Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trasologik ekspertiza hal qiladigan masalalar
- Izlarning hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash Ob’ektlarning guruh mansubligini aniqlash Ob’ektlarning individual
Buzish ob’ektlari ikki guruhga – qulflarga va bino to‘siqlariga bo‘lib o‘rganiladi. Qulfni buzish yoki sindirish deganda, uni qisman yoki tuliq yaroqsiz holatga keltirilishiga aytiladi. Qulfni ob’ektdan yulib yoki sug‘urib olinganda ob’ektda buzish qurolining uchida hajmli izlar qoladi. Ba’zi vaqtlarda izlar qulfning tashqi qismida ham qolishi mumkin. Qulflar ko‘p hollarda uning halqasini kuchli o‘tkir qaychilar bilan qirqish yo‘li bilan buziladi. Kesish natijasida halqada qaychining izlari qolsa, arralash natijasida esa qanday turdagi arralash asboblaridan foydalanilganligini bildiruvchi iz belgilari qoladi. Arralash izlaridan faqat foydalanilgan qurolning turi, arralashning harakat tomonlari, arra tishining qalinligi va boshqa belgilarini aniqlab olish mumkin. Arralash vaqtida hodisa joyida arralashdan chiqqan qipiqlar va singan qulf halqasining bo‘lakchalari qoladi. Ob’ektlarni ko‘zdan kechirishga bunday holatlarga alohida ahamiyat berish
zarur bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda, gumon qilinayotganlarning oyoq kiyimlari va tirnoq tagidan metall qipiqlari topilishi mumkin. Mobodo ular hodisa joyidan topilgan qipiqlar bilan bir xil deb topilsa, jinoyatni ochish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qulflarni ko‘zdan kechirishda quyidagi holatlarni, ya’ni qulfning yotgan joyini, turlarini, eni va uzunligini tashqi tuzilish holatini, undagi izlarni, buzish qurollaridan qolgan izlarning shakllari, razmeri va boshqalarni aniqlab olish zarur bo‘ladi. Bularni hammasi ob’ektlarni buzishda jinoyatchilar tomonidan qo‘llanilgan usullarni aniqlashda muhim rol o‘ynashi mumkin. Ma'lumot uchun! qulflar asosan ikki turga: ichki va osma qulflarga bo'linadi. Ichki qulflarni sindirish tajribada kam uchraydi, chunki buning uchun avvalo qulf o'rnatilgan ob'ektlarni yoki eshik va romlarni buzishga to'g'ri keladi. Osma qulflarni sindirish yoki buzish esa tajribada ko'proq uchrab turadi. Osma qulflar ko'pincha qulfni ob'ektdan yulib olish, kesib olish yoki halqasini arralash, egovlash yo'li bilan buziladi yoki sindiriladi.
86
Buzish qurollaridan qoladigan izlar bo‘yicha identifikatsiya o‘tkazish uchun hodisa joyida ob’ektlarni ko‘chirib olish ishlari kriminalistik texnika tavsiya etadigan qoidalari asosida bajarmoq lozim. Jumladan, buzilgan qulfni topilgan joyida uni holatini o‘zgartirmasdan suratga tushirish, bayonnomada qayd etish, statik uslubi bilan ko‘zdan kechirib, qismlarini bir-biridan ayirmagan turg‘unlik holda maxsus qutilarga joylashtirish lozim. Ko‘rsatilgan ob’ektlarning tadqiqot tekshiruvi natijasida ularga ta’sir etgan, qo‘llanilgan qurol turi, sifati, izlarning hosil bo‘lish mexanizmi aniqlanadi, keyin tergov tezkorlik choralarini ko‘rib individual identifikatsiya o‘tkaziladi. Solishtirib tekshirish uchun izlanuvchi – tekshiriluvchi ob’ekt va shubhalangan qurol izlaridan ko‘chirma tayyorlanib olinadi. Identifikatsiyaning umumiy uslublari qo‘llanilib tekshiruv o‘tkaziladi. Ekspertiza tekshiruviga buzish qurollari va ulardan qolgan izlar bilan bir qatorda hodisa joyini va ob’ektlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, fotosuratlari, hodisa joyining chizmasi va boshqa yordamchi ma’lumotlarni ham yuborish maqsadga muvofiq. Transport vositalarining izlari
qoladigan izlar nazarda tutiladi. Transportning g‘ildiragidan qoladigan izlarning turlari yo‘l-ko‘chaning ustki qatlami-relefiga bog‘liq. YUmshoq, yarim yumshoq (loy, qor, nam tuproqli) qatlamlarda botiq izlar va qattiq (asfalt, tosh, beton-plitalar) qatlamlarda yuzaki izlar qoladi. Transport tormozlanganda yoki boshqa sabablar bilan sirg‘anish natijasida dinamik izlar hosil bo‘ladi. Avtotransport vositalaridan iz hosil bo‘lish mexanizmi o‘ziga xos xususiyatga ega. Avtotransport to‘g‘ri ketayotganda to‘rtta g‘ildirakdan to‘rtta iz qolmasdan faqat ikkita iz qoladi, chunki oldingi g‘ildirak izlarini orqadagi g‘ildirak izlari qoplaydi. Faqat burilish (qayrilish) joyida hamma g‘ildiraklardan iz qoladi. YUk tashuvchi motorollerning hamma g‘ildiragidan (ular to‘g‘ri yo‘ldan ketganda ham) iz qoladi, chunki ularning g‘ildiraklari ketma-ket o‘rnatilgan emas. Uch o‘qli transport vositalari burilish joyida oldingi va orqadagi g‘ildiraklaridan iz qoldiradi, chunki orqa g‘ildiraklar o‘rta g‘ildiraklarning ayni ustidan bosib o‘tib, bitta iz hosil qiladi. 87
Transport vositalarining qaysi guruhga mansubligini (turi, markasi, rusumi)
pnevmatik shina
izlariga qarab
aniqlash mumkin.
Protektorlarning tuzilishi, eni va tashqi diametri shina modelini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi vaqtlarda avtotransport konstruksiyalari sonining tobora o‘sib borishi tufayli ularning qoldirgan iziga qarab qaysi guruhga mansubligini aniqlash ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. SHu sababli hodisa joyini ko‘zdan kechirishga zarur belgilarni to‘g‘ri va to‘la ifodalash uchun avtomobil texnikasi sohasida yaxshi bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Fildirakli ot-arava transportlaridan qoladigan izlar g‘ildiraklarning soni, oralarining eni, diametri va boshqa belgilariga qarab aniqlanadi. Ot-arava transportlariga ishlatilayotgan shinalar, temir g‘ildiraklarning tuzilishi aniqlanib olinishi zarur. Bunday transportlarda pnevmatik shinalar, rezinadan qo‘yilgan g‘ildiraklar va temir g‘ildiraklar ishlatilishi mumkin.
Transportlardan qoladigan izlar ko‘pincha statik izlarga yaqinroq bo‘ladi. Agar g‘ildiraklarning mayda tashqi qismlari izlarda yaxshi aks ettirilgan bo‘lsa, bu turdagi transportlarning izlarini identifikatsiya qilish mumkin. SHinalarning sirg‘anish natijasida hosil bo‘ladigan dinamik izlar elastik bo‘lganligi sababli mayda releflari iz qabul qilib oluvchi ob’ektlarda to‘la aks etmaydi. SHuning uchun bunday izlar identifikatsiya uchun yaroqsiz, lekin transport guruhini aniqlashga imkon beradi. Transport vositalaridan qoladigan izlardan nusxalar olish trasologiya ob’ektlarini ko‘zdan kechirish va qayd qilishning umumiy qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Olinadigan nusxa juda katta bo‘lib ketmasligi uchun izlarga gips qo‘yishdan oldin bir necha bo‘lakka bo‘lib, keyin gips suyuqligi qo‘yilsa samarali natija beradi.
5-rasm. Transport vositasi g‘ildirak qoplamasidan izlari Izlarni ko‘zdan kechirish va protsessual rasmiylashtirish Hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan izlarni albatta ko‘zdan 88
kechirib, bayonnomada qayd etish zarur. Bayonnoma JPKning 90- moddasiga asosan tuzilib, unda topilgan izning turi, xususiyati va individual belgilari aks ettiriladi. Izlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda: kim tomonidan, qaerda va qachon, qanday hodisa yuzasidan izlar qidirilgani kabi ma’lumotlar bayon etiladi. Ko‘zdan kechirish qanday sharoitda, qanday yorug‘likda, qanaqa optik asboblar yordamida o‘tkazilganligi, ko‘zdan kechirish qachon boshlanib qachon tugaganligi va ishtirokchilar yoziladi.
Bayonnomaning uchinchi yakunlovchi qismida ko‘zdan kechirish ishtirokchilari tomonidan tushgan takliflar, izohlar aks ettiriladi. Bu qismda qanday izlardan nusxalar olinganligi, hodisa joyidan dalil sifatida nimalar olinganligi yoziladi. Bayonnoma barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Izlar odatda fotografik o‘lchov metodi asosida mufassal detalni suratga olish yo‘li bilan qayd etiladi. Fotografik usulda qayd etilishi va izlarning sxematik tasviri bayonnomaga qo‘shimcha qayd etish usuli bo‘lib hisoblanadi. Fotografik usulda izlarning asl holatiga hech qanday o‘zgarish kiritilmasdan uning tasviri tushirib olinadi. SHuning uchun har qanday holatda izni dastavval suratga olish kerak.
Mexanik usulda izlarni qayd etish asosan botiq izlardan gips yordamida quyma nusxalar olish, yuzaki izlardan esa iz ko‘chirib oluvchi materiallarga ularning nusxasini tushirib olishdan iborat. Agar iz E'tibor qiling! Bayonnomaning ikkinchi qismida: iz topilgan predmetning nomi; shu predmetning qayeridan, qanday usulda va qanday tehnik vositalar yordamida izlar topilganligi; izlarning turi, soni; izlarning razmeri, aniq ifoda etilgan hususiyatlari; izlar qanday usulda qayd etilganligi va olinganligi, bayonnomaga qanday ko'rinishda ilova etilganligi; izlarning shematik tasviri qayd etiladi.
masshtabli va yirik masshtabli usullarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Izning hususiyatiga qarab aniq va soyalantiruvchi nur berish lozim.
89
qabul qilgan ob’ektning o‘zini izi bilan olish imkoniyati bo‘lmasa, ushbu usuldan foydalaniladi. Izdan nusxalar ko‘chirib olishda uning har bir katta-kichik elementlarini maksimal darajada aniq va ravshan bo‘lishiga erishish zarur. Trasologiyada umuman iz qabul qilgan ob’ektning o‘zini olgan ma’qul. Imkoni bo‘lmagan taqdirdagina yuqorida qayd etilgan usullardan foydalaniladi. Iz qabul qilgan ob’ektdan nusxa olishda unga moddiy zarar keltirmaslik chorasini ko‘rish zarur. Iz tushgan ob’ektni unga biror o‘zgarish, tashqi ta’sir bo‘lmasligini ta’minlaydigan qilib joylashtirish lozim. Izga nisbatan biror usul qo‘llanishidan oldin unga tushgan chet narsalarni (barg, cho‘p va hokazolar) olib tashlash kerak. Botiq izlar agar suv bilan to‘lgan bo‘lsa, suvni rezina so‘rg‘ichi yoki qog‘oz so‘rg‘ich yordamida olinadi. Agar botiq izlar sayoz, ya’ni unchalik chuqur bo‘lmasa, izning qolipi kerakli darajadagi qalinlikda bo‘lishi uchun iz atrofiga devorcha aylantiriladi. Ba’zan iz mayda va o‘zaro yaxshi jipslanmagan zarrachali ob’ektlarda qoladi (masalan, qum, un, sement, quruq tuproq va shu kabilarda). SHu tufayli bu izlarni olish yoki ulardan nusxalar ko‘chirish mumkin bo‘lmaydi. CHunki bu zarrachalar tarqalib ketib iz shaklini buzib yuboradi. Bunday hollarda ilgarigi izni vaqtinchalik qotirib, undan nusxa ko‘chirib olinadi. Lekin iz bor ob’ektning o‘zini olib ketish, ishga daliliy ashyo sifatida qo‘shish juda katta qiyinchilik tug‘dirganligi tufayli hozir izni perxlorvinil eritmasi bilan mustahkamlash usuli ishlab chiqilgan. Bu usulda sochilib ketuvchi narsalar, o‘ziga purkalgan perxlorvinilni asta-sekin shimib olib, mayda zarrachalar bir-biri bilan qattiq yopisha boshlaydi. Natijada ular bir butun qattiq ob’ektga aylanadi. So‘ngra izli ob’ektni olish, jinoyat ishiga qo‘shish imkoniyati tug‘iladi. Bunday izlarni mustahkamlash uchun atsetonda 6-8 foizli perxlorvinillik eritma tayyorlanadi va pulverizator orqali purkaladi. Taxminan 20-50 minutlardan so‘ng izni ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Hajmli izlardan nusxa olish. Agarda izni qabul qiluvchi ob’ekt bilan birga olish imkoniyati bo‘lmasa, u holda izning shaklini, hajmini hamda releflardagi xususiyatlarini maksimal darajada aniq va to‘g‘ri aks ettiradigan ko‘chirma nusxa olish zarur bo‘ladi. Hajmli izlardan nusxa olishda gipsdan foydalanish mumkin. Gipsdan qattiq va yumshoq yuzalarda qolgan hajmli izlarni olish uchun foydalaniladi. Gips suvda qaymoq suyuqligida qorilib izga qo‘yiladi va ob-havo vaqtiga qarab taxminan 10-20 minutdan so‘ng uni olib, turli loy va boshqa predmetlardan tozalanadi. Ikkinchi usuli qatlamlash deyiladi.
90
Bunda quruq gips namlangan iz ustida bir qatlam sepiladi, gips bir oz qotgandan so‘ng ikkinchi qatlam sepiladi va shu tariqa istalgan qalinlik hosil qilinib olinadi.
Sud trasologik ekspertizasi kriminalistik ekspertizaning bir turi hisoblanadi. Trasologik ekspertiza yordamida turli-tuman masalalar hal etilishi mumkin. SHulardan eng muhimi iz hosil qiluvchi ob’ekt va uni qoldirgan izi bo‘yicha individual identifikatsiya qilishdir. Sud trasologik ekspertizasining ob’ektlari bo‘lib qo‘l, oyoq, buzish qurollari, transport vositalari va boshqa izlar hisoblanadi.
Daktiloskopik ekspertizasi hodisa joyida barmoq izlari qoldirgan shaxs, iz hosil bo‘lgan vaqt va sharoitni aniqlash imkoniyatini beradi. Daktiloskopik ekspertizaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi: Ma'lumot uchun! So'nggi vaqtlarda izlardan mikrorelefi saqlangan nushalar olishda yangi kimyoviy materiallardan foydalanila boshlandi. Bu materiallardan biri polimer hisoblanadi. Bu polimer silikon pasta “K” nomi bilan yurgiziladi. Pasta “K” - tez quruvchan, kul rang, har qanday yuzada yahshi joylanadigan hususiyatga ega. Pastaning qo'yilib qolishini tezlatish maqsadida yuz qism pastaga 7-10 qism katalizator qo'shiladi. Ayrim hajmli izlardan nushalar olishda plastilindan ham foydalanish mumkin. Ammo plastilin yopishqoq bo'lgani uchun uni glitserin yoki vazelin bilan yumshatib keyin izdan nusha ko'chirib olinadi. E'tibor qiling! Sud trasologik ekspertizasi quyidagi turlarga bo'linadi: - daktiloskopik ekspertiza; - oyoq (poyabzal) izlari bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza; - buzish qurollari va uskunalardan qoladigan izlar bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza; - transport vositalaridan qoladigan izlar bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza; - tishlardan qoladigan izlar bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza; - bo'laklardan bir butunlikni aniqlash bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza.
91
-
barmoq izlari qoldirgan predmetlar yoki ularning qismlari; -
ko‘zga xira ko‘rinadigan barmoq izlari mavjud bo‘lgan predmetlar; -
daktiloskopik plyonkaga ko‘chirib olingan barmoq izlari; -
predmetlardagi izlarning keng ko‘lamli olingan fotosurati; -
barmoq izlardan olingan gipslik nusxalar; -
jinoyat ishining boshqa materiallari (bayonnomalar, dastlabki ekspertiza xulosasi); -
olingan nusxalar.
Buzish qurollaridan qoladigan izlar bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertizada hodisa joyida qoldirilgan izlar, buzish qurollari va uskunalarni identifikatsiya qilish, hamda sud trasologiyasi bo‘yicha mavjud bo‘lgan maxsus bilimga asoslanib izlarning hosil bo‘lish mexanizmi aniqlanadi: - buzish qurollari izlari mavjud bo‘lgan predmet yoki uning bir qismi;
-
hodisa joyidan topilgan izlardan olingan nusxa; -
iz topilgan predmet va izning fotosurati; E'tibor qiling! Oyoq (poyabzal) izlari bo'yicha o'tkaziladigan ekspertizada hodisa joyida iz qoldirgan shahs va uning ayrim hususiyatlari (bo'yi, yoshi va h.k.) aniqlanadi. Bu turdagi ekspertizaning ob'ektlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: - u yoki bu predmetda qoldirilgan yuzaki oyoq izlaridan daktiloskopik plyonkaga ko'chirib olingan nushalar; - botiq oyoq izlaridan olingan gips nushalar; - oyoq izlari olingan fotosurat; - jinoyat ishi materiallari; - gumon qilingandan olingan poyabzal; - agar hodisa joyida paypoq izi topilgan bo'lsa, gumon qilingandan olingan paypoqlar; - agar hodisa joyida yalang oyoq izi topilib, undan gipslik nushalar olingan bo'lsa, gumon qilingan shahs oyog'ining 2-3 nafar eksperimental nushasi. 92
-
hodisa joyidan topilgan yoki gumon qilingan shaxsdan olingan buzish qurollari; -
hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi. Transport vositalaridan qoldirilgan izlar bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertizada yo‘l transport hodisasida ishtirok etgan transport identifikatsiya qilinadi. Uni sodir etish holatini va sud trasologiyasi, sud avtotexnikasi bo‘yicha maxsus bilimga asoslanib hodisa mexanizmini aniqlash hisoblanadi. Ekspertizaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi: - transport vositasi yoki uning qismlari; - transport vositasining hodisa joyidan topilgan qismlari (gayka, singan oyna bo‘laklari va boshqalar); -
odamni bosib
ketish hodisasi sodir etilgan
taqdirda, jabrlanuvchining kiyimi; - hodisa joyida mavjud bo‘lgan izlardan olingan gipslik nusxa; - fotosuratlar; - jinoyat ishi materiallari; - tekshirilayotgan transport vositasining g‘ildiragidan qog‘oz yoki gazmolga olingan nusxalar; - hodisa joyidan topilgan transport vositasidan olingan qismlar. Tishlardan qoladigan izlar bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertizada hodisa joyidan topilgan turli ob’ektlarda (jabrlanuvchining tanasida, oziq-ovqatlarda, sigareta qoldiqlarida) qoldirilgan izlari orqali shaxs identifikatsiya qilinadi. Bo‘laklardan bir butunlikni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertizada hodisa joyidan topilgan ob’ekt bo‘lakchalari aniqlanadi. Hodisa joyidan topilgan bir tusdagi predmetga oid barcha bo‘lakchalar ekspertiza ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Masalan, yirtib tashlangan qo‘lyozma bo‘lakchalari, bo‘laklab tashlangan odam tanasi. Bu bo‘lakchalar bir-biri bilan taqqoslab tekshirilib bir ob’ektga tegishli ekanligi aniqlanadi.
Sud trasologik ekspertizasini o‘tkazish uchun barcha materiallar to‘plangandan keyin tergovchi JPKning 180-moddasiga asosan qaror chiqaradi va unda ekspert oldiga qo‘yiladigan aniq savollar, ekspertiza tekshiruviga yuboriladigan materiallar ko‘rsatiladi. Barcha materiallar ekspertiza o‘tkazishga yaroqli va etarli bo‘lishi lozim. Ekspertiza tekshiruvi quyidagi bosqichlardan iborat.
qo‘yilgan savollar bilan tanishib chiqish bosqichi. Bu bosqichda ekspert ekspertizaga yuborilgan materiallarning to‘liqligini tekshiradi, uning
93
oldiga qo‘yilgan savollar bilan tanishib chiqadi, agar qo‘yilgan savollar uning maxsus bilimi doirasidan chetga chiqqan bo‘lsa ekspertiza o‘tkazilmaydi.
bosqichda ekspert tekshirishga yuborilgan ob’ektlarning tashqi tuzilish belgilarini va ularning ekspertiza o‘tkazishga yaroqliligini aniqlaydi.
tekshiruvining asosiy va
muhim bosqichi hisoblanib, unda
tekshirilayotgan izlarning o‘xshashlik va farq qiluvchi belgilari aniqlanadi va ular baholanadi. To‘rtinchi – xulosa yozish va uni baholash. Hozirgi
vaqtda ekspertlarning ixtiyorida sud-trasologik ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha ilmiy-texnikaviy vositalar va usullar mavjuddir. Ekspertizani o‘tkazishda bevosita ko‘z bilan kuzatish, mikroskopik, fotografik, profilografik metodlar keng qo‘llanilmoqda. Trasologik ob’ektlarni tekshirishda hozirgi vaqtda elektron mikroskoplar va hisoblash texnikaviy vositalaridan ham foydalanilmoqda. Nazorat savollari:
1. Kriminalistikada trasologiyaning o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat? Biror-bir jinoyat misolida uni fosh etishda trassologiyaning o‘rnini yoritib bering. 2.
jihatlarini izohlab bering. Sud trasologik ekspertizasi hal etadigan masalalar uch guruhga bo'linadi
Izlarning hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash Ob’ektlarning guruh mansubligini aniqlash Ob’ektlarning individual mansubligini aniqlash U iz qoldiruvchi va iz qabul qilib oluvchi ob’ektlarning o‘zaro munosabatda bo‘lishini o‘rganadi. Ekspertizaga tekshirilishi lozim
bo‘lgan ob’ektlar bilan birga jinoyat ishi materiallari (bayonno- ma),
fotosuratlar, reja,
sxemalar ham
yuborilishi maqsadga muvofiqdir. Bunga ekspertizaga yuborilgan predmetlarning umumiy belgilarini tekshirish orqali erishiladi. Bunday vazifani hal etishda ekspertlar ekspertizaga yubo- rilgan har ikkala nusxadagi belgilarni solishtirib tek-shirib ma’lum xulosaga keladilar va identifika-tsiyaviy vazifani hal etadilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling