5-§. Jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari va ularning ahamiyati
Download 17.7 Kb.
|
asad jinoyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE ! Jinoyat sodir qilish joyi
- NOTA BENE ! Jinoyat sodir etish vaqti
5-§. Jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari va ularning ahamiyati Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining fakultativ belgilari quyidagilar: jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasi kabilardir. Ular nazariy jihatdan fakultativdir. Ammo amaliyotda ular jinoyatni ochish, kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu belgilar qonunda bevosita ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. NOTA BENE ! Jinoyat sodir qilish joyi – bu jinoyat sodir qilingan chegaralangan hudud, joy, geografik nuqta bo‘lib, unga masalan, uy-joy, o‘rmon, ombor va shu kabilar kirishi mumkin. Jinoyat sodir qilish joyi jinoyat qonuni amal qiladigan butun Jinoyat kodeksi 11–12-moddalaridagi prinsipga ko‘ra belgilangan hududda jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Bu holatda jinoyat sodir qilish joyi hudud 169
Agar moddaning dispozitsiyasida jinoyat sodir qilish joyi zaruriy belgi bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jinoyatning aynan o‘sha joyda sodir bo‘lganligini aniqlashlari lozim. NOTA BENE ! Jinoyat sodir etish vaqti sekund, minut, soat, sutka, oy kabi vaqt birliklari bilan o‘lchanadigan ma’lum davr bo‘lib, aynan shu davrda jinoyat sodir qilinadi. Jinoyat sodir qilish vaqti jinoyat sodir qilish joyi kabi jinoiy javobgarlikning umumiy shartlari va fakultativ belgisi sifatida chiqadi. Umumiy shart sifatida jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi 13-moddasida belgilangan va umuman Jinoyat kodeksini qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi Maxsus qismi dispozitsiyasida maxsus tarzda belgilangan hollarda ahamiyatga ega, masalan, Jinoyat kodeksi 99-moddasi onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishini nazarda tutadi. Yoki bo‘lmasa, qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish jinoyati (JK 291-moddasi) faqatgina mana shu xizmatni o‘tayotgan vaqtda sodir etilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi moddalari dispozitsiyalarida nazarda tutiladi. Ammo nazarda tutilgan hollarda uni aniq belgilab olish zarur. Vaqt aniq ko‘rsatilmagan bo‘lishi mumkin, lekin u aynan nazarda tutiladi. Masalan, saylov natijalarida ovozlarni noto‘g‘ri hisoblash jinoyati uchun javobgarlik faqat saylov vaqtida yuzaga keladi (JK 146-moddasi). 170
Download 17.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling