4v yoldosheva


Kelishmoq, shartlashmoq, til biriktirmoq


Download 0.78 Mb.
bet16/28
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1745369
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
2 5341416234921509838

Kelishmoq, shartlashmoq, til biriktirmoq.Bu fe’llar ma’nosida murosa, bitim manosi sezilib turadi va ma’no kuchayib borgan sari darajalanishni tashkil etadi.
Ular bu masala haqida bir to‘xtamga kelib kelishib olishdi.
Ertaga shu paytda maydonda uchrashishga shartlashishdi.
Birgalashib zeboni olib qochishga til biriktirib olishdi.
2.2. Holat fe’llarida darajalanish
Holat fe’llarida holat ma’nosi anglashiladi.
Dardlashmoq, hasratlashmoq. Bu fe’llarda insonning ichki kechinmalarini kim bilandir o‘rtoqlashmoq ma’nosi anglashiladi. Shunga qarab darajalanadi va darajalanish qatoriga joylashtiramiz.
Sen bilan bir dardlashgim keldi-da, bolam.
Yigitlardan yuqoriroqda ikki dehqon o‘tirar, bu yil sabzi-piyozning bozori kasodligidan va ulovsizlikdan hasratlashar edilar. (Oybek, Qutlug‘ qon).
Hayolidan o‘tkazmoq, o‘ylamoq, ong-u shuri bilan o‘ylamoq.Bu fe’llar kimnidir o‘ylamoq ma’nosini bildirsada, o‘ylash vaqtininazarda tutib darajaladik.Hayoldan o‘tkazmoq bir lahzalik, o‘ylamoq ancha uzoqroq, ong-u shuuri bilan o‘ylamoq butun hayolini egallamoq ma’nosini anglatgani uchun shunday darajalanish qatorini tuzishni lozim topdik.
Sizni o‘zim endigina hayolimdan o‘tkazib turgan edim.
Nega faqat siz haqizda o‘ylayman?
Bola qizni shunchalik sevardiku, tun-u kun ongu shuuri bilan u haqida
o‘ylardi.
O‘ylamoq, fikrlamoq, mulohaza qilmoq. Bu fe’llarning darajalanish qatorining boshini tashkil qilgan o‘ylamoq fe’lining boshqa ma’nosida qo‘llanganda bu fe’llarga ma’nodosh bo‘ladi. Shu munosabatiga ko‘ra
darajalanishni tashkil qiladi.
Bu mavzu haqida chuqur o‘yladi.
U bu mavzu haqida tun-u kun fikrlardi.
Bu ishni chuqur mulohaza qildi.
Umid qilmoq, istamoq, xohlamoq.Bu fe’lar istak xohishni kuchayib borishini ifodalaydi va bu fee’llarning umumiy ma’nosini tashkil etadi, shunga qaramay bu fe’llar orasidagi ma’nodarajasidagi farqni kuzatishimiz mumkin. Va shu ma’noni darajasiga qarab graduonimik qatorga joylashtiramiz.
Yo, Razzoq, seni umid qilib, hayratlanib va hatto anglamay sevaman, biroq qo‘rqib sevsam ishonma, qo‘rqib sevsam bu sevgimdan quvonma, qo‘rqsam aldayman, aldasam do‘st bo‘lolmayman.( G. Ernazarova, Tiyramoq tushlari)
Men ham sen buyurganingday emas,o‘zim istaganimcha yashashni istayman.
(G. Ernazarova, Tiyramoq tushlari)
Men seni ko‘rishni qanchalik xohlashimni bilsang edi.
Sezmoq, anglamoq tushunmoq. Bu darajalanish qatorini boshida turgan sezmoq fe’li sezgi organlari orqali his etmoq ma’nosini anglatadi va shu munosabatni ifodalanishiga qarab darajalanish ortib boradi. Shu munosabatning ortishiga asoslanib darajalanish qatorini tuzdik.
Men qilayotgan ishimning xatoligini ich ichimdan sezib turardim.
Ana endi sening bu ishdan maqsading aslida nima ekanini angladim.
Seni juda yaxshi tushundim.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling