5-§. Jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari va ularning ahamiyati


Download 17.7 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1241427
1   2   3   4
Bog'liq
asad jinoyat

NOTA BENE !
Jinoyat sodir qilish vositasi – jinoyat sodir etishni yengillashtirish uchun ishlatiladigan vosita-predmet.
Masalan, yerda, suvda va havoda harakatlana oladigan mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalari hayvonot olami vakillarini ov qilish imkoniyatini yengillashtirgani bois, qonun chiqaruvchi buni ham nazarda tutgan holda buning uchun ham jinoiy javobgarlikni nazarda tutgan (JK 202-moddasi 3-qismi «v» bandi), bu holatda mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalari jinoyat sodir qilish vositasi sifatida ishlatilgan.
Jinoyat sodir etish qurollaridan farqli o‘laroq jinoyat sodir etish vositalari o‘z mazmuniga ko‘ra jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazishga ixtisoslashmagan. Lekin ular yordamida jinoyat sodir etishni yengillashtirish mumkin.

172
NOTA BENE !


Jinoyat sodir qilish holati – bu bir qator obyektiv shart-sharoitlar (vaqt, joy va boshq.) yoki ularning birligi bo‘lib, ularning borligi sharoitida ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilinadi.
Jinoyat sodir etish holati qilmishni kvalifikatsiya qilishda ta’sir ko‘rsatishi hamda jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holat sifatida xizmat qilishi mumkin. Xususan, agar harbiy jinoyat jangovar sharoitda sodir qilinsa, jinoiy javobgarlik va jazo og‘irroq bo‘ladi. Masalan, jangovar sharoitda harbiy qurol-aslahalarni, harbiy texnikani yoki harbiy mulkni qasddan buzish yoki shikast yetkazish og‘irroq jinoiy javobgarlikka tortiladi (JK 295-moddasi 3-qismi). Yoki ommaviy tartibsizliklar jarayonida jinoyat sodir qilish (JK 97-moddasi 2-qismi «e» bandi). Shu bilan birga, masalan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashda zarur chora-tadbirlar chegarasidan chetga chiqib o‘ldirib qo‘yish jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiradi (JK 101-moddasi).
Jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilarini o‘rganishda asosan, jinoyat ijtimoiy xavfliligini har tomonlama va obyektiv hal qilish, jinoyatning shartlari hamda boshqa holatlarini o‘rganish, jinoiy javobgarlikka tortilishi lozimmi yoki ijtimoiy ta’sir choralarining o‘zi yetarli yo yetarli emasligi kabi masalalar hal qilinadi. Masalan, jinoyat sodir etishning aniq holati fa-qatgina sababiy bog‘lanishni aniqlashga ta’sir qilib qolmasdan, balki aybdorni javobgarlikka tortish va qilmishni kvalifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Jinoyat sodir etish vaqtini aniqlashning javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishda ham o‘rni bor. Jinoyat sodir etish vaqti jinoyat qonunini qo‘llashda ham o‘z ifodasini topadi. Jinoyat sodir qilish joyi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda ham ahamiyatga ega, ya’ni jinoyat sodir etilgan joy bo‘yicha jinoyat qonuni amalda qo‘llaniladi.
Козимов 2017 йил 20 февраль куни тахминан соат 15:40 дан 15:55 гача бўлган вақт оралиғида 2009 йил 9 май куни туғилган Жакбаровани ўн тўрт ёшга тўлмаганлигини била туриб, велосипедга ўтказиб, номусига тегиш мақсадида қўшни маҳалладаги уйнинг 9-қавати чордоқ қисмига олиб чиқиб, уни деворга тираб, эгнидаги кийимини ечмоқчи бўлганида, Жакбарова баланд овозда “менинг дадам милиция” деб айтганида, у қўрқиб кетиб Жакбаровани пастга олиб тушади ва воқеа жойидан яширинади.
Козимовнинг айтишича у 2017 йил 20 февраль куни ўзининг велосипедида кўча бўйлаб кетаётганда нотаниш икки нафар ёш қизларни кўрганлигини, қизлардан бири унга “велосипедда учиринг” деганлигини, кейин ўша қизни велосипедда учирганлигини, кейин у қизга каптар кўрсатаман деб кўп қаватли уйга олиб кирганлигини ва тўққизинчи қаватга лифтда бирга чиққанлигини, сўнг у қизга каптар кўрсатмоқчи бўлиб, қизни бел қисмидан кийимидан ушлаб кўтариб деразадан қарашганлигини, лекин каптарлар йўқлигини кўриб қайтиб тушишганлигини, қиз билан жинсий алоқа қилиш мақсади бўлмаганлигини айтган.
Комплекс амбулатор суд-психологик ва психиатрия экспертизасининг хулосасига кўра, вояга етмаган Жакбарова ўзининг ёшига нисбатан ақли расолиги ҳамда ташқи муҳитда унга нисбатан бўлаётган воқеаларни тўғри идрок эта олиши ва жиноят содир этилган пайтда айбланувчи Козимов нотўғри хатти-ҳаракатларни содир этаётганини тушунганлиги, шу сабабли унинг ҳаракатларига қарши юқоридаги сўзларни айтганлиги аниқланган.
Амбулатор суд-психиатрия экспертизасининг хулосасига кўра, Козимовда руҳий бузилишларнинг аломатлари аниқланмаганлиги, шунингдек у тергов ва суд жараёнларида иштирок этиб, тўғри кўрсатмаларни бериши мумкинлиги ва жиноят содир этилган вақтда ўзининг хатти-ҳаракатларига жавоб бера оладиган ҳолатда бўлганлиги аниқлaнган.

Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling