Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59

Mikroskopik  tekshiruvlar.  Ekspertiza  amaliyotida  mikroskopik 

uslublar  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  turli  ob’ektlar,  moddalar  ustida 

tadqiqot o‘tkazishda qo‘llaniladi. 

Ma'lumot  uchun!  Imkoniyatiga  qarab  ?id  tarqatuvchi  narsaning  o'zi 

(qo'lqop,  bosh  kiyim,  ro'molcha  va  shu  kabilar)  olib  qo'yilib,  zich 

yopiladigan  tiqinli  moslamaga  joylashtiriladi.  Bunday  qilishning 

imkoni bo'lmagan hollarda insondan tarqaladigan hid manbai iziga 20-

30 minut davomida hidni o'ziga yahshi singdiruvchi mahsus gazlama 

parchasi  qo'yilib,  keyinchalik  u  pintset  yordamida  zich  yopiladigan 

idishga  olinadi.  Qayd  etishning  bunday  uslubi  amaliyotda  juda  qo'l 

keladi. 


 

49 


Mikroskopik  uslub  ob’ektning  turiga  qarab  shu’la  yorug‘ida  yoki 

aks  etgan  yorug‘likda  o‘tkaziladi.  Ekspertiza  amaliyotida  borgan  sari 

ko‘proq  mikroskopik  uslub  qutblashgan  yorug‘likda  o‘tkazilmoqda. 

Bunday  uslub  kristall  moddalarni,  tabiiy  va  kimyoviy  tolalarini,  don, 

kraxmal, ayrim o‘simlik va hayvonot to‘qimalarini tadqiq etish imkonini 

beradi.  Bu  kabi  tadqiqotlar  yordamida  ko‘pgina  materiallarni 

identifikatsiyalash,  shuningdek,  ularning  tuzilmasiga  oid  farqlarni 

aniqlash  mumkin  bo‘ladi.  YAngi  uslublardan  biri-to‘lqin  hosil  qiluvchi 

elektron  mikroskopidir.  Ushbu  uslub  orqali  sirtga  ega  bo‘lib,  yuqori 

vakum  sharoitida  o‘z  tuzilmasini  saqlab  qoladigan  va  elektron  nurlari 

tarami ostida o‘zgarmaydigan ob’ektlarni tadqiq etish mumkin. 

To‘lqin  hosil  qiluvchi  elektron  mikrosnusxa  uslubidan  soch 

tolalarini  tadqiq  etishda  ularning  ajralish  mexanizmini,  tashqi  muhit, 

kimyoviy ishlov berish ta’siri izlarini aniqlash uchun foydalaniladi. 

To‘lqin  hosil  qiluvchi  elektron  mikrosnusxadan  ekspertiza 

amaliyotida  turli  materiallarning  zarralaridan  hosil  bo‘lgan  mikroiz 

belgilarini aniqlash uchun foydalaniladi. 

To‘lqin  hosil  qiluvchi  mikrosnusxa  yordamida  olingan 

to‘qimachilik  tolalarining  morfologik  belgilarini  mikroskopik  tadqiq 

qilish  asosida  tolalardan  hosil  bo‘lgan  mikroizlar  aniqlanadi  va 

taqqoslanadi. 

Elementlar  tarkibini  o‘rganish  uslublari  va  vositalari  turli 

materiallar  va  moddalarni  kriminalistik  ekspertiza  qilishda  ko‘p 

yillardan  beri  qo‘llanilib  kelinmoqda.  Bular  jumlasiga,  atom 

spektrometriyasining  uslub  va  vositalarini,  rentgenospektral  uslublar  va 

neytronning tahlilini kiritish mumkin. 

 

Elementlar tahlili transport vositalarining lak-bo‘yoqlarini, mato va 



tolalarni  identifikatsiyalash,  tuproq  qoldiqlarini  tadqiq  etish  uchun 

qo‘llaniladi. Tabiiy giyohlarning elementlar tarkibidan bunday o‘simlik 

giyohvand moddalarning qaysi mintaqada o‘stirganligi va uni etishtirish 

texnologiyasini  aniqlash  uchun  foydalaniladi.  Sintetik  giyohvand 

moddalarni  tadqiq  etishda  elementlar  tarkibi  bunday  moddalarni 

E'tibor  qiling!  Emission-spektral  tahlil  -  bu  uslub  mahsus  asbob- 

spektrofotometr  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bunday  tahlil  tufayli 

turli  hil  bo'yoqlar,  avtomobillarning  lak  bo'yoqlarini,  porohlarni, 

giyohvand  moddalarni,  moylarni,  zaharli  kimyoviy  moddalar  va 

boshqa shu kabilarni toifalash mumkin bo'ladi. 



 

50 


tayyorlash  texnologiyasini  aniqlash  imkonini  beradi.  Ayni  vaqtda  ular 

qaysi  mintaqada  ishlab  chiqarilganligini  ham  taxmin  qilish  mumkin 

bo‘ladi. Elementlar tarkibi qimmatbaho toshlarni farqlash imkonini ham 

beradi. 


Atom spektrometriyasi hamda boshqa uslub va vositalar buyum asl 

ekanligi  yoki  uning  qalbakiligini  aniqlash  imkonini  beradi.  Masalan, 

uning  yordamida  u  yoki  bu  mahsulotning  ishlab  chiqarish 

texnologiyasining  o‘zgargan  vaqtini  aniqlash  mumkin.  Elementlar 

tarkibini  tahlil  qilish  vositalari  va  uslublari  boshqa  vosita  va  uslublar 

bilan  birgalikda  etil  qo‘shilgan  benzin  va  oziq-ovqat  yog‘larining 

buzilganlik  darajasini,  oltin  yoki  oltin  buyumlari  bilan  birga  turgan 

matolardagi oltinning mikrozarralarini aniqlashda qo‘llaniladi. 

Poroxlarning 

elementlari 

tahlili 

ularni 


o‘qotar  qurollarni 

qo‘llaganlik  bilan  bog‘liq  jinoyatlar  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha 

tabaqalashtirish  imkonini  beradi.  O‘q  tekkan  teshik  atrofida  qolgan 

odam  to‘qimalari  yoki  terisining  tahlili  nafaqat  o‘q  uzilgan  masofani, 

balki qurolning turi, kalibrini ham aniqlash imkonini beradi. 

Molekulyar  spektrometriya.  Molekulyar  spektrometriyaning 

uslub  va  vositalari  spektr  olish  orqali  dori-darmonlar,  zaharlovchi 

moddalar,  plastmassalar,  lak-bo‘yoq,  yoqilg‘i-moylash  materiallari, 

oziq-ovqat  mahsulotlari,  kimyoviy  tolalar  va  rezinalarni  tahlil  qilishda 

qo‘llaniladi.  Sud  ekspertizasida  aksariyat  hollarda  infraqizil 

spekrosnusxa  uslubi  qo‘llaniladi.  Ularning  yordamida  kimyoviy 

qo‘shilmalar identifikatsiya qilinadi. 

Ekspertiza  amaliyotida  infraqizil  spekrometriya  uslublari  va 

vositalari,  neft  mahsulotlari,  moylar,  lak-buyoq  materiallari,  tolalar, 

polimerlar,  plastmassalar,  zoldirli  ruchka  pastalar,  portlovchi  moddalar 

olish  imkonini  beradi.  Ushbu  uslub  yordamida  tasodifiy  hosil  bo‘lgan 

organik  moddalarning  tarkibi  to‘g‘risidagi  malumotni  olish  ayniqsa 

ahamiyatlidir.  

Ashyoviy  dalillarning  sud  ekspertizasi  amaliyotdagi  samarador 

uslub  va  vositalar  qatoriga  spektral  lyuminissensiya  analizini  ham 

kiritish  lozim.  Ushbu  uslub  yoqilg‘i-moylash  materiallarini,  zaharli 

moddalarini 

tadqiq 


etishda 

qo‘llaniladi, 

shuningdek, 

sanoat 


chiqindilarida  uglevodlar  mavjud  bo‘lgan  uchastkalarni,  tarkibi  turlicha 

bo‘lgan shishalarni tabaqalashtirish imkonini beradi.  

Spektral  tahlil,  o‘q  otish  jarayonida  o‘q  stvoldan  chiqayotgan 

paytida  uning  sirti  qirilishi  oqibatida  metallda  hosil  bo‘lgan  juda 



 

51 


kichkina  izni  ham,  porox  qurumi  izlarini  va  boshqa  yo‘llar  bilan  topib 

bo‘lmaydigan o‘zga izlarni aniqlash imkonini beradi. 

Ayrim qotishmalar, masalan qo‘rg‘oshin qotishmasi spektral tahlil 

yordamida  tadqiq  etilganida  qotishmaning  markasini,  agar  maxsus 

aralashmalar mavjud bo‘lsa, bu qotishma qaerda ishlab chiqarilganligini 

ham aniqlash mumkin bo‘ladi. Bunday uslub yordamida tarkibi jihatidan 

bir-biriga  juda  yaqin  bo‘lgan  qotishma  va  qo‘shilmalarni  ham  farqlash 

mumkin. Mana shunday tahlil yordamida qiyoslanayotgan ob’ektlarning, 

masalan,  murdadan olingan  mayda zarrachalarning  gumon qilinayotgan 

shaxsga  qarashli  patrondagi  zarrachalarga  o‘xshashligini  va  aynanligini 

aniqlash mumkin.  

Ob’ektlarning tuzilishi va fazoviy tarkibini tadqiq etish uslubi. 

Materiallar,  moddalar  va  buyumlarning  tuzilishi  va  fazoviy  tarkibini 

o‘rganish  uchun  aksariyat  hollarda  metalografiya  uslublari  va  rentgen 

tahlilidan foydalaniladi.  

Metallografik tadqiq etish, masalan, metallarning puturdan ketishi, 

yong‘in,  avariya  yoki  portlashga  sabab  bo‘lgan-bo‘lmaganligini,  yoxud 

uning  oqibati  ekanligini  aniqlash  imkonini  beradi.  YOng‘in  zonasi  va 

markazini  aniqlashda  metallografiya  uslublari  yordamida  metall 

buyumlarning  issiqlik  darajasini  va  qizish  muddatini  belgilash  mumkin 

bo‘ladi. Metall va qotishmalar qizdirilganda ularning sirtida turli ranglar 

o‘zgaradi. Ular yordamida metall va qotishmalar issiqlik darajasi va vaqt 

nuqtai nazaridan intervalini bilib olish mumkin.  

Materiallar  va  moddalarni  kriminalistik  ekspertiza  qilish 

amaliyotida  rentgen  tahlili  uslublari  va  vositalari  keng  tarqalgan.  Bu 

orqali  ashyoviy  dalillarning  fazoviy  tarkibi  va  uning  tuzilishidagi 

o‘zgarishlarni  puxta  aniqlash  mumkin.  Mazkur  uslubdan  kristallsimon 

tuzilishga  ega  bo‘lgan  deyarli  barcha  ob’ektlarni  tadqiq  etishda 

foydalanish mumkin. 

Rentgen  yordamida  fazoviy  tahlil  tadqiqoti  tez  va  puxta 

o‘tkazilishini  ta’minlaydi,  bu  orqali  olingan  ko‘rsatkichlar  esa, 

avtomatlashtirilgan  holda  ishlab  berish  uchun  EHM  ga  kiritilishi 

mumkin. 


Hozirgi vaqtda tahlil qilishning bunday usuli giyohvand moddalar, 

Ma'lumot  uchun!  Hromotografik  uslub  moddalarning  fraktsiya  va 

molekulyar  tarkibini  aniqlash  imkonini  beradi.  Uning  mohiyati 

shundan  iboratki,  tadqiq  etilayotgan  moddaning  tarkibiy  qismlarini 

ajratish  va  ajratilganlarni  tahlil  qilishdan  iboratdir.  Ekspertiza 

amaliyotida  hromotografiyaning  bir  necha  hillari  qo'llanib  kelinadi. 

Tarkibiy  qismlarni  bo'lish  usuliga  qarab,  tadqiq  etilayotgan  modda: 

qog'oz,  yupqa  qatlamli,  gaz-suyuqlik,  ustunsimon  hromotografiya 

kabilarga bo'linadi.  


 

52 


qimmatli  qog‘ozlar  va  hujjatlarning  materialini,  lak-bo‘yoqlarni, 

binokorlik 

materiallarini, 

farmatsevtika 

preparatlarini, 

zaharli 


moddalarni,  kimyoviy  tolalarni,  metall  va  qotishmalardan  tayyorlangan 

buyumlarni tadqiq etishda muvafaqqiyatli qo‘llanmoqda.  

YUpqa  qatlamli  xromotografiya  eng  ko‘p  tarqalgan  uslub  bo‘lib, 

organik  tarzda  paydo  bo‘ladigan  ob’ektlar-giyohvand  moddalar,  dori-

darmonlar,  bo‘yoqlar,  zaharli  kimyoviy  moddalar,  siyoh,  neft 

mahsulotlari, yog‘, moy va boshqa moddalarni tahlil etishda qo‘llaniladi. 

Xromotografiya  deb  ikki  bosqichdan  iborat  tadqiqot  uslubiga 

aytiladi.  Birinchi  bosqichda  tadqiq  etilayotgan  moddaning  tarkibiy 

qismlari  ajratiladi,  ikkinchi  bosqichda  esa,  ajratilgan  har  bir  qism  tahlil 

etiladi.  

Hujjatlar  texnik  jihatdan  tahlil  etilganida  yupqa  qatlamli  uslub 

yordamida turli tarkib bo‘yicha tayyorlangan bir xil rangdagi siyohlarni 

ajratishgina  emas,  balki  texnik  jarayonlarning  tebranishi  bilan  bog‘liq 

farqni ro‘yxatga olish ham mumkin. Bu uslub to‘qimachilik tolalarining 

buyoqlarini  tahlil  etish  vaqtida  keng  qo‘llaniladi.  Organik  moddalar  va 

ularning  aralashmalari  qaysi  guruhga  mansubligini,  tadqiq  etilayotgan 

moddalarning  sifat  va  miqdor  tarkibini,  bir  xilligi  yoki  turlicha 

ekanligini  aniqlash  uchun  gaz-suyuqlik  xromotografiyasi  uslubidan 

foydalaniladi. 

Gaz  xromotografiyasi  jarayonida  “gaz  xromotografiyasi”  deb 

atalgan maxsus asbob qo‘llaniladi. Hozirgi zamon xromotograflari EHM 

bilan  jihozlangan  bo‘lib,  ular  ko‘pgina  ekspertiza  vazifalari  hal 

etilishida,  jumladan  neft  mahsulotlari  turini  aniqlash,  benzin,  dizel 

yonilg‘isi  va  avtol  markasini  toifaga  ajratish,  avtomobil  yonilg‘isi 

tarkibida  neft  mahsulotlarini  aniqlash,  tadqiq  etilayotgan  ob’ektda 

giyohvand  modda  bor-yo‘qligini  topish,  kelib  chiqish  manbaiga  qarab 

namunalarni tabaqalashtirish mumkin. 

Ushbu 


uslubdan 

vino-aroq 

mahsulotlarini, 

oziq-ovqat 

mahsulotlarini  tadqiq  etishda,  qon  tarkibida  alkogol  bor-yo‘qligini 

aniqlashda,  tamaki,  rezina  polimer  materiallari,  kleylar,  portlovchi 

moddalar  va  boshqa  ob’ektlarni  tekshirishda,  hid  tarkibini  tadqiq 

etishda, suyuqlik va gaz tarkibini belgilashda foydalaniladi. 

Poligrafiya  uslubi  “poligraf”  deb  ataluvchi  maxsus  pribor  orqali 

amalga  oshiriladi.  Mazkur  uslub  suyuq  moddalarni,  o‘q  otish 

snaryadlarini,  metallar,  zaharli  moddalardan  qolgan  izlarni  aniqlashda 

qo‘llaniladi. 



 

53 


Radioaktivlikka  oid  tahlil.  Materiallar  va  moddalarni  tadqiq 

etishda  yana  bir  yuqori  ta’sirchan  uslub  radioaktivlikka  oid  tahlil 

qo‘llanilishi  mumkin.  Bu  uslub  ob’ekt  yadro  reaktorida  nurlatilganda 

unda paydo bo‘ladigan sun’iy radioaktivlikni o‘rganishga asoslangan. 

Kriminalistik  texnikaning  bu  uslubi  yaqindan  o‘q  uzilganda, 

to‘siqlarda  qolgan  izlarni,  o‘q  uzgan  odamda  qolgan  izlarni,  biologik 

ob’ektlardagi  zaharli  moddalarni,  biologik  to‘qimalardagi  mikro 

elementlarni aniqlashda qo‘llaniladi. 

 

So‘nggi  vaqtlarda  turli  kriminalistika  ob’ektlarini  to‘plash,  ular 



ustida  ishlash,  tadqiq  qilish  ishida  kompyuter  texnikasidan  foydalanish 

imkoniyatlari  ko‘zga  tashlanmoqda.  Kompyuter  dastlabki  marta 

daktilonusxa va dastxatshunoslik tadqiqotlarida qo‘llanilgan. 

Daktilonusxada  hozirgi  vaqtda  kodlashtirilgan  barmoq  izlarini 

mashina  yordamida  qidirib  topish  va  qiyoslash  uslubi  qo‘llanilmokda. 

Bu  uslub  dastlabki  tarzda  kodlashtirilmagan  holda  maxsus  qurilma 

yordamida 

papillyar 

naqshlarni 

avtomatik 

tanish 

qoidalariga 



asoslangandir. 

Kriminalistika  faoliyatida  bunday  vositalardan  foydalanish  voqea 

sodir  bo‘lgan  joyda  topilgan  barmoq  izlarini  kompyuter  xotirasidagi 

barmoq izlari bilan tezkor ravishda solishtirish imkonini beradi. Maxsus 

ishlab  chiqarilgan  algoritm  dasturi  yordamida  u  yoki  bu  qo‘lyozma 

matnini  bajargan  shaxsni  identifikatsiyalash  imkoniyatini  vujudga 

keltiradi.  

 

Kriminalistik texnikaning tergov va tezkor-qidiruv ishlarida 



qo‘llanilishi 

 

Kriminalistik  texnikani  tezkor  xodimlar,  tergovchilar  mutaxassis 

kriminalistlar,  sud  o‘z  vakolati  doiralarida  qo‘llaydilar.  Bunday  texnika 

jumlasiga  tergovchilar  va  kriminalistika  ekspertizasi  bo‘limlarining 

xodimlari  foydalanadigan  ilmiy-texnika  vositalarining  komplektlari, 

Ma'lumot  uchun!  Kriminalistik  tehnikaning  taraqqiyoti  ikki 

yo'nalishda boradi. Bir tomondan kriminalistik tehnika muammolarini 

umum-nazariy  jihatdan  ishlab  chiqilishi  va  takomillashtirilishi, 

ikkinchi  tomondan  dalil-isbotlarni  topish,  olib  qo'yish,  qayd  etish  va 

tadqiq  qilish,  ular  ustida  ishlashning  aniq  tehnika-kriminalistika 

vositalari qamda yo'l-yo'riqlarini ishlab chiqishga qaratilgan. 


 

54 


ko‘chma  kriminalistika  laboratoriyalari,  ovoz  yozish  apparaturalari 

kiradi.  Jinoyatlarni  oldini  olish  va  jinoyatlarni  jadal  aniqlash, 

jinoyatchilarni qidirish va ushlash uchun tezkor ishlarda qo‘llaniladigan 

vositalar,  turli  xil  signal  beruvchi  qo‘riqlash  qurilmalari,  hujjatlarni 

qalbakilashtirishdan  himoyalash  vositalari-kimyoviy  jihozlar  ham 

kriminalistik texnika jumlasiga kiradi. 

Kriminalistik  texnika  vositalaridan  tezkor-qidiruv  tadbirlarini 

o‘tkazishda,  ko‘zdan  kechirish,  tintuv,  so‘roq,  eksperiment  va  boshqa 

tergov  harakatlarini  bajarishda  va  ashyoviy  dalillarni  o‘rganish,  video, 

kino hujjatlarini ko‘rish, magnit yozuvlarini eshitish va boshqa vaqtlarda 

foydalanadilar. 

Kriminalistik texnika tezkor-qidiruv faoliyati bilan bog‘liq ishlarni 

isbot  qilishda,  dalillar  qidirib  topishda,  jinoyatlarni  ochish  va  ularning 

oldini olishda hamda zarur ma’lumotlarni aniqlash, qayd etish va tadqiq 

qilishda foydalaniladi. 

Tergov  harakatlari  jarayonida  kriminalistik  texnika  jinoyatning 

moddiy  holatini  qayd  etish,  dalillarni  topish,  olish  va  saqlash,  ularni 

taqdim  etish  va  ob’ektlarni  ekspertizaga  tayyorlash  chog‘ida 

qo‘llaniladi. 

Tezkor-qidiruv  tadbirlari  va  tergov  harakatlari  o‘tkazilishida 

ishtirok  etayotgan  mutaxassislar  texnika  vositalari  va  uslublarini 

qo‘llash orqali tezkor-qidiruv xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatadilar, 

maslahatlar beradilar. 

Kriminalistik  texnikadan  tegishli  qonun  hujjatlari  normalariga 

muvofiq  foydalaniladi.  Xususan,  JPK  91,  106-moddalarida  texnika 

vositalari va uslublarining ayrimlarini (fotografiya, ovoz yozish, moddiy 

nusxalar, chizmalar) qo‘llash haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. 2012 

yil 25 dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ham 

video-  va  audioyozuv,  kino-  va  fotosuratga  olish  vositalarini 

qo‘llashning ayrim masalalari o‘z ifodasini topgan.  

 


 

55 


Kriminalistik  texnikadan  foydalanishning

 

birinchi  sharti  – 

kriminalistik  texnika  vositalari  va  uslublarining  ilmiy  jihatdan  o‘ziga 

xosligi  va  puxta  bo‘lishi.  Har  qanday  texnik  vosita,  shu  jumladan, 

maxsus  materiallar  va  moddalar,  ularning  qo‘llash  uslubi  tibbiyot 

vositalari kabi qat’iy ravishda ilmiy ma’lumotlarga asoslangan, vakolatli 

organlarning  sinovidan  o‘tgan  va  ular  tomonidan  ekspertiza  va  jinoyat-

qidiruv  amaliyoti  uchun  tavsiya  etilgan  bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun 

texnika-kriminalistika  vositalari  yordamida  to‘g‘ri  va  puxta  axborot 

olinishini  ta’minlash  lozim.  SHundagina  jinoyat  ishini  tergov  qilishda 

ob’ektiv natijaga erishish mumkin bo‘ladi. 

Kriminalistik  texnikaning  yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha 

sub’ektlar  tomonidan  yuksak  malaka  bilan  qo‘llanilishi  –  ikkinchi 

muhim  shartdir.  Bu  shartni  ruyobga  chiqarish-texnika  vositalari  va 

uslublarini  mukammal  bilish  va  ulardan  to‘g‘ri  foydalanishni  taqozo 

etadi. Bunda jinoyat-protsessual qonunining eng muhim talablari sifatida 

ob’ektiv yondashuv har tomonlama va to‘liq bo‘lishi zarur. 

Tergov harakatlari bayonnomalarida va kriminalistika ekspertizasi 

xulosalarida  dastlabki  tekshiruv  materiallari,  kriminalistik  texnika 

vositalari  va  uslublarini  qo‘llash  sharoitlari,  tartibi  va  natijalarini  aks 

ettirish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda  texnika  vositalari 

qo‘llanganligi  o‘z  tasdig‘ini  topadi,  muayyan  bir  ma’lumotni  texnika 

vositasi  va  uslubini  qo‘llash  yo‘li  bilan  tekshirish,  tergov  harakatlari 

(ko‘zdan  kechirish,  eksperiment  o‘tkazish,  ko‘rsatuvni  voqea  sodir 

bo‘lgan joyda tekshirish) jarayonlari yoki natijalarini tiklash imkoniyati 

yaratiladi. 

Tergov 


harakatlarini 

o‘tkazish  jarayonida,  tezkor-qidiruv 

tadbirlarini  amalga  oshirishda  texnika  vositalarini  o‘zida  jamlagan 

“tezkor”  sumka  juda  qo‘l  keladi.  Turli  izlarni,  ashyolarni  topish, 

E'tibor qiling! Ishlarni sudda ko'rishda kriminalistik tehnika vositalari 

va  uslublaridan  foydalanishga  ma'lum  shartlar  bilan  yo'l  qo'yiladi. 

Chunonchi,  bunda  fuqarolarning  qonuniy  huquqlari  va  manfaatlari 

buzilmasligi; ularning hayoti va sog'ligiga havf solinmasligi; ahloq va 

etika  normalariga  e'tibor  berilishi;  ahborot  manbalari  -  izlar, 

ashyolarni saqlab qolinishning ta'minlanishi, shuningdek, ahborotning 

o'zi  (masalan,  ekspertiza  va  dastlabki  tadqiqotlar  o'tkazish,  suratga 

olish,  video  va  ovoz  yozish,  ko'rsatmalar  moddiy  nushalar  va 

chizmalar)  buzilmasligi;  vositalar  va  uslublardan  to'g'ri  foydalanish 

uchun ob'ektiv shart-sharoitlar mavjud bo'lishi lozim. 



 

56 


kuzatish,  ko‘chirib  olish  va  qayd  etish  uchun  zarur  texnik  vositalar 

tergov va tezkor xodimlarga mo‘ljallangan mazkur sumkada joylashgan. 

 

Nazorat savollari: 

 

1.



 

Jinoyatlarni  fosh  qilishda  kriminalistik  texnika  qanday 

vazifalarni  bajaradi?  Hozirgi  zamonaviy  axborot-texnologiyalarining 

rivojlanishi kriminalistik texnikaga qanday ta’sir qilmoqda?  



2.

 

Kriminalistik  texnika  tekshiruvining  qanday  vosita  va 

uslublarini bilasiz? Muayyan bir jinoyatni misol tariqasida olib, uni fosh 

etishda  qanday  kriminalistik  texnika  vositalaridan  foydalanish 

mumkinligini tushuntirib bering.  

 

Kazuslar: 

 

1-kazus 

2012  yil  12-dekabrdan  13-dekabrga  o‘tar  kechasi  E.ning 

xonadonidan  qimmatbaho    buyumlar  yo‘qolganligi  to‘g‘risida  IIB 

navbatchilik  qismiga  ariza  kelib  tushdi.  Tergovchi  Sh.ning  xonadonida 

sodir  etilgan  o‘g‘irlik  jinoyati  yuzasidan  qimmatbaho  buyumlar  turgan 

polirovka qilingan shkafni ko‘zdan kechirdi. 



1. Shkafni qaysi joylarida va qanday qul izlari qolishi mumkin?   

2.  Izlarni  topish  va  olishda  qanday  kriminalistik  texnik  vositalar 

qo‘llaniladi?  

3. Izlar yuzasidan qanday ekspertiza tayinlanadi va ekspert  oldiga 

qo‘yiladigan savollar? 

 

2-kazus 

Davlat siriga taaluqli saytlardan biriga fuqaro F. murakkab dasturlar 

orqali  hujum  qilib,  undan  axborot  olib  chiqadi.  Biroq,  jinoyatchini 

ushlash chog‘ida uning ham tovog‘i fuqaro L. O‘zuyida pornografik sayt 

ochganligi  aniqlandi.  Pornografik  ma’lumotlarni  o‘zida  jamlagan  sayt 

E'tibor  qiling!  “Tezkor”  sumkasida  quyidagilar  mavjud  bo'ladi:  foto 

va  video  tasvirga  oladigan  apparaturalar;  turli  izlarni  mustahkamlash 

va  ko'chirib  olishga  ishlatiladigan  vosita-asboblar;  teri  kashtasidan 

qoladigan,  ko'zga  ko'rinmaydigan  izlarni  ko'rinarli  qilib,  ko'chirib 

olishga  qo'llanadigan  vositalar;  o'lchov  va  optik  (lupalar)  asboblar; 

yozish-chizmalar tayyorlash, qayd etish vositalari. 


 

57 


faoliyati  to‘xtatildi.  Uning  tashkilotchisi  fuqaro  L.  O‘z  uyida 

pornografik 

mazmundagi 

axborotlarni 

shaxsiy 

kompyuteridan 

foydalangan  holda  internet  orqali  tarqatayotgan  vaqtda  qo‘lga  olindi. 

Biroq,  qo‘lga  olinishidan  biroz  avval  u  o‘z  shaxsiy  kompyuteridagi 

ma’lumotlarni formatlash yo‘li bilan o‘chirib yuborgan. 

1.

 

Yuqoridagi    holatda    kriminalistik    texnik  vositalardan 

foydalanib, formatlangan kompyuterdan axborot  olish  mumkinmi? 

2.

 

Yuqoridagi  ikki  holat  yuzasidan  tergovni  rejalashtirish  va 

tergov versiyasini tuzish qanday tarzda amalga oshiriladi? 

3.

 

Formatlangan  kompyuterdan  axborotlarni  olish  imkoniyati 

mavjud  bo‘lsa,  tergovchi  mazkur  holatda  qaysi  tergov  harakatlarini 

o‘tkazishi lozim? 


 

58 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling