Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Kriminalistik muallifshunoslik tekshiruvi


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59

Kriminalistik muallifshunoslik tekshiruvi 

 

Hujjat  matnlarining  muallifini  aniqlash  masalasi  kriminalistik 



muallifshunoslik  tekshiruvi  vakolatiga  tegishli  bo‘lib,  xatshunoslik 

ekspertizasini  o‘tkazishda  uning  mazmuniga  tegishli  bo‘lgan  sifat 

belgilari og‘zaki nutq xususiyatlarini tadqiq etish asosida shakllanadi. 

Dastxatni  aynan  yozgan  shaxs  aniqlansa-da  nutq,  uning  mazmuni 

ikkinchi  shaxsga  tegishli  bo‘ladi,  ya’ni  biri  aytib  turadi,  ikkinchisi  esa 

yozadi. 


Sud  va  tergov  amaliyotida  shaxsi  noma’lum  (anonim)  xatlar, 

muallifi  noma’lum  bo‘lgan  adabiy  va  ilmiy  asarlar  (bunga  qo‘lda 

yozilgan  matnlar  bilan  birga  pechatlash  vositasida  bajarilgan  hujjatlar 

ham kiradi) ning muallifini aniqlashga zarurat tug‘iladi.  

Ba’zida  jinoyatchi  o‘z  maqsadini  amalga  oshirish  uchun 

jabrlanuvchiga  zo‘rlik  yoki  tahdid  ishlatib,  ma’lum  mazmundagi  xatni 

yozishga  uni  majburlaydi,  matnning  mazmunini  aytib  (diktovka  qilib) 

turadi. Bu holda xatni bajaruvchi shaxsning qo‘lyozmasidagi umumiy va 

xususiy  belgilar  uning  dastxatini  aks  ettirsa-da,  matnning  mazmuni 

undagi  og‘zaki  nutq  belgilarini  aks  etishi  hujjatning  muallifi  boshqa 

ekanidan xabar beradi. 

Xatdagi  og‘zaki  nutq  belgilari  muallifning  umumiy  saviyasini 

belgilaydi.  Bularga  nutqning  xususiyati,  so‘z  boyligi  darajasi,  so‘zlarni 


 

122 


o‘z o‘rnida ishlatilishi, jumla tuzilishi, so‘zlashuvda saqlangan sheva va 

xorij so‘zlar-iboralarni qo‘llash, grammatik, orfografik, leksik va boshqa 

xususiyatlar kiradi. 

Hujjatlarning  matn-mazmunini  tekshirish  masalasiga  kriminalistik 

xatshunoslik  sohasidagi  mutaxassislar  bilan  bir  qatorda  tilshunoslar, 

filologlar  va  tekshiriluvchi  matnning  mazmuniga  oid  tegishli 

mutaxassislar jalb etiladi va ularning hamkorligida hal etiladi. 

Muallifshunoslik 

ekspertiza 

tekshiruvining 

asosini 

inson 


so‘zlashuv  nutqining  shakllanishi,  ma’lum  bilimlar  tizimi  asosida 

rivojlanishi, 

mukammallashishi 

va 


insonning 

individual 

nutq 

xususiyatlarining xatda aks etish qonuniyatlari tashkil qiladi. 



Kriminalistika 

muallifshunoslik 

matnni 

identifikatsiya 



nazariyasini, lingvistika, psixologiya, sotsial lingvistika, psixolingvistika 

bilimlarining  ayrim  nazariy  holatlari  bilan  bog‘liq  ravishda  tahlil  etib, 

muallifni aniqlash vazifasini bajaradi. 

 

Kriminalistik  muallifshunoslik  ekspertiza  ob’ektlari  qatoriga  turli 



hujjatlarning  qo‘lyozma,  shuningdek,  pechatlash  vositasida  bajarilgan 

matnlar,  ko‘paytirilgan  poligrafiya  mahsulotlari  kiradi.  Matn  so‘z 

birikmalari  va  jumlalari  yig‘indisidan  iborat  bo‘lib,  ma’lum  ma’no-

mazmunni ifoda qilmog‘i zarur. 

  

Muallifshunoslik  ekspertizasini  o‘tkazish  uchun  xatshunoslik 



tekshiruviga  o‘xshash  taqqoslash  uchun  xat  namunalari  zarur  bo‘ladi. 

Xat  namunalari  muallifi  noma’lum  jinoyat  ishiga  aloqasi  bo‘lgan, 



E’tibor  qiling!  Mazkur  tadqiqotning  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

- xatning aynan muallifini aniqlash (identifikatsiyaviy masala); 

- matn muallifining umumiy bilim darajasi, kasbi, mutaxassisligi 

va boshqa xususiyatlari asosida ma’lum guruh mansubligini belgilash 

(guruhga mansublik-diagnostik masala). 



Ma’lumot uchun! Ekspert mutaxassislarning amaliyotiga ko‘ra, 

matnni  identifikatsiyaviy  tadqiqot  ob’ekti  bo‘lishi  uchun  u  taxminan 



500  so‘zdan  kam  bo‘lmasligi  lozim,  aks  holda  matndagi  nutq  belgi 

alomatlari aniq xulosa chiqarishga yetarli bo‘lmay qoladi.  



 

123 


hujjatlarni  bajarishda  gumon  qilingan  shaxslarning  qo‘lyozmalari, 

pechatlash  va  ko‘paytirish  poligrafiya  mahsulotlari  kabi  matnlar 

hisoblanadi. 

Namunalar  xatshunoslik  tekshiruviga  taqdim  etiladigan  ob’ektlar 

kabi  erkin,  eksperimental  va  oraliq  vaqtiga  tegishli  bo‘lgan  xatlar 

bo‘lishi mumkin. 

Tasniflashga  oid  guruhga  mansublik  va  diagnostik  masalani  hal 

qilish  uchun  hozirgi  kunda  ekspertiza  faoliyatida  nazariy  va  uslubiy 

asoslar  ishlab  chiqilgan.  Hujjatlarning  matni  mazmunini  tahlil  qilish 

bilan  uning  muallifini  alohida  guruhga  mansubligi  masalasi  hal 

qilinmoqda.  Masalan,  hujjatdagi  matn  qaysi  millat  tilida  yozilganligiga 

qarab muallifga nisbatan bu til-ona tili bo‘lib hisoblanadimi yoki boshqa 

xorij til ekanligini aniqlash mumkin. 

Muallifshunoslik  tekshiruvi  bir  necha  bosqichdan  iborat: 



birinchi  bosqichda  ekspertizaga  yuborilgan  material  bilan  tanishib 

chiqib, 


qaror-ajrimda 

belgilangan 

tadqiqot 

vazifasi, 

tekshiruv 

ob’ektlarining soni, sifati etarli va yaroqli ekanligi aniqlanadi.  



Ikkinchi  bosqichda  tekshiriluvchi  va  namuna  ob’ektlar  har  biri 

alohida  ko‘zdan  kechirilib  tahlil  qilinadi,  ulardagi  nutq  xususiyatiga 

tegishli  bo‘lgan  sifat  belgilari:  leksika,  sintaksis,  jumla  tuzish  va  fikrni 

yozma  shakllantirishning  o‘ziga  xosligi  aniqlanadi.  Tekshiriluvchi 

mualliflar  soni  qancha  bo‘lsa,  har  birining  xat  namunalari  alohida-

alohida guruhga ajratilib, alohida qiyoslanib tadqiq etiladi. 

Solishtirib  tekshirish  natijasida  ma’lum  belgi  xususiyatlarining 

o‘xshashligi  yoki  qarama-qarshilik  holatlari  asosida  tegishli 

xulosalarning asoslari shakllanadi. 

Tekshirilayotgan  muallifning  aynanligi  yoki  uni  ma’lum  bir 

guruhga  oidligi  (ma’lumoti,  saviyasining  darajasi,  mutaxassisligi  va 

boshqa xususiyatlari)ga ko‘ra baholanib xulosa qilinadi. 

Hozirgi  kunda  dastxatshunoslik  va  muallifshunoslik  tadqiqotida 

“matematik  tahlil”  uslubi  keng  qo‘llanilmoqda.  Tekshiriluvchi 

ob’ektlarning  turli  sifat  belgilari  matematik  tavsiflash  uslubiyotida  ikki 

bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  sifat  xususiyatlari  asosida  ishlatiladi:  a) 

tekshiruv  ob’ektining  belgi-xususiyatlari  mustahkam  va  individual 

bo‘lish  sifati;  b)  bir  xildagi  belgi-alomatlarning  miqdori  bir  shaxsning 

xatidagi  umumiy  va  xususiy  belgilarining  yig‘indisi  ikkinchi  shaxsning 

xatida  takrorlanmasligi,  uning  sifat  omili  bo‘lsa,  ayrim  mustahkam 

shakllangan  belgilarning  bir  ob’ektda  qayta  takrorlanishi  esa  miqdor 

sifatini tavsiflaydi.  


 

124 


Ob’ektning  sifat  belgilari  doimiy  yoki  ma’lum  vaqtgacha 

mustahkam va o‘zgarmaydigan bo‘lishi matematik statistika va taxminiy 

nazariyaning  zarur  bo‘lgan  shart-sharoitidir.  SHu  bilan  birga  xatning 

variantligi, turli sabablar tufayli o‘zgarishi, uning sifat belgilarini nisbiy 

mustahkamligini tasdiqlaydi.  

Diagnostik  ma’lumotlardan  darak  beruvchi  belgilar  xatning 

ma’lum  sharoitlarda  yozilishi,  turli  sabablarning  ta’siri  natijasida  odat 

bo‘lib qolgan yozish uslubiga o‘zgarishlar kiritilishidan kelib chiqadi. 

Dastxatshunoslik  va  muallifshunoslik  ekspertizalar  xulosasi 

boshqa  ekspertizalar  tekshiruvlari  kabi  jinoyat  ish  yuzasidan  dalil 

manbai bo‘lib hisoblanadi va umumiy qoidalar asosida baholanadi.  

 

Dastxatshunoslik va muallifshunoslik tekshiruvini o‘tkazish uchun 



material tayyorlash 

 

Ekspertiza tayinlashning umumiy protsessual tartibi JPKning 180-

moddasida  ta’kidlangan  unga  binoan,  surishtiruv,  tergov  organi  va  sud 

ekspertiza tayinlash haqida qaror yoki ajrim chiqaradilar.  

Qaror  (ajrim)da  ekspertiza  o‘tkazish  sabablari  ish  uchun  hal 

qilinishi lozim bo‘lgan masalalar, ularni echishda qo‘llanadigan maxsus 

bilim  sohasi,  shu  bilimga  ega  bo‘lgan  mutaxassisni  jalb  etish  zarurati 

ko‘rsatiladi. 

SHuningdek,  ekspertizaga  hujjatlar,  ularni  tekshirishga  vosita 

bo‘lgan dastxat (imzo) namunalari va boshqa ob’ektlar ham yuboriladi. 

Xatshunoslik  ekspertizasining  xulosalari  to‘la  va  asosli  bo‘lishi  uchun 

tekshiriladigan hujjatning qachon, qanday sharoitda tuzilganligi, qaerdan 

olinganligi,  matnlarni  yozishda,  rasmiylashtirishda  gumon  qilingan 

shaxslar  va  ularning  tushuntirishlari  kabi  ma’lumotlar  qaror  (ajrim)da 

ko‘rsatilmog‘i lozim. 

Zarur  bo‘lgan  hollarda  ekspert  jinoyat  ishi  materiallarining 

ekspertiza  tekshiruviga  tegishli  bo‘lgan  holatlari  bilan  ham  tanishib 

chiqishi  mumkin.  Bu  ma’lumotlar  ekspertiza  tayinlash  haqidagi 

qarorning  bayonot  qismida  ko‘rsatiladi  yoki  ish  materialining  tegishli 

qismi ekspert ixtiyoriga topshiriladi. 

 

 

 



 

 


 

125 


 

Ekspert  ixtiyoriga  yuborilayotgan  hujjatlarning  har  birining  nomi, 

raqami, sanasi va boshqa rekvizitlari ko‘rsatiladi. Jinoyat ishi yuzasidan 

ashyoviy  dalil  bo‘lgan  ob’ektlarni  olish,  rasmiylashtirish,  saqlash  va 

ekspertizaga 

yuborishda 

qo‘llanadigan  umumiy  tartib  qoida, 

tekshiriluvchi ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarga ham to‘liq tatbiq etiladi. 

Ekspert  tadqiqotining  muvaffaqiyatli,  ya’ni  to‘liq,  asosli  va 

ob’ektiv  bo‘lish  solishtirib  tekshirish  uchun  olinadigan  dastxat  -  imzo 

namunalarining soni va sifatiga bog‘liqdir. 

Qo‘lyozmani bajarishda gumon qilingan har bir shaxsning erkin va 

eksperimental  xat  namunalari  etarli  hajmda  bo‘lishi  lozim.  Erkin 

namunalar  shaxsning  o‘qish,  xizmat  va  turar  joylaridan  olinadigan 

hujjatlardir. 

Tergovchi  namunalarni  ekspertizaga  yuborishdan  avval  erkin 

dastxat  va  imzo  namunalari  kim  tomonidan  bajarilganligini  aniqlab 

olgach,  gumon  qilinuvchining  tasdiqlovchi  yozuvi  va  imzosi  bilan 

rasmiylashtirib  mustahkamlaydi.  Erkin  namunalar  imkoni  boricha 

ko‘proq  bo‘lib,  tekshiriluvchi  hujjatdan  tuzilish  vaqtiga  nisbatan  katta 

farq  bo‘lmasligi  kerak.  Eksperimental  dastxat  namunalari  ekspertiza 

tayinlayotgan  xodim  tomonidan  olinib,  gumon  qilinuvchi  tomonidan 

yoziladi.  Tekshiriluvchi  hujjatdagi  yozuvda  mavjud  bo‘lgan  so‘z 

birikmalari,  jumla,  tuzilishlari,  raqamlarning  yozilish  xususiyatlariga 

o‘xshash bo‘lgan matnni taklif qiladi yoki o‘zi uni aytib turib yozdiradi.  

Dastxat va imzo erkin namunalari jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan 

holatda  yozilgan  bo‘lganligi  uchun  ulardagi  individual  aynanlik  belgi 

sifatlari  deyarli  o‘zgarmaydi,  aksincha  mustahkam  bo‘ladi.  SHuning 

uchun ekspertiza tayinlashda erkin namunalarga ko‘proq e’tibor berilishi 

lozim.  


Imzo  namunalarini  olishda  gumon  qilinuvchining  qo‘l  qo‘yishida 

imzolarning necha turda bo‘lishiga qarab, o‘shancha variant - turda talab 



Ma’lumot uchun! Qaror, ajrimda ekspert hal qiladigan masalalar 

aniq  va  ravon  savollar  tariqasida  ko‘rsatiladi.  Masalan;  “15.05.1995 

yilda “M” nomidan yozilgan arizaning chap tomonidagi “tekshirib hal 

qilinsin...” - degan yozuv “M” tomonidan yozilganmi. Yozuv tagida 

“R”  ning  nomidan  qo‘yilgan  imzoni  “R”  ning  o‘zi  bajarganmi? 

Arizaning  asosiy  matni  yuqoridagi  buyruqni  ifoda  etuvchi  yozuv  va 

imzolar  bir  kishi  tomonidan  yozilganmi?  kabi  savollar  bo‘lishi 

mumkin. 


 

126 


qilinadi. Imzo namunalarini bajarishda gumon qilinuvchi har bir varaqqa 

alohida  yozishi  talab  qilinadi,  oldingi  yozilgan  imzosini  kuzatib  turish 

imkoni  bo‘lmasligi  lozim.  Bu  dastxat  (imzo)  namunalarini  bajarishda 

gumon  qilinuvchining  o‘z  xatini  (imzosini)  o‘zgartirib  yozish  imkonini 

kamaytiradi. 

Ekspertiza  tayinlash  haqidagi  qaror  (ajrim)da  tekshiriluvchi 

hujjatlar 

bilan 


bir 

qatorda 


hujjat 

rekvizitlari, 

eksperimental 

namunalarning necha varaqdaligi alohida qayd etiladi. 

 

Nazorat savollari: 

 

1.



 

Ashyoviy  dalil  sifatida  hujjatlarni  kriminalistik  tekshirishning 

ahamiyati  nimalardan  iborat?  Ushbu  protsessual  harakat  ko‘proq  qaysi 

jinoyatlar bo‘yicha qo‘llaniladi?  



2.

 

Kriminalistik  xatshunoslik  nima?  Dastxatning  identifikatsiyaviy 

belgilari qanday aniqlanadi?  

 

Kazuslar: 

 

1-kazus 

Navoiy viloyati Qaranda tuman prokuraturasi 2014 yil 11 martdagi 

“Qishloq  xo‘jaligida  islohotlarni  amalga  oshirishga  qaratilgan  qonunlar 

ijrosini  ta’minlashga  oid  qo‘shimcha  chora  tadbirla  to‘g‘risida”gi 

Prezident  farmoni  ijrosi  ustidan  tegishli  nazorat  tadbirlari  olib  borildi. 

Xususan  Karmana  tumanida  yashovchi  fuqaro  I.ning  arizasi  yuzasidan 

o‘tkazilgan tekshirishdan 2014 yilning may oyida fuqaro M. tomonidan 

qarindoshlari  S.  va    J.larning  imzolarini  qalbakilashtirib  ularning 

nomidan  dehqon  xo‘jaligi  uchun  er  ajratish  to‘g‘risida  tuman  hokimi  

nomiga soxta ariza tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun xokimlik xuzuridagi 

er ajratish komissiyasiga taqdim qilinganligi aniqlandi.  

Tuman  xokimligi  xuzuridagi  er  ajratish  komissiyasi  azolari  o‘z 

mansab vakolatlarini suiste’mol qilib, dehqon xo‘jaligi uchun er ajratish 

to‘g‘risida tuman xokimi nomiga yozilgan soxta arizaga tegishli tartibda 

xulosa berib, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er ajratish to‘g‘risida qaror 

qabul qiladi.  



 Ushbu  vaziyatda imzoni qalbakiligini  aniqlashda  qanday  turdagi  

ekspertiza    tayinlanadi?  Qo‘lyozma    matnlarni    kriminalistik    umsulda  

tekshirishda      qanday    usullardan    foydalaniladi?    Arizani 

 

127 


soxtalashtirish va imzolarni aniqlashda qanday dalillarni qo‘lga kiritish 

lozim? 

 

2-kazus 

Yunusobod  tuman  prokuraturasi  tomonidan  25 aprel’ 2015 yilda  

12 daha 13 uy 23 xonadonda  Alimov  R.V.ning  murdasi  topildi.  Sud  

tibbiy    ekspertiza    xulosasiga    ko‘ra  Alimov    R.V  tarkibida  inson  

o‘limiga    olib    keluvchi  zaharli    moddani    iste’mol    qilishi    natijasida  

o‘lganligi    aniqlandi.  Hech    qanday    zo‘rlash    alomatlari    topilmadi. 

Voqea  joyi  ko‘zdan  kechirilgan  paytda murda o‘z  xonasida divanda  

yotgan  holatida  topildi. Divan yonidagi  stolda  Alimov  R.V   nomidan  

yozilgan  xat    topildi.  Xatning    mazmuniga    ko‘ra    Alimov    R.V    o‘z  

joniga  qasd  qilganligi  ko‘rsatilgan. 



Ushbu    holatda    dastxatning    egasi  aynan  Alimov    R.V    ekanligi  

yuzasidan qanday kriminalistik  tekshiruv  o‘tkazilishi  lozim. Dastxatni  

identifikatsiya    qilishga  xatning    qanday    belgilari    asosida    erishish  

mumkin?    Xatshunoslik    ekspertizasi    uchun    qanday    namunalar  

berilishi  lozim? 

 

 



 

128 


9-MAVZU. HUJJATLARNI KRIMINALISTIK- 

TEXNIK TEKSHIRISH 

 

Kriminalistik  texnika  tekshiruvi  tushunchasi,  vazifasi  va  turlari. 

Hujjatlarni  qalbakilashtirish  usullari.  Qalbakilashtirilgan  hujjatlarni 

kriminalistika  texnikaviy  usulda  tekshirish.  Kriminalistik  texnika 

teshiruvida  qo‘llanadigan  zamonaviy  asboblar.  Hujjatlarning  texnik 

ekspertizasini o‘tkazishda hal qilinadigan masalalar. 

 

Kriminalistik texnika tekshiruvi tushunchasi, vazifasi va turlari 

 

Hujjatlarni  texnik  jihatdan  tekshirish  kriminalistikaning  ikkinchi 



bo‘limida mustaqil o‘rin egallaydi. Kriminalistik texnika ba’zi tabiiy va 

texnik  bilimlarning  ayrim  tarmoqlarini  o‘z  vazifasiga  moslab,  ular 

asosida  turli  qalbakilashtirilgan  hujjatlarni  tekshirish  uchun  maxsus 

uslublarni ishlab chiqadi. 

Tergov va sud amaliyotida hujjatlarni kriminalistik texnika usulida 

tekshirish  masalasi  ko‘p  tarqalgan  bo‘lib,  hujjatlar  ijtimoiy  sohalarning 

barcha  doiralarida  alohida  o‘rin  tutishi,  xilma-hil  va  keng  tarqalgan 

materiallardan tayyorlanganligi bilan bog‘liq.  

Moddiy  boyliklarning  harakatini  aks  ettiruvchi  hujjatlarga:  yuk 

xatlari  (nakladnoy),  kirim-chiqim  xarakteridagi  barcha  hujjatlar 

to‘plami;  shaxsiy  hujjatlarga  shaxsni  tasdiqlovchi  va  uning  mehnat 

faoliyatiga  xos  bo‘lgan  hujjatlar,  pasport,  shaxsiy  guvohnoma, 

ruxsatnoma,  harbiy  bilet,  kasaba  uyushmasi  biletlari,  haydovchilik 

guvohnomalari, diplomlar va hokazolar kiradi. 

Mehnat  faoliyatiga  xos  bo‘lgan  hujjatlarni,  mehnat  daftarchalari, 

mehnat  faoliyati  haqidagi  ma’lumotnomalar,  kasallik  varaqalari,  qabul 



E’tibor  qiling!  Kriminalistik  texnika  tekshiruvining 

ob’ektlari:  

-  turli  hujjatlardagi  tadqiqot  qilinuvchi  rekvizitlar  (matn,  imzo, 

pul-to‘lov  hujjatlari,  qimmatbaho  ashyoviy  boyliklarni  olish-sotish 

kabi 


harakatlarni 

ifodalovchi 

hujjatlar, 

shaxsiy 


hujjatlar, 

ma’lumotnomalar va boshqalar); 

-  pul-to‘lov  hujjatlari,  naqd  pul  kirimi  va  to‘lovi  bo‘yicha  turli 

operatsiyalarni  aks  ettiruvchi  chek  daftarchasi,  kirim-chiqim 

orderlari,  kassa  daftarchasi,  to‘lov  hujjatlari,  turli  kvitansiyalar, 

deponent kartochkalari. 



 

129 


qilish  va  ozod  etish  haqidagi  buyruqlar,  shartnomalar,  taklifnomalar, 

shaxsiy varaqalar, kasallik tarixi va boshqalar tashkil etadi. 

Tekshiruv  ob’ektlariga  hujjatlardan  tashqari  yozuv  vosita  va 

ashyolari, 

hujjatning 

rekvizitlarini 

va 

belgilarini 



bajarishda 

foydalaniladigan  turli  buyoq  vositalari,  qog‘oz,  yozuv  qurollari,  elim 

hamda yozuvni aynitish moddalari kiradi. 

 

Hujjat  materiallarini  tekshirishda  hal  qilinishi  lozim  bo‘lgan 



E’tibor  qiling!  Hujjatlarni  texnikaviy  usulda  tekshiruv 

vazifalari quyidagilardir: 

1. Hujjatning tayyorlanish uslubini aniqlash

2. Hujjat mazmunini o‘zgartirish usulini aniqlash; 

3.  Ko‘rinadigan  va  oddiy  ko‘z  bilan  ko‘rinmaydigan  yozuvlarni 

aniqlash; 

4. Hujjatlarning asil birlamchi ko‘rinishini tiklash; 

5. Hujjatlar bajarilgan, qo‘llanilgan uskunalar, vositalar, qurollar 

va materiallarni identifikatsiya qilish

6.  Hujjatlarni  qalbakilashtirishdan  muhofaza  qilish  choralarini 

ishlab chiqish. 



E’tibor  qiling!  Sud-texnik  ekspertizaning  asosiy  turlarini 

quyidagilardan iborat: 

-  hujjatning  birlamchi  mazmuni  o‘zgartirilganligini  aniqlovchi 

ekspertizalar  (o‘chirish,  qo‘shimcha  yozuvlar  kiritish,  qo‘shimcha 

belgilar chizish, yuvish); 

-  hujjatdagi  muhr  va  shtamp  izlarini  (akslarini)  aniqlovchi 

tekshiruv; 

-  matnning  mashinkada  yozilgan  shaklini  tekshirish.  Bunga 

boshqa  qog‘ozga  nusxa  ko‘chirish  vositalari,  jumladan  EHM, 

ko‘paytiruvchi moslamalarda tayyorlangan matnlar ham kiradi; 

- hujjatning davlat belgilari va tipografik blankalarini tekshirish

qalbakilashtirishdan 



asrovchi 

maxsus 


vositalar 

bilan 


ta’minlangan hujjatlarni tekshirish; 

- qayta yopishtirilgan fotosuratlarni aniqlash; 

- ob’ektlarning ayrim qismlari bo‘yicha butunni tiklash

- imzolarni texnik qalbakilashtirilganligini tekshirish; 

- kuygan hujjatlarning matnini tiklash; 

- hujjat ustidan bostirib yozish oqibatida qolgan rangsiz chiziqlar 

bo‘yicha matn mazmunini aniqlash; 

-  ustidan  chizib  o‘chirilgan,  chaplashtirib  yuborilgan,  ustiga 

modda to‘kilgan, yozuvlar mazmunini tiklash; 

- rangi uchib ketgan yozuvlarni tiklash; 



 

130 


vazifalar  uning  tarkibini,  turini,  markasini,  ishlab  chiqargan  zavodini 

aniqlash,  u  yoki  bu  hujjat  materiallarning  aniq  hajmini  va  guruh 

mansubligini aniqlashga oiddir. 

 

 

 

 

Hujjatlarni qalbakilashtirish usullari 

O‘zgalar  mulkini  turli  usullarda  talon-taroj  qilish  jinoyatlari  ko‘p 

hollarda  soxta  hujjatlar  qo‘llanib  sodir  etiladi.  Ko‘rinishdan  to‘g‘ri  va 

qonuniy  rasmiylashtirilgan  hujjatlardagi  ma’lumotlar  haqiqatdan  yiroq 

bo‘lib,  jinoiy  unsurlar  o‘zlarining  foydasiga  moslab,  soxta  hujjatlarni 

rasmiy  hujjat  blankalarida  aks  ettiradilar.  Qoidaga  moslab  imzolar  va 

muhrlar bilan tasdiqlab, unga haqiqiy, qonuniy tus beradilar. 

Bunday  jinoyatlarni  tergov  qilish  jarayonida  hujjatlar  soxtaligini 

aniqlash uchun shubhali bo‘lgan hujjatdagi ma’lumotni tekshirib, uning 

mazmuni  boshqa  nusxadagi  ma’lumotga  to‘g‘ri  kelishi,  navbatdagi 

operatsiyalarni  aks  ettiruvchi  hujjatlarga  mos  kelish  kelmasligini 

aniqlash  bilan  hal  etiladi.  Ba’zida  bunday  ma’lumotlarni  moddiy 

javobgar  shaxslarning  javobini  aks  ettiruvchi  yozuvlarni  ko‘zdan 

kechirish natijasida ham olish mumkin bo‘ladi. 

Hujjatlarga moddiy o‘zgartirishlar kiritish bilan qalbakilashtirilgan 

hollarni tekshirishda quyidagi belgilarga e’tibor berish lozim. 



1. Hujjatning matnidagi ayrim yozuvlarni (harf, raqam, imzo) 

o‘chirish va o‘rniga boshqa yozuv kiritish.  

O‘chirish  natijasida  qog‘ozni  ustki  silliq  qatlami  zararlanadi. 

Qog‘oz  tolalarining  hurpayishi  va  rangi  bir  muncha  o‘zgarishi 

kuzatiladi,  o‘chirilgan  joydagi  yozuvlarning  ayrim  shtrixlari  va  bo‘yoq 

qoldiqlari  saqlanib  qoladi.  Hujjat  matni  maxsus  blankada  bajarilgan 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling