarija Kirish I bob. O'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish
Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
Download 54.46 Kb.
|
4‐sinf o‘qish darslarida Yoz o‘tadi soz bo‘limini o‘rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi ob’ekti
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. 4‐sinf o‘qish darslarida "Yoz o‘tadi soz" bo‘limini o‘rganish bo’yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlar va manbalarni o’rganish asosida o’quvchilar qiziqishlarini o’stirishdan iborat 2. 4‐sinf o‘qish darslarida "Yoz o‘tadi soz" bo‘limini o‘rganish asosida o’quvchilarning qiziqishlarini va ko’nikmalarini tarkib toptirish texnologiyalariga doir tasavvurlarni yaratish; 3. 4‐sinf o‘qish darslarida "Yoz o‘tadi soz" bo‘limini o‘rganish va yangi metodlardan samarali foydalanish asosida o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarini puxta egallashlariga imkon beruvchi tafakkurini o’stirish usullarini sistemalashtirish va ularni amalda qo’llash uslubiyatini ishlab chiqish. Kurs ishi ob’ekti: 4‐sinf o‘qish darslarida "Yoz o‘tadi soz" bo‘limini o‘rganish bilan tanishtirish jarayoni Kurs ishi predmeti: 4‐sinf o‘qish darslarida "Yoz o‘tadi soz" bo‘limini o‘rganish bilan tanishtirish ko’nikmalari Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. I bob. O'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish 1.1.4 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’rganiladigan asarlar kichik yoshdagi o’quvchilarda imon-e’tiqod tuyg’ularini shakllantirish, vatanga muhabbat uyg’otish, o’zligini tanish orqali olamni tanishga yo’llash maqsadlariga xizmat qiladi. O’qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o’rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham o’qish boshlang’ich ta’lim tizimida muhim o’quv predmeti, ta’lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash, o’qish ko’nikmalarini bilan qurollantirish vositasi hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim davlat ta’lim standartining ”Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari”da “Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi”4,- deyilgan. Boshlang’ich ta’lim ona tili ta’limi doirasiga o’qish predmeti ham kiritiladi. Demak, bu vazifa ta’lim tizimini uyushtiruvchi o’qish darslariga ham taalluqlidir. O’qishga o’rgatishning muhim vazifalari sifatida dasturda quyidagilar ko’rsatilgan: - o’quvchilarning boshlang’ich o’qish malakalarini (to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishni) takomillashtirish; - bolalarni o’qigan asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularni tasvirlangan voqea-hodisalar mag’zini chaqish, muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash; - bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg’usini tarbiyalash; -o’quvchilarni matn ustida ishlashga o’rgatish; - o’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish. Bu vazifalarni amalga oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga o’z-o’zidan zarurat seziladi. Boshlang’ich sinflarda mavsumiy mavzularni o’rganishning hozirgi holatini o’rganish bevosita shu mavzudagi o’quv materiallarining sifati, o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi, o’rganish metodikasining qaydarajada yaratilganligi va uning tatbiqi bilan asoslanadi. Barchamizga ma’lumki, insonni boshqa jonzotlardan ustun sanalishiga asosiy sabab aql, ilm, tafakkur va nutqdir. Shuning uchun ham inson hayotning oliy xilqati sanaladi. Biroq inson o'z vazifalarini bekamu-koʻst amalga oshirishi uchun maʼlum eʼtiqodga ega boʻlishi, oʻz umrining asl mohiyatni anglashi lozim boʻladi. Buning uchun esa insonga yaxshi taʼlim va ma’naviy tarbiya olish zarur sanaladi. Xo’sh, maʼnaviy tarbiya nima? Inson tarbiyasida maʼnaviy tarbiya juda muhim. Ayniqsa, hozirgi shiddatli davrda insonning maʼnaviy tarbiyasi juda koʻp narsani belgilaydi. Maʼnaviy tarbiyaning asosida qalb tozaligi yotadi. Shuning uchun ham yosh avlodga maʼnaviy tarbiya zarur. Inson qaysi jamiyatda yashashidan, qaysi kasb bilan shug’ullanishidan qatʼi nazar, u o’z insoniy burchi sifatida oilasini moddiy jihatdan to’kis etib ta’minlashi uchun dunyoviy ishlar bilan shugʻullanishga majbur. Chunki, insonning moddiy ehtiyojlari doimiy ravishda o’sib boradi. Ota-bobolarimiz bolalarini halol-pokiza turmush kechirishlari uchun ularga yoshlikdan kasb va hunar sirlarini o’rgatish bilan birga ularga odob va tarbiya berishgan. Chunki insonning iymon va maʼnaviyati mukammal boʻlsa, u nopok yo’lga yurmaydi. Shu bilan birga topilgan mablag’ va molu dunyosi halol boʻladi. Birovning haqqiga xiyonat qilmaydi. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi. Xususan, boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilar badiiy asar mutolaasi va matni ustida ishlash orqali o’zlariga hayotiy saboqlarni oladilar. Badiiy asar matni tahlili jarayonida ular asar qahramonlarining hatti harakatlarini tahlil qilib, ularning qilmishlarining to’g’ri yoki noto’g’riligini anglaydilar, shu bilan birga asardagi voqealardan ta’sirlanadilar. Buning uchun o’qish va sinfdan tashqari o’qish darslarini interfaol, qiziqarli, sifatli va munozaralarga boy tarzda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchi badiiy asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa badiiy asardan ta’sirlanishga yordam berib, uning tafakkurini peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma’noni chuqurroq anglash va o‘rganishga yordam beradi. O’qish faoliyatida o‘qituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonining quyidagi masalalarini hal qilishi muhimdir. Bular asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishdan boshlanadi. Sinfda o’quvchilarning ruhiy holati, sinf o’quvchilari orasidagi holat va vaziyatlardan kelib chiqqan holatda asar ustida ishlashning mazmuni belgilanadi. Keyingi vazifa asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olish vazifasidir. Bu vazifa o’qituvchining dars jarayoniga metodik tayyorgarligi, dars jarayonini qanday metodlar asosida tashkil etishi va boshqarishiga bog’liq bo’ladi. Bunda o’qituvchi badiiy asar ustida ishlashda har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi muhim o’rin tutadi. Keyingi masala o‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olish vazifasidir. Bunda badiiy asar ustida ishlash jarayonida o’quvchilarning tafakkuri, o’z fikrini nutqida bayon qila olishi, badiiy asar ustida ishlashning qaysi bosqichida bo’lmasin o’zini namoyon eta oishiga e’tibor qaratadi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi: Download 54.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling