Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT – 2016 2 Kriminalistika.
- Mualliflar jamoasi
- Safarov Dj.I.
- Ошибка! Закладка не определена.
- Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari
- 2. Kriminalistik texnika.
Loyiha O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI KRIMINALISTIKA DARSLIK TOSHKENT – 2016 2
Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015. – 510 b.
Jinoyatni tergov qilish va ochish nazariyasining asosini tashkil qiluvchi fanlar qatorida kriminalistika markaziy o‘rinni egallaydi. Mazkur darslik kriminalistika fanining to‘liq kursini tashkil etadi, mazmuni esa tergov, tezkor-qidiruv va ekspertiza faoliyatining zamonaviy imkoniyatlarini yoritib, amaldagi huquqshunoslik o‘quv dasturlariga to‘la mos ravishda tayyorlangan. Unda kriminalistika nazariyasi va tergov amaliyotida keyingi yillarda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, kriminalistik texnika sohasidagi yangi-ilmiy vositalar, uslubiy tavsiyalar va murakkab jinoyatlarni tergov qilish uslubiyotlari yoritilgan. Darslikning qator boblari foto tasvirlar, chizmalar bilan boyitilgan. Darslik yuridik oliy o‘quv yurtlari talabalari, ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan magistrantlar, katta ilmiy xodim izlanuvchi, mustaqil izlanuvchilar, amaliyot xodimlari, shu jumladan, prokuror-tergov apparati xodimlari uchun mo‘ljallangan.
22-23-(S.Latipov bilan hammualliflikda), 21, 24-25 mavzular; Zakurlaev A.K. – yuridik fanlari nomzodi, dotsent 36-mavzu; Tulaganova G.Z. – yuridik fanlari doktori, dotsent 27, 37-mavzu; Fayziev SH. – yuridik fanlari nomzodi, dotsent 23 - mavzu; Safarov Dj.I. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent 32-mavzu; Latipov S.I. 4-11 (D.Bazarova bilan hammualliflikda)-mavzular, 29-mavzu; Hamidov B.H. – 26, 31, 33, 35-mavzular; Nurumov D.D. – 28, 30-mavzular; Bekmatova D.Sh. – 18-mavzu. Umarov A.D. – 34-mavzu. © Tashkent davlat yuridik universiteti, 2016 y. © Mualliflar jamoasi, 2016 y.
3
KIRISH ............................................................................................................................................ 5 1-BO‘LIM. KRIMINALISTIKANING UMUMIY QOIDALARI ................................................. 7 1-MAVZU. KRIMINALISTIKANING PREDMETI, VAZIFALARI, TIZIMI VA BOSHQA YURIDIK FANLAR BILAN ALOQASI.................................................................................... 7 2-MAVZU. KRIMINALISTIKA METODLARI ..................................................................... 15 3-MAVZU. KRIMINALISTIK IDENTIFIKATSIYA VA DIAGNOSTIKA .......................... 21 II BO‘LIM. KRIMINALISTIK TEXNIKA .................................................................................. 40 4-MAVZU. KRIMINALISTIK TEXNIKANING ASOSLARI ................................................ 40 5-MAVZU. SUD FOTOGRAFIYASI VA VIDEO-TASVIR YOZUVI .................................. 58 6-MAVZU. KRIMINALISTIK TRASOLOGIYA ................................................................... 75 7-MAVZU. KRIMINALISTIK BALLISTIKA ........................................................................ 95 8-MAVZU. QO‘LYOZMA MATNLARNI KRIMINALISTIK USULDA TEKSHIRISH ... 111 9-MAVZU. HUJJATLARNI KRIMINALISTIK- .................................................................. 128 TEXNIK TEKSHIRISH .......................................................................................................... 128 10-MAVZU. ODAMLARNI TASHQI QIYOFA BELGILARI ASOSIDA IDENTIFIKATSIYA QILISH ................................................................................................. 140 11-MAVZU. KRIMINALISTIK RO‘YXATGA OLISH ....................................................... 153 III BO‘LIM. KRIMINALISTIK TAKTIKA ............................................................................... 168 12-MAVZU. KRIMINALISTIK TAKTIKANING ................................................................ 168 UMUMIY QOIDALARI ......................................................................................................... 168 13-MAVZU. TERGOVNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH ................................ 180 14-MAVZU. HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH TAKTIKASI .............................. 192 15-MAVZU. TERGOV EKSPERIMENTI TAKTIKASI ....................................................... 210
17-MAVZU. TINTUV VA OLIB QO‘YISH TAKTIKASI ................................................... 242 18-MAVZU. SO‘ROQ O‘TKAZISH TAKTIKASI ................................................................ 257 19-MAVZU. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH TAKTIKASI .................................... 292 20-MAVZU. TELEFON VA BOSHQA QURILMALAR ORQALI OLIB BORILADIGAN SO‘ZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH TAKTIKASI ...................................................... 308 21-MAVZU. JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA MAXSUS BILIMLARDAN FOYDALANISH TAKTIKASI .............................................................................................. 315 IV BO‘LIM. AYRIM TURDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH USLUBIYOTI ........ 329 22-MAVZU. JINOYATLARNI TERGOV QILISH USLUBIYOTINING UMUMIY QOIDALARI ........................................................................................................................... 329 23-MAVZU. TERGOV VA TEZKOR-QIDIRUV ORGANLARI ......................................... 341 XODIMLARINING O‘ZARO HAMKORLIGI ..................................................................... 341 24-MAVZU. QOTILLIK JINOYATLARINI TERGOV QILISH .......................................... 351 25-MAVZU. NOMUSGA TEGISH JINOYATINI TERGOV QILISH ................................. 371 26-MAVZU. O‘ZGALAR MULKINI TALON-TOROJ QILISH JINOYATLARINI TERGOV QILISH .................................................................................................................................... 386 27-MAVZU: O‘G‘IRLIK, TALONCHILIK VA BOSQINCHILIK JINOYATLARINI TERGOV QILISH ................................................................................................................... 402 28-MAVZU. ODAM SAVDOSI JINOYATINI TERGOV QILISH ...................................... 411 29-bob. MEHNAT XAVFSIZLIGI QOIDALARINI JINOIY TARZDA BUZILISHINI TERGOV QILISH ................................................................................................................... 428 30-MAVZU. O‘T QO‘YISH VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISH ................................................................................... 438 31-MAVZU. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARINI JINOIY TARZDA BUZGANLIK HOLLARINI TERGOV QILISH .................................................................... 447 4 32-MAVZU. EKOLOGIYA JINOYATLARINI TERGOV QILISH ..................................... 465 33-MAVZU. VOYAGA ETMAGANLAR JINOYATINI TERGOV QILISH ...................... 477 34-MAVZU. PORAXO‘RLIK JINOYATINI TERGOV QILISH ......................................... 490 35-MAVZU. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH ................................................................................................................... 499 36-MAVZU. TERRORCHILIK KO‘RINISHIDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ................................................................. 513 37-MAVZU. GIYOHVANLIK VOSITALARI BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI TERGOVI ................................................................................................................................ 528 GLOSSARIY ............................................................................................................................... 542 ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............................................ Ошибка! Закладка не определена. 5
Kriminalistika fani O ‘zbekiston Respublikasida yurisprudensiya, yuridik ta'lim rivojalanishida nazariya va amaliyotni o ‘zaro bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan sud-huquq isloqotlarini amaliy jiqatdan ta'minlovchi fandir. Zero, sudlarda ko ‘rilayotgan qar bir ishda qaqiqatni aniqlamasdan turib uni to ‘qri va adolatli hal etish, inson huquq va erkinliklarini qonuniy qimoyasini ta’minlash mumkin emas. Kriminalistika fanini o ‘rganish orqali shahsni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning qonuniy huquq va erkinliklarini buzilishini oldini olish hamda jabrlanuvchining huquqlarini to ‘liq kafolatlashga erishiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ijtimoiy munosabatlar huquqni muqofaza qiluvchi organlar faoliyatida bir qancha amaliy masalalarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa o ‘z navbatida, mamlakatimizda kriminalistikani yangidan-yangi rivojlantirish metodlari va vositalarini ishlab chiqish, ulari amaliyotga keng tadbiq etish zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur maqsadlarga erishish uchun quyidagi kriminalistikani asosiy rivojalanish yo ‘nalishlarini belgilash lozim. Birinchidan, kriminalistikaning nazariy asoslarini romon-germon, anglo-sakson va MDH mamlakatlaridagi ilmiy maktablar yutuqlaridan foydalangan holda yanada rivojlantirish zarur. Bunda, kriminalistikani rivojlantirishga nafaqat jinoiy-huquqiy tomondan, balki soqalararo nuqtai nazardan yondoshish kerak. Ikkinchidan, mamlakatimizda kriminalistik texnikani rivojlantirish, jumladan yangi dalil turlari ko‘payib borishi natijasida ular bilan ishlash usullarini yanada takomillashtirish va bu borada professional mutaxassislarni tayyorlash lozim. Uchinchidan, kriminalistik taktikani rivojlantirish sohasida tergov harakatlarini samaradorligini oshirish va respublika miqyosida huquqni muqofaza qiluvchi organlar, ularning tarkibiy tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, tegishli hamkorlikni xalqaro miqyosda rivojlantirish. To‘rtinchidan, yangi
turdagi jinoyatlarni tergov qilish
uslubiyotlarini ishlab chiqish, yangi ekspertiza turlarini amaliyotga joriy etish va mavjudlarini takomillashtirishdan iborat. Hulosa qilib aytganda, mazkur darslikda yuqorida qayd etilgan yo ‘nalishlar asosida zamonaviy kriminalistikaning rivojlanish istiqbollari, hususan, kriminalistik tehnika va taktikaning jinoyatlarni tez va to ‘la
6 ochish, ularni oldini olishdagi bugungi kun imkoniyatlari yoritilgan. Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasida huquqni muqofaza qiluvchi organlar faoliyatida yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni aniqlash va taqlil etishda hamda ularning yechimini topishda huquqshunoslar uchun yuridik manba bo‘lib hizmat qiladi.
7
Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari. Kriminalistika tizimi. Kriminalistikaning boshqa yuridik fanlar bilan aloqalari.
Kriminalistika jinoyatlarni ochish va oldining olishda dalillarni topish, olish, mustahkamlash va tadqiq etish bilan bog ‘liq harakatlarni JPK ga ko ‘ra amalga oshiradigan taktik-metodologik usullari, shu maqsadda qo‘llaniladigan ilmiy-texnik vositalar va ularni joriy qilish to‘g‘risidagi fandir. Uning asosiy vazifasi tergov qilishda va jinoyatchilikni ochishda huquqni himoya qiluvchi organlarni ilmiy asoslangan usullar, vositalar va metodlar bilan qurollantirishdan iboratdir. Kriminalistikani turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atalgan – “ilmiy politsiya”, “texnik politsiya”, “jinoiy texnika” va h.k. Bizning davrimizda ham bu atama bir xilda qo‘llanilmaydi – bir qator mamlakatlarda u “kriminalistik texnika” ma’nosida ishlatiladi.
yunon. “logos” - “ta’limot” - so‘zma-so‘z “jinoyat haqidagi fan” ma’nosini anglatadi) atamasi ilk marotaba XIX asr ohiri - 1908 yilda avstriyalik olim Gans Grossning “Kriminalistika tizimi sifatida tergovchilar uchun qo‘llanma” asarida jinoyatning tergov qilish tehnikasi, taktikasi va metodikasini o‘rganadigan fanga nisbatan qo‘llanilgan edi. Unda kriminalistikaga jinoyat huhuqiga nisbatan yordamchi fan, jinoyat huhuqini amalga oshirishga qaratilgan ta’limot sifatida yondashilgan. Esda tuting! Kriminalistika - jinoyatni ochish va oldini olish maqsadida dalillarni izlash, yig’ish, qayd etish va tadqiq etish boyicha jinoyat-protsessual qonunida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan tehnik vositalar, taktik usullar va metodlar to‘g’risidagi fan.
8 Kriminalistikaning predmeti – jinoyatchilik mexanizmi, jinoyat va uning ishtirokchilari to‘g’risidagi ma’lumotning vujudga kelishi, dalillarni to‘plash, tekshirish, baholash va foydalanish qonuniyatlari va ularni bilish asosida jinoyatlarni tergov qilish va oldini olishning maxsus vosita va usullari majmui. Kriminalistika umumiy va maxsus vazifalarni bajaradi.
Jinoyatlarni tez va to‘la ochishga erishish – bu tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatning haqiqiy manzarasini ochish va ish yuzasidan haqiqatni tiklash. Sud muhokamasiga qadar jinoyatni ochishda tezkor-qidiruv va tergov organlari ishtirok etadi. Ulardan har biri o‘z protsessual vakolati doirasida harakat qiladi, bunda ular o‘zlariga xos vosita, usul va metodlarni qo‘llab, jinoyatni to‘la ochishning umumiy vazifalarini hal qilishda hissalarini qo‘shadilar.
Kriminalistika o‘zining ilmiy qonuniyatlariga ega. Ular jinoyatlarni tergov qilish asoslarini o‘rgatadi. Jinoyatni tergov qilish – qonunda ko‘zda tutilgan tartibda surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini tashkil etadi, bunda ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, uni sodir etgan shaxs aybdorligi yoki E’tibor qarating! Kriminalistikaning umumiy vazifasi - jinoyat huhuqi va jinoyat protsessi bilan hal etiladigan vazifalarga mos keladi hamda jinoyat sud ishlarini yuritish vazifalaridan kelib chiqadi va jinoyatni tez va tola ochishga ta’sir ko’rsatishdan, aybdorni fosh qilish va qonunni to’g’ri joriy etishni ta’minlashdan, shahs, uning huhuqi va erkinliklari, mol-mulkini, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoyasini ta’minlashdan iborat.
Kriminalistikaning mahsus vazifalari tergov va ekspert amaliyotida samarali foydalanishga yo'naltirilgan tehnik vositalar, taktik usullar va metodik tavsiyalarning yangilarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish
huhuqbuzarlikning oldini olish vositalari va metodlarini vujudga keltirish va ularni takomillashtirish
kriminalistikada hozirgi tabiiy, tehnik va ijtimoiy fanlar: matematika, informatika, biologiya, falsafa, mantiq, psihologiya va boshqa fanlarni samarali joriy etish yo'llarini izlab topish
9 aybdor emasligi va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatli hisoblangan boshqa holatlar belgilab olinadi. Bularni isbot qilish uchun kriminalistika vositalari, usullari va metodlari yordamida protsessual qonunda ko‘rsatilgan manbalar qo‘lga kiritiladi. Jinoiy ishlarni tergov qilishning o‘ziga xos tomonlari mavjud. SHulardan biri, jinoyatni aniqlash bilvosita tarzda amalga oshiriladi. Tergovchining o‘zi jinoyat hodisasini ko‘rmaydi, balki uning odamlar xotirasidagi ifodasini va jinoyat izlarini o‘rganadi. Dalillarni topish (izlash) – tergov organlari faoliyatida muhim va ayni vaqtda murakkab hamda qiyin vazifa hisoblanadi, chunki jinoyatchi ko‘p hollarda jinoyat sodir etgan izni yo‘qotish yoxud yashirishga harakat qiladi va shuningdek, o‘zining jismoniy tabiatiga ko‘ra izlar ko‘pincha yaqqol ko‘rinmaydi. Dalillar joyni ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish, namuna olish, guvohlarni so‘roq qilish va boshqa tergov harakatlari vositasida olinadi. Ularni izlashda kriminalistik texnika vositalarini mohirona qo‘llash, tergov taktikasi usullari va metodik tavsiyalariga rioya qilish talab etiladi.
Sanchadigan-kesadigan yoki chopadigan qurol bilan tan jarohati etkazilganda yaralangan joydan ko‘p qon ketadi, jabrlanuvchi topilgan joyda qon izlari bo‘lmasa jarohat boshqa joyda etkazilganligini ko‘rsatadi. Kriminalist bunday holatlarga qarab qanchalik tez yo‘nalish olsa, u hodisaning haqiqiy xususiyati to‘g‘risida shunchalik asoslangan tarzda xulosa chiqarishi mumkin. Kriminalistika o‘zining amaliy qonuniyatlariga ham ega bo‘lishi kerak. Ular jinoyatchi shaxsning jismoniy va ruhiy holatlari va sodir etgan jinoyat usullari o‘rtasidagi aloqalarida namoyon bo‘ladi. Mashg‘ulot yoki kasb-koriga qarab jinoyat quroli va har xil maxfiy qurollar tanlanadi. Jinoyatni sodir etish va yashirish usullari bilan ro‘y bergan hodisa izlari qonuniy jihatdan bir-biriga bog‘liq. Ammo shuni ta’kidlash Ma'lumot uchun! Guvohlar yong'in sodir bo'lgan joyda tutunni kuzatgan bo'lsalar, biror predmet kuyganligi to'g'risida tahmin qilish mumkin, tutun ko'kimtir bo'lsa - qonuniyatga ko'ra soch, teri, rezinka va boshqa buyumlar kuyganligini anglatadi. Alanga ko'kimtirroq nursiz bo'lsa, shakar, glicerin, yog'och spirti yoki tarkibida 25 foizdan ko'proq kislorod bo'lgan boshqa buyumlar yonayotganligini ko'rsatadi. 10
kerakki, kriminalistika vositalari, usullari va metodlari yordamida ochilgan izlar va boshqa dalillarga asoslangan ma’lumotlar protsessual qonun yo‘li bilan aniqlansa, ular dalillar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda ular dalil bo‘la olmaydi. Qo‘lga kiritilgan izlar va boshqa ashyoviy dalillarni asl holatda saqlash kerak. Saqlash chog‘ida ko‘rinishi, shakli o‘zgargan predmetlar dalillik kuchini yo‘qotishi mumkin. Masalan, voqea sodir bo‘lgan joydan topilgan o‘q u yoki bu sabablar bilan (noto‘g‘ri o‘ralgan, boshqa metal predmetlar tegib turgan) mikrorelef (mayda g‘adir-budirliklar)ini yo‘qotadi, natijada u otilgan o‘sha qurolga mos kelmay qolishi mumkin. Kriminalistika tizimi Kriminalistika tizimi to‘rtga bo‘linadi: 1. Kriminalistikaning ilmiy asoslari va metodologiyasi. Kriminalistikaning ushbu qismida uning ilmiy asoslari, vazifalari, metodlari, kriminalistik identifikatsiya va diagnostika kabi masalalar o‘rganiladi. 2. Kriminalistik texnika. Kriminalistik texnika – bu faqat texnika vositalarining yig‘indisi bo‘lib qolmay, balki kriminalistikaning umumiy nazariyasi va tabiiy hamda texnika fanlari asosida ishlab chiqilgan ilmiy qoidalar, usullar va metodlar majmuidir. Bunda daliliy ob’ektlarni topish, saqlash, qayd etish, tadqiq etish va jinoyatning oldini olish uchun protsessual qonunga muvofiq ulardan foydalanish maqsad qilib qo‘yilgan. Kriminalistik texnika vositalaridan ham tergovchi, ham ekspert muassasalari foydalanadi, texnik asbob-anjomlar esa eng murakkab va xilma-xil ekspert tadqiqoti o‘tkazish imkoniyatini beradi. Kriminalistikaning bu qismiga asosiy kriminalistika texnikalari, sud fotografiyasi, izlar to‘g‘risidagi ta’limot (trasologiya), sud ballistikasi, hujjatlarning texnik-kriminalistik tadqiqoti, xat va dastxatning kriminalistik tadqiqoti, odamning tashqi qiyofasi bo‘yicha tasvirlash va kriminalistik ro‘yxat kiradi. Kriminalistik texnika mavzusining xilma-xilligiga qaramay, ularning rivojlanishi va tabiiy- texnik asoslari umumiy bo‘lib qolaveradi. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling