5 – Amaliy mashg’ulot Transformatorlarning soni va quvvatini hisoblash va tanlash


Download 211.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi211.21 Kb.
#1597397
1   2
Radial sxemalarda elektr energiyasi BPP yoki MTP dan to’g’ridan to’g’ri 
sex nimstantsiyalariga uzatiladi. Bunday sxemalar moslanuvchanlik hususiyatiga 
ega bo’lib, ekspluatatsiyada qulay hisoblanadi va o’rta, katta bo’lmagan quvvatli 
korxonalarda markazdan har tomonga tarqalgan gujlangan iste’molchilarni (nasos 
stantsiyalari, pechlar, o’zgartirish qurilmalari, tsex nimstantsiyalari) energiya bilan 
ta’minlashda ishlatiladi. Radial sxemalar manbadan sex podstantsiyalarining 
yig’ma shinalarigacha bo’lgan oraliqdagi elektr ta’minoti sxemasini sektsiyalash 
imkonni beradi.
Magistral sxemalarda bir nechta transformator nimstantsiyalari yakka yoki 
qo’sh magistralga shahobchalar orqali ulanadi. Magistral sxemalarni qo’llanilishi 
kommutatsiya 
apparatlarining 
sonini 
kamaytirib, 
tarmoqlarni 
qurishni 
arzonlashtirib, korxona elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf-harajatlarni 
kamaytiradi.
Bir manbaga ulangan yakka magistralli sxemalarning ishonchlilik darajasi 
kichik bo’lganligi uchun uchinchi toifali iste’molchilarga tavsiya etiladi. Qo’sh 
magistralli sxemalarning ishonchliligi yuqori va ularni har qanday toifali 
iste’molchilarga ishlatish mumkin.
Uzatilayotgan 
quvvatning 
miqdoriga 
qarab 
bir 
magistral 
2-5 
nimstantsiyalarni energiya bilan ta’minlaydi. Transformator nimstantsiyalarining 
sektsiyalari normal holatda ayrim-ayrim ishlaydilar. Biror magistralda avariya 
sodir bo’lsa transformator nimstantsiyalarining yuklamalari ikkinchi magistralga 
o’tkaziladi. Bu vazifa sektsiyalararo uzgich yoki avtomat orqali bajariladi. 
Magistral sxemalarning quyidagi guruhlari mavjud: bir tomonlama va ikki 
tomonlama ta’minlanuvchi yakka liniyali sxemalar; xalqasimon sxemalar; ikki va 


undan ko’p parallel magistralli sxemalar. Bir tomondan ta’minlanuvchi yakka 
liniya va xalqasimon magistral sxemalarning ishonchlilik darajasi radial 
sxemalarga nisbatan past hisoblanadi. Halqasimon va ikki tomonlama 
ta’minlanadigan 10 kV li magistral sxemalarda himoyalash tizimlarining 
murakkabligi uchun ular normal rejimda yopiq holatda bo’lmaydilar.
Korxonaning ichki ta’minoti tizimida faqat radial yoki faqat magistral 
tamoyilida qurilgan sxemalar ishlatilmaydi. Odatda katta va ma’sul elektr 
iste’molchilarning ta’minoti radial sxemalarda, o’rta va mayda iste’molchilar esa 
magistral sxemalarda bajariladi. Bunday aralash sxemalarni ishlatilishi korxona 
ichki taminoti tizimining iqtisodiy-texnik ko’rsatkichlarini yaxshilashga olib 
keladi. 

Download 211.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling