Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59

3. Kriminalistik  taktika. Tergov taktikasi – bu kam  kuch, vosita 

va  vaqt  sarflab  yuqori  samaraga  erishish  maqsadida  jinoyatni  tergov 

qilish,  ochish  va  oldini  olishda  qo‘llaniladigan  kriminalistikaning 

umumnazariy qoidalari, mantiq, psixologiya, sud etikasi va boshqa ilmiy 



 

11 


bilimlardan  foydalanishga  asoslangan  dastlabki  tergovning  taktik 

usullari va metodlarining tergovni rejalashtirishning majmuidir.  

Tergov  taktikasi  faqat  dalillarni  ochish  va  tadqiq  qilishga 

yo‘naltirilgan  ayrim  tergov  harakatlari  o‘tkazish  usullarini  ishlab 

chiqibgina  qolmay,  ayni  vaqtda  vujudga  kelgan  tergov  vaziyatlaridan 

kelib  chiqib,  aniq  bir  ishni  tergov  qilishning  umumiy  yo‘nalishini 

tanlashga ham yordam beradi. 

4.  Jinoyatlarning  alohida  turlarini  tergov  qilish  metodikasi. 

Jinoyatning alohida turlarini tergov qilish – bu jinoyatning har bir turiga 

tegishli  o‘ziga  xos  xususiyatlarni  hisobga  olib  tergov  qilish,  ularni 

ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan ilmiy qoidalar, texnik vositalar, 

taktik usullar va metodik qoidalar (tavsiyalar) majmuidir. 

Qo‘llaniladigan vositalar, usullar va tavsiyalar bir jinoyatni tergov 

qilishda  samarali  bo‘lishi  mumkin.  Masalan  qotillik  jinoyatiga  nisbatan 

qo‘llanilgan  usul  boshqa  jinoyatlarni,  aytaylik  iqtisodiy  jinoyatlarni 

tergov  qilishda  samara  bermasligi  mumkin.  Tavsiya  qilingan  metodika 

har  bir  jinoyatni  tergov  qilish,  ochish  va  oldini  olish  protsessida  eng 

qulay  natijalarga  erishish  uchun  maqsadga  muvofiq  vosita,  usul  va 

metodik qoidalarni tanlash imkoniyatini beradi. 



 

Kriminalistikaning yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari 

 

Kriminalistika  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  vazifalarini  hal 



qilishga  yo‘naltirilgan  yagona  yuridik  fan  emas.  Jinoyat  huquqi, 

kriminologiya,  jinoyat  protsessi  ham  shu  maqsadga  xizmat  qiladi. 

SHuning  o‘zi  kriminalistikani  ushbu  fanlar  bilan  aloqasi  zarurligini 

ko‘rsatadi. 

Kriminalistika,  eng  avvalo,  jinoyat  huquqi  bilan  aloqador. 

Kriminalist  ham  dastlab  jinoyat  haqida  ta’limotga  ega  bo‘lishi  va  unga 

tayanishi lozim. 

Jinoyat  sabablarini  o‘rganuvchi  va  uning  oldini  olish  tadbirlarini 

ishlab  chiqadigan  kriminologiya  bilan  kriminalistikaning  aloqasi  ham 

yaqqol  ko‘rinib  turibdi.  Kriminalistika  kriminologiyaning  nazariy 

qoidalari  va  amaliy  materiallarini  qo‘llaydi,  kriminologiya  ham  o‘z 

navbatida aniq jinoyat sodir etishga olib keladigan sabab va sharoitlarni 

ochish 

bo‘yicha  kriminalistik  bilimlardan  keng  foydalanadi. 



Kriminalistika  o‘g‘irlik,  hujjatlarni  qalbakilashtirish  va  boshqa 

jinoyatlarning  oldini  olishga  da’vat  etilgan  maxsus  usullar  va  texnik 

vositalar ishlab chiqishda ham faol qatnashadi. 


 

12 


Kriminalistika 

jinoyat 

protsessi 

bilan 


uzviy 

bog‘liq. 

Kriminalistika  ham  jinoyat  protsessi,  ham  jinoyatga  oid  sud  yuritish 

ishlari  vazifalariga  bo‘ysunadi,  jinoyat  protsessi  prinsiplari  va 

normalariga rioya qilib, kriminalistik texnika vositalari, taktik usullar va 

metodlardan  foydalana  oladi.  Bu  talablarni  buzgan  holda  to‘plangan, 

qayd  qilingan  va  tadqiq  etilgan  faktik  ma’lumotlar  sud  dalillari 

bo‘lolmaydi,  o‘z  kuchi  va  ahamiyatini  yo‘qotadi.  Jinoyatni  tergov 

qilishda  qo‘llaniladigan  kriminalistik  usullar  va  vositalar  jinoyat 

protsessual va normalarga muvofiq ishlab chiqiladi. 

Kriminalistika  ma’lum  darajada  fuqarolik  protsessi  bilan  ham 

bog‘liqdir.  Xususan,  fuqarolik  protsessini  amalga  oshirish  uchun 

hujjatlarni  texnik-kriminalistik  va  dastxat  ekspertizasida  va  boshqa 

ashyoviy  dalillarni  aniqlashda  kriminalistik  usullar  va  metodlar 

qo‘llaniladi.  Ayniqsa,  bozor  munosabatlariga  o‘tish  va  xo‘jalik  yuritish 

faoliyatining  yangi  shakllari,  bank  tizimining  rivojlanishi,  muomalaga 

turli  qimmatli  qog‘ozlar  –  aksiyalar,  veksellar  chiqarilishi  munosabati 

bilan fuqarolik ishlarda kriminalistikani qo‘llash doirasi ancha kengaydi. 

Kriminalistika  faqat  yuridik  fanlar  bilan  emas,  balki  boshqa 

ijtimoiy-gumanitar  fanlar  –  mantiq,  etika,  psixologiya,  tezkor-qidiruv 

faoliyati nazariyasi va boshqalar bilan aloqador hisoblanadi. 

Mantiq  fani  o‘rgatadigan  mantiqiy  fikr  yuritish  isbot  qilish 

jarayoni  samaradorligining  zaruriy  shartidir.  Ilmiy  bilimlarning 

rivojlanishi,  ularning  integratsiyalashuvi  natijasida  bilimlarning  maxsus 

tarmog‘i,  tergov  mantig‘i  yoki  isbotlash  mantig‘i  vujudga  keldi,  uning 

qoidalari tergov protsessida dalillarni tahlil qilishda foydalaniladi. 

Sud  etikasi  jinoyatni  tergov  qilishda  qonun  bilan  birga 

qo‘llaniladigan  axloq  qoidalarini  ishlab  chiqadi.  Tergovchi  u  yoki  bu 

texnik vositalar, taktik usullar va kriminalistik metodlardan foydalanish 

jarayonida  axloq  qoidalari  talablarini  buzishga  haqqi  yo‘q.  Axloqsiz 

usullar  va  vositalar  yordamida  tergov  qilishga  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi, 

chunki bu jinoyat hisoblanadi. 



Sud  psixologiyasi  va  uning  qonunlari  huquqbuzar,  jabrlanuvchi, 

guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining xulq-atvori, 

niyatini to‘g‘ri tushunish va tushuntirib berish imkoniyatini beradi. SHu 

asosda  ularning  xulq-atvorlarini  va  shunga  olib  kelgan  sabablarni 

ob’ektiv baholash imkoniyatini beruvchi shart-sharoitlar vujudga keladi. 

Psixologik omillar tergov ishlarini tashkil etish va o‘tkazishga, natijalar 

samarali bo‘lishiga yordam beradi, bu ularni nafaqat hisobga olish, balki 

oldindan  ko‘ra  bilish  zarurligini  ko‘rsatadi.  Masalan,  so‘roq  qilish  va 



 

13 


ko‘rsatuvlarga  baho  berishni  sud  psixologiyasisiz  tasavvur  qilib 

bo‘lmaydi.  

Kriminalistika  sud  tibbiyoti  bilan  faqat  bog‘liq  bo‘lib  qolmay, 

balki  doimo  aloqada  faoliyat  ko‘rsatadi.  Buni  sud  ishlarini  yuritishda 

haqiqatni aniqlash, ashyoviy dalillarni tadqiq etish metodlari umumiyligi 

bilan  izohlash  mumkin.  Jasad,  qotillik  qurollari,  kiyim-kechaklar  va 

boshqa  ashyoviy  dalillar  kriminalistika  va  sud  tibbiyotining  umumiy 

ob’ekti  hisoblanadi  va  ularni  tadqiq  qilish  ko‘pincha  kompleks  tibbiy-

kriminalistika ekspertizasi shaklida amalga oshiriladi.  

Kriminalistika,  shuningdek,  sud  psixiatriya  fani  bilan  bog‘liq 

bo‘lib,  ruhiy  kasallikka  chalinganlar  tomonidan  sodir  etilgan  ijtimoiy 

xavfli  harakatlarni  tergov  qilishda  hisobga  olinadi.  Gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi va jabrlanganlar shaxsini o‘rganishda aqli rasoligi yoki aqli 

norasoligi 

to‘g‘risidagi  ruhshunosning  xulosalari  hal  qiluvchi 

ahamiyatga ega. 

Yаna  shuni  ta’kidlash  kerakki,  kriminalistikada  tibbiy  fanlar 

(fizika,  kimyo,  biologiya,  fiziologiya  va  boshqalar),  texnikaga  oid 



fanlar  (radioelektronika,  hisoblash  texnikasi  va  boshqalar)  va 

matematika  fanlari  qonunlari  va  qoidalaridan  keng  foydalanib 

kelinmoqda.  



 

Nazorat savollari: 

 

1.

 

Kriminalistika  fani  va  uning  predmetini  tushuntirib  bering.  U 

jinoyat  protsessual  huquqi,  jinoyat  huquqi  va  boshqa  jinoyat,  tergov  va 

sud organlari faoliyatini o‘rganuvchi fanlardan nimasi bilan farqlanadi?  



2.

 

Kriminalistika  qanday  vazifalarni  bajaradi?    Kriminalistika 

tizimini tushuntirib bering.  

 

Kazuslar: 

1-kazus 

2015  yil  18  yanvarda  Zangiota  tumani  “Bek-baraka”  savdo 

kompleksi  6-qator  134-do‘konda  harid  qilish  uchun  kelgan  fuqaro  A. 

o‘zining  sumkasini  o‘g‘irlatib  qo‘yadi.  Fuqaro  A.  Zangiota  tumani  IIB 

ga  murojaat  qilib  sumkasini  o‘g‘irlatganini,  sumkada  shaxsiy  xujjatlari 

va 5 million so‘m puli borligini aytadi. Fuqaro A. o‘z murojaatida savdo 

kompleksida  o‘rnatilgan  kameradan  o‘z  sumkasini  o‘g‘irlagan  odamni 

ko‘rganligini aytadi. 



 

14 


Mazkur  jinoyatni  ochishda  va  tergov  qilishda  tergov  organlari   

tomonidan  qanady  turdagi texnik  vositalardan  foydalanish  mumkin? 

Kriminalistikaning  jinoyatlarni    ochish    va    tergov    qilishdagm  

ahamiyati  qanday? 

2-kazus 

Fuqaro  S.    o‘z  uyida  o‘ldirilganligi  aniqlandi.  Fuqaro  S.  ning 

qo‘shnisi L. ismli shaxs o‘z ko‘rsatuvlarida S. ning uyida o‘sha 4-fevral  

kuni soat 12.05 chamasi paytdda baland shovqin ovozlarini eshitganini, 

so‘ngra o‘q ovozini eshitgani to‘g‘risida ko‘rsatuv berdi. Fuqaro S. bilan 

yonma-yon uyda yashovchi ikkinchi qo‘shnisi N. esa qo‘shnisi L soat 4-

fevral  kuni    soat  12.05  chamasi  S.  ning  uyiga  kirib  ketganligini 

ko‘rganligini  ko‘rganligini  aytdi.  Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish 

paytida  barmoq va poyabzal izlari topilgan. 

Mazkur    holatda    jinoyat    izlarini    topish    va    keyingi    tergov  

harakatlarini    o‘tkazishda    boshqa    fanlarning  qanday    yutuqlaridan  

foydalanish    mumkin?    Jinoyatlarni    tergov    qilishda    kariminalistik 

texnikaning  o‘rni  qanday? 


 

15 


2-MAVZU. KRIMINALISTIKA METODLARI 

 

Kriminalistikada  qo‘llaniladigan  metodlar  tasnifi.  Umumilmiy 



kriminalistik metodlar. Maxsus kriminalistik metodlar.  

 

Kriminalistikada qo‘llaniladigan metodlar tasnifi 



 

Metod  –  bu  ma’lum  maqsadga  erishish  uchun  tabiat  va  ijtimoiy 

hayotdagi  hodisalarni  tadqiq  etish  usullari.  Har  qanday  fanlar  kabi 

kriminalistika  ham  tabiat  va  jamiyat  voqeliklarini  hamda  predmetlarni 

bilishning umumfalsafiy va  mantiqiy usullariga suyanadi. Lekin har bir 

fan  o‘zi  tekshiradigan  jabhalarning  mohiyati  va  tadqiq  qilishning 

maqsad-vazifalariga xos bo‘lgan turli muayyan uslublardan foydalanadi, 

shuningdek, yangi uslublar yaratadi. 

Kriminalistikada turli xil metodlar qo‘llaniladi, ularni tasniflashda, 

eng  avvalo,  kriminalistikaning  fan  va  amaliyot  borasidagi  metodlarini 

farq qilish kerak. Ulardan foydalanish imkoniyatlari tergov harakatlarini 

amalga  oshirish  maqsadi,  shart-sharoiti  va  usullari  bilan  belgilanadi. 

Masalan,  tergov  eksperimenti  amaliy  faoliyat  metodi  sifatida  faqat 

protsessual qonun bilan qat’iy tartibga solingan holda qo‘llaniladi va ish 

uchun ahamiyatli  bo‘lgan  ma’lumotlarni tekshirish hamda aniqlab olish 

maqsadida  amalga  oshiriladi.  Ilmiy  ekspertimentlarga  bunday  talablar 

qo‘yish shart emas. 

Kriminalistika, amaliy faoliyatda metodlar protsessual qonunlar va 

kriminalistikaning nazariy qoidalari asosida yaratiladi va foydalaniladi. 

SHu  bilan  birga  kriminalistik  metodlar  boshqa  barcha  fanlar 

to‘plagan  ilmiy  qoidalarga  ham  suyanadi.  Masalan,  shaxsni  so‘roq 

qilishda  sud  psixologiyasi  qoidalari  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi,  mantiq 

qoidalari  tergov  tusmollarini  yaratish  va  foydalanishda  muhim  rol 

o‘ynaydi. 

Kriminalistikada  qo‘llaniladigan  metodlar  tasnifi  turli  asoslarga 

ega. Ular mazmuniga ko‘ra, umumilmiy va maxsus turlarga bo‘linadi.  



 

Umumilmiy kriminalistik metodlar 

E'tibor qiling! Kriminalistikada metodlar quyidagi talablarni 

qanoatlantirishi kerak: qat'iy ilmiy asosga suyanish; qonunlarni 

buzmaslik; ahloq normalariga rioya qilish; havfsiz bo'lish. 



 

16 


 

Umumilmiy  metodlar  ichida,  eng  avvalo,  dialektik  metod  muhim 

o‘rin  egallaydi.  Unga  binoan  har  bir  buyum  boshqalari  bilan  o‘zaro 

aloqalarda, harakatda, muayyan sharoitlarda kelib chiqishi va yo‘qolishi 

mumkin.  Jinoyatni  ochish  va  tergov  qilishda  kelib  chiqadigan  har 

qanday  masalani  hal  etishda  dialektika  tadqiq  etilayotgan  hodisaga 

ob’ektiv yondashuvning munosabatlari va aloqalarini, shuningdek, unga 

xos  barcha  xususiyatlarni  e’tiborga  olishni  talab  etadi.  Dialektika 

qonunlari  barcha  narsalar  va  voqeliklarning  mohiyatini  tadqiq  qilish, 

bilish, shunday ekan jinoyatni ochish va uni sodir etgan shaxsni aniqlash 

imkoniyati bor, degan bilish nazariyasiga asoslanadi. 

Dialektik  metod  turli  munosabat  va  aloqalar  e’tiborsiz  qolib 

ketishidan,  bir  tomonlama  tergov  qilishdan,  faqat  bir  xil  holat  bilan 

qiziqishdan saqlaydi. 

Umumilmiy  metodlarning  muayyan  turlariga  kuzatuv,  qiyoslash, 

o‘lchash, tasvirlash, eksperiment o‘tkazish, modellashtirish va boshqalar 

kiradi.  

Kuzatuv.  Predmetlar  va  hodisalarni  faol  bir  maqsadga  qaratilgan 

reja  asosida  va  bevosita  qabul  qilish  kuzatuv  orqali  amalga  oshiriladi. 

Kuzatuv amaliy faoliyatda tintuv va boshqa tergov harakatlarini amalga 

oshirish  chog‘ida  alohida  ahamiyatga  ega.  Kuzatuv  vazifalari  predmet 

yoki  hodisa  xarakteriga  qarab  belgilanadi.  Bir  holatda  –  qidirilayotgan 

narsani  topish,  ikkinchi  holatda  uning  aniq  xossalari  va  belgilarini 

aniqlash,  uchinchi  holatda  –  tintuv  va  boshqa  tergov  xatti-harakatlari 

o‘tkazishda  gumon  qilinuvchi  yoki  ayblanuvchi  xulq-atvorini  tahlil 

qilish  zarur.  SHu  munosabat  bilan  kuzatuv  jarayonida  aniqlangan  va 

protsessual  mustahkamlangan  ba’zi  faktlar  dalillik  ahamiyatiga  ega 

bo‘lishi,  boshqalari  tusmollarni  tuzish  uchun  material  bo‘lib  xizmat 

qilishi mumkin. Qo‘shimcha texnik vositalar va turli asboblarni qo‘llash 

sharoitida kuzatuv doirasi va samaradorligi oshadi.  

Qiyoslash - tashqi dunyoni idrok qilishning asosiy usullaridan biri. 

Qiyoslashsiz  tabiatda  va  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  faqat  murakkab 

hodisalarni emas, balki juda oddiy hodisalarni ham bilish mushkul. 

Bilish  jarayonida,  shu  jumladan,  jinoyatni  tergov  qilish  va 

ekspertiza  jarayonida  mazkur  metodni  keng  qo‘llash  zarurati  yuqorida 

ta’kidlangan holat bilan izohlanadi. Qiyoslash kriminalistikada, umuman 

identifikatsiyalash  maqsadida  o‘tkazilayotgan  tadqiqotda  alohida 

ahamiyatga ega. 



 

17 


 

Kriminalistik  maqsadlarda  amalga  oshiriladigan  qiyoslashda  tez-

tez  uchraydigan  belgilar  muhim  o‘rin  tutadi.  Qiyoslash  metodi 

kriminalistik  amaliyotda  mantiqiy  bilishning  boshqa  metodlari,  ya’ni 

tahlil  qilish,  hodisalarni  bir  butun  holda  tekshirish  usuli  bilan  qo‘shib 

olib boriladi. 



O‘lchash.  Bu  metod  yordamida  o‘lchanadigan  buyum  va  o‘lchov 

birligi, miqyosi yoki etaloni (metr, kilogramm, minut, litr, harorat, rang 

kabilar) o‘rtasidagi nisbat orqali belgilanadi. Aniq o‘lchovga ega bo‘lish 

uchun  maxsus  asbob  va  anjomlardan  foydalaniladi.  O‘lchov  ilmiy  va 

amaliy faoliyatda muntazam qo‘llaniladi. U kriminalistikada hodisa yuz 

bergan  joyni  va  ashyoviy  dalillarni  o‘rganishda,  ekspertiza  va  boshqa 

tergov harakatlari o‘tkazishda foydalaniladi.  

Tasvirlash.  Mazkur  metod  vositasida  tadqiq  etilayotgan  ob’ektlar 

belgilari  va  xossalari  tasvirlab  yoziladi  (sanaladi).  Bu  uslub  ob’ekt 

haqida  to‘la  tasavvur  hosil  qilish  yoki  alohida  tomonlari,  tarkibiy 

qismlari  to‘g‘risida  xulosa  qilish  imkoniyatini  beradi.  Tasvirlash  sifatli 

va miqdorli, tuzilmali va funksional, to‘la va to‘liq emas va h.k. bo‘lishi 

mumkin. U og‘zaki va yozma shaklda, shu jumladan raqam, rasm, ramz 

va boshqacha tarzda amalga oshiriladi.  

Buyum va voqeliklarni bevosita va bilvosita tasvirlash turlari bor. 

Birinchi  holatda  kriminalist  tekshirilayotgan  ob’ektning  belgilarini, 

ya’ni  shaxsan  o‘zi  qabul  qilgan,  his  etgan  narsani  tasvirlaydi,  ikkinchi 

holatda boshqa odamlar ko‘rsatgan  belgilar asosida,  masalan, guvohlar, 

jabrlanganlarning so‘zlari asosida shaxs qiyofasini tasvirlaydi. 

Qiyoslash  ma’lum  tartibda  bajariladigan  tasvirlash  va  solishtirib 

ko‘rish  elementlari  bilan  bog‘lab  olib  borishdir.  Jumladan, 

kriminalistikada  odamning  tashqi  qiyofasini  so‘z  orqali  ifodalash, 

ta’riflab  berish  anatomik  va  funksional  belgilar  yordamida  amalga 

oshiriladi. Izchilligi, belgilarining soni va so‘z tarzidagi ifodasi ma’lum 

tasvirlar  vositasida  bayon  etiladi.  Bunday  tasvirlarda  solishtirish 

elementlari ancha ahamiyatli o‘rin egallaydi. 

Qiyoslash  metodini  qo'llash  mantiqning  ikki  qoidaga  javob  berishi 

kerak:  

1)  ob'ektiv  voqelikning  bir  hilda  predmetlari  va  hodisalarini,  bir 

turdagi tushunchalarni qiyoslashga yo'l qo'yiladi;  

2) qiyoslashda muhim ahamiyatga molik belgilardan foydalaniladi. 

 


 

18 


Eksperiment. Uning zaminida tekshirilayotgan hodisani o‘rganish 

va  uning  boshqa  hodisalar  bilan  aloqasini  aniqlash  maqsadida 

o‘tkaziladigan  ilmiy  asoslangan  tajriba  yotadi.  Bunda  tekshirilayotgan 

hodisa sun’iy ravishda iloji boricha to‘la va aniq takrorlanadi. 

Eksperiment  kuzatuv  bilan  birga  olib  boriladi,  ammo  bu  mazkur 

metodlar 

aynan 

bir 


xil 

ekan, 


degan 

ma’noni  bildirmaydi. 

Eksperimentning  o‘ziga  xos  belgisi  kuzatilayotgan  hodisa  jarayoniga 

eksperiment o‘tkazuvchining faol aralashuvidan iborat. Kriminalistikada 

eksperimental  tekshirish  va  aniqlab  olish,  ba’zi  hollarda  tergov  yoki 

sudda  ko‘rilayotgan  ish  yuzasidan  ahamiyatli  bo‘lgan  yangi 

ma’lumotlarni  olish  uchun  o‘tkaziladi.  Tergov  eksperimenti,  albatta, 

protsessual shaklda amalga oshiriladi. 

Ekspertizani  amalga  oshirishda  ham  ilmiy  tadqiqotga  xos 

sharoitlarda  eksperiment  o‘tkaziladi.  Eksperimentlar-ning  umumiy 

tomonlari  ilgaridan  tayyorlangan  sharoitda  o‘tkaziladigan  tajribalar, 

olingan  natijalar  bo‘lib,  ularning  to‘g‘riligi  sinab  ko‘rish  orqali 

kafolatlanadi. 

Modellashtirish.  Bu  metod texnik fanlar zaminida vujudga kelib, 

ijtimoiy  fanlarda  modellashtirish  keng  tarqalgandan  keyin  umumilmiy 

metod sifatida e’tirof etila boshlandi. Uning mohiyati ob’ektni o‘xshash 

model  orqali  bilishdan  iborat,  bunda  tadqiq  qilinayotgan  ob’ekt  uning 

asosiy  belgilari,  xususiyatlari  orqali  tiklanadi.  Model  moddiy  va  ideal 

bo‘lishi  mumkin.  Har  ikki  xil  model  ham  kriminalistikada  keng 

foydalaniladi. 

Jinoyat  protsessida  materialdan  tayyorlangan  modellarga  gipsli 

shakl  yasash,  barmoq  izlari  nusxasi  olish,  voqea  sodir  bo‘lgan  joyning 

konstruksiyasini  tayyorlash,  M.M.Gerasimov  metodi  asosida  odamning 

bosh ko‘rinishini tiklash kabilar kiradi. Hozirgi kunga kelib, zamonaviy 

kompyuter  vositalari  yordamida  3D  ko‘rinishda  modellashtirish  ham 

ancha keng rivojlanmoqda.  

Bilish  jarayonida  ideal  model  ham  ma’lum  rol  o‘ynaydi.  Bunga, 

eng  avvalo,  tezkor-qidiruv,  tergov  va  ekspert  tusmollari  kiradi. 

Modellashtirish  rolini  baholar  ekanmiz,  har  qanday  yaxshi  nusxa  hech 

qachon  originalni  to‘la  ifodalay  olmasligini  e’tiborga  olmoq  kerak. 

Nusxa  ob’ektning  belgilari,  xossalari  va  sifatidan  bir  qisminigina 

ifodalaydi. Ammo modellashtirish vositasida tadqiq qilinayotgan ob’ekt 

to‘g‘risida bir oz bo‘lsa-da, qo‘shimcha axborot olish mumkin. Bunday 

axborot  tergovchining  bo‘lib  o‘tgan  hodisalar  to‘g‘risida  tasavvurini 

kengaytiradi. 



 

19 


 

Maxsus kriminalistik metodlar 

 

Ilmiy-texnika  taraqqiyoti  asrida  faqat  umumilmiy  tadqiqot 



metodlari  emas,  balki  maxsus  metodlardan  foydalanish  ham 

rivojlanmoqda.  Ayrim  yangi  metodlar  paydo  bo‘lmoqda,  bir  guruhi 

zamonaviylashmoqda,  qolganlari  esa,  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotib 

bormoqda.  Kriminalistikaning  o‘zida  ishlab  chiqilgan  maxsus  metodlar 

jumlasiga  sud-fotografiya,  trasologiya,  sud-ballistikasi  va  boshqalar 

kiradi.  Masalan,  tergov  va  ekspert  amaliyotida  sud-fotografiyasi 

tomonidan tashkil etilgan tanib olish (signaletik), mikrotasvir, fotografik 

rang  ajratish,  qiyin  sharoitlarda  fotografiyadan  foydalanish  va  boshqa 

metodlar  mavjud.  Trasologiyada  oyoq,  poyabzal,  buzish  qurollari  kabi 

asboblarning  izlarini  topadigan  va  qayd  qiladigan  maxsus  metodlar 

ishlab  chiqilgan.  Sud-ballistikasida  o‘qni  burab  chiqaradigan,  o‘qni 

profilografik  tadqiq  etish,  kesadigan  va  tekis  stvolli  qurolning 

identifikatsiyasi bo‘yicha optik va mexanik metodlar yaratilgan. 

Kriminalistikada  ishlab  chiqilgan  maxsus  metodlardan  ba’zilari 

boshqa sohalarda ham qo‘llanmoqda. Jumladan, fotografik rang ajratish 

metodi  kriminalistikada  yaratilgan  bo‘lsa  ham,  undan  hujjatlarni  tadqiq 

qilishda  muvaffaqiyatli  foydalanilmoqda.  Fotoportret  identifikatsiyasi 

metodi 


tarixiy 

tadqiqotlarda, 

sud-dastxatshunoslik, 

ham 


muallifshunoslik tadqiqotlarida ishlatilib kelinmoqda. 

 

SHuningdek,  qonunga  zid  bo‘lgan  giyohvand  moddalar,  gipnoz, 



telepatiya va boshqa metodlar hamda vositalardan dalil sifatida, xususan 

shaxsni ayblash uchun asos sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

E'tibor  qiling!  Kriminalistikada  qo'llaniladigan  umumilmiy  metod 



ham,  mahsus  metod  ham  ma'lum  talablarga  javob  berishi  kerak. 

Bunday  talablar  mezon  hizmatini  o'taydi:  1)  metodning  natijalari 

to'g'ri  bo'lishi  kafolatlanganligi;  2)  foydalanish  qulayligi,  ya'ni 

metodni  joriy  etish  natijasida  olingan  hulosalar  jinoyat  processining 

barcha  ishtirokchilariga  tushunarli  bo'lishi;  3)  havfsizligi;  4) 

samaradorligi; 5) kam harajatli ekanligi. 

 


 

20 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling