4v yoldosheva


Yalinmoq, yolvormoq, iltijo qilmoq


Download 0.78 Mb.
bet20/28
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1745369
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
2 5341416234921509838

Yalinmoq, yolvormoq, iltijo qilmoq.
Bu fe’llarni drajalanish qatoriga joylashtirishda ular ifodalagan ma’no bo‘yoqdorligiga asoslandik vashunga muvofiq darajalab chiqdik.
Amakingga ham o‘zim “uzoq shaharga olib keting shuginani, bir etak bolamdan hech bo‘lmasa birovginasi dunyo ko‘rsin” deb yalinganman.
Yolvoraman bizni tashlab ketmang, onajon.
Uning katta-katta qora ko‘zlaridan tinmay yosh oqar, buzog‘ining jonsiz tanasini yalar, hech kimni bolasiga yaqinlashtirmas, xo‘ngrab mo‘rar, najot so‘rar, iltijo qilardi.
Chidamoq, sabr qilmoq, toqat qilmoq.
Nimagadir bardosh bermoq ma’nosi bu fe’llar uchun umumiylikni tashkil qilsada, lekin ma’no darajalanishning oshishiga qarab oshib boradi.
Ayol hamma qiyinchilig-u xo‘rliklarga, turmushning mushtiga chidab yashaydi.
Bergan baxtingga shukur qildim, g‘amingga sabr qilolmadim.
“bevaqtgina onama, otam uylanganiga hech toqat qilolmayaptimikin, o‘n yil o‘tayotgan bo‘lsayam ko‘nmayaptimikin?!... Yoshgina ketgan onama”(G. E, Olmalar)
Qoniqmoq, ko‘ngli to‘lmoq. Biror voqea yoki ish ko‘nglidagidek bo‘lmoq ma’nosini bildiradi. Va bir-biridan bu fe’llar ma’no ifodalash darajasiga ko‘ra farqlanadi.
Bu qilgan ishingdan ana endi qoniqadi.
Chalgan musiqang menga yoqdi, endi sendan ko‘nglim to‘ldi.
Ko‘ngli og‘rimoq, yuragiga tegmoq, dili qon bo‘lmoq.
Bu fe’llar esa nimadandir xafa bo‘lmoq ma’nosida birlashadi lekin bu fe’llar ham ma’no bo‘yog‘ining oshib borishiga qarab farqlanishini kuzatamiz.
Bunchalar dilozorlik qilma, gaplaring ko‘nglimni og‘rityapti.
Forsiyni bilmasam, ma’nosini tushunmasam-da noladan dilim qon bo‘ldi.(G. E, Tiyramoq tushlari)
Hadiksiramoq, shubhalanmoq.
Bu fe’llar nimagadir yoki kimgadir ishonchsizlik munosabatini ifodalaydi.
Shunga ko‘ra darajalanish qatorini tashkil qiladi.
Men u bolaning tushunarsiz ishlaridan hadiksirayapman.
Erimning sadoqatidan shubhalanmasdim, ammo u mening dunyoyimga kira olmadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling