4v yoldosheva


Download 0.78 Mb.
bet19/28
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1745369
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
2 5341416234921509838

Harakat qilmoq, intilmoq
Bu fe’llar biror bir shaxsning harakat natijasiga erishguniga qadar bo‘lgan harakatini bildiradi va darajalanish ham shunga ko‘ra ortib boradi.
Men seni bu qiynoq va azoblardan qutqarishga harakat qildim.
Negadir ko‘nglim yolg‘izlik tusadi unga intildim.(G. E, Tiyramoq tushlari) Uyqusi o‘chmoq, uyg‘onmoq, bedor bo‘lmoq.
Bu fe’llarning darajalanish qatorini tuzishda ularda kuzatilgan ma’no darajasiga ahamiyat qaratdik. Darajalanish qatorining boshidagi fe’lning ma’nosi nisbatan boshlanish oxiridagi fe’lning ma’nosi esa o‘z nihoyasiga yetganini ko‘rsatib turibdi.
U bu ish haqida o‘ylasa,hatto uyqusi o‘char edi.
Ilonlar-u chayonlarga to‘la qum barxanlari orasidan o‘g‘limning zorlanib, chinqirib yig‘laganini eshitaman, qora terga botib uyg‘onaman.
Oh, bu azobli, uyqusiz bedorbo‘libo‘tkazgan tunlar!
Qaltiramoq, titramoq.
Biror narsani eshitibqaltirash, yoki sovuqdan qaltirash ma’nolarini o‘zida birlashtiruvchi bu fe’llar bir biridan kuchli, kuchsiz ma’no ifodlashiga ko‘ra farqlanadi. Buni biz ushbu misollardan ham ko‘ramiz.
Bu daxshatli xabarni eshitib butun a’zoyi badani qaltirab ketdi.
Endi butun vujudi titray boshladi.
Iztirob chekmoq, qiynalmoq, olov bo‘libyonmoq.
Bu fe’llarning umumiy ma’nosini qiynalish ifodalasa-da, lekin ma’no darajasining oshishi bilan bir-biridan farq qiladi. Va darajalanish qatoriga quyidagicha joylashtiriladi.
Uning suhbatlaridan dilim yayrab, ruhim yaralariga malham topganimdan yana shu eski dardim xuruj qila boshladi, uqo‘limdan tutgan lahzadan boshlab qanchalar baxtiyor bo‘lgan bo‘lsam, shunchalar tashlab ketsa-ya degan qo‘rquv vahimasidan iztirob chekardim. (G.E, Tiyramoq tushlari)
Onang bechorani shunshalar ham qiynaysanmi?, nomard!
Bu dard ichimni juda kuydirar ichim olov bo‘lib yonar edi.
Ifor taratmoq, taralmoq, bo‘y taratmoq.
Yoqimli hid taratmoq ma’nosi ostida birlashgan bu fe’llar ma’no bo‘yoqdorligining oshishiga qarab darajalanadi.
Bahorda turli gullar ifor taratib, havo o‘zgacha bo‘ladi.
Nuridiydamning yuzlaridan nur taralardi.
Ayoldan yoqimli bo‘y taralardi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling