5 – Ma’ruza (6 soat) Ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: 1
-rasm. To’rt razryadli ketma-ket siljitish registrning funksional sxemasi
Download 345.02 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
5.2-rasm. To’rt razryadli ketma-ket siljitish registrning
funksional sxemasi. JK-triggerlar asosidagi to'rt razryadli ketma-ketli siljitish registrining funksional sxemasi 6.13-rasmda keltirilgan. Registr tarkibiga kiruvchi razryadli triggerlar o'zaro ulanganligi sababli, bunday registr yuqorida aytib o'tilgan mikroamallardan tashqari saqlanayotgan ma'lumotni o'ngga siljitish amalini ham bajaradi. Bu turdagi triggerda ikkilik son razryadlari (masalan, 0101) kichik razryaddan boshlab vaqt bo'yicha ketma-ket yoziladi va o'qiladi. Kirishga 1 berilganda Q 3 chiqishda takt impulsi tugagach 1 hosil bo'ladi. Bir vaqtning o'zida keyingi takt impulsi bilan birga kirishga ikkinchi razryad soni - 0 beriladi. Takt impulsi tugagach Q 3 chiqishda 1 hosil bo'ladi. Shunday qilib, ikkinchi razryad qiymatini yozish bilan birga birinchi (chapdagi) triggerda yozilgan birinchi razryad soni keyingi triggerga uzatiladi (siljiydi). Uchinchi takt impulsidan so'ng ma'lumot o'ngga uzatiladi, to'rtinchi 0 takt impulsidan so'ng 1, 0 va 1 sonlari mos ravishda chapdan birinchi, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi triggerlarga yozilgan bo'ladi va Q g —Q 3 chiqishlardan ularni o'qib olish mumkin. Registrda ma'lumotni saqlab turish uchun takt impulslari berish to'xtatiladi. Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog'onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qo'llaniladi. Bu esa sinxrosignal berilishi bilan ma'lumotni faqat bitta razryadga siljitishni kafolatlaydi. Ko'p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda ma'lumotni changa surish talab etiladi. Ma'lumotlarni ikkala yo'nalishda siljitish imkoniga ega bo'lgan ketma-ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi. Siljitish registri parallel kodni ketma-ketli kodga o'zgartirishda ham qo'llanilishi mumkin. Bu holda triggerlar parallel kodga mos keluvchi dastlabki holatga o'rnatiladi. Registrdan son ketma-ketli chiqishda ketma-ket kod ko'rinishida olinadi. Teskari o'zgartirishni amalga oshirish uchun registr kirishiga ketma-ket kod kiritib, triggerning parallel chiqishidan parallel kod olinadi. 5.3-rasm. K555IR11registr sokolevkasi. Sanoat barcha turdagi registrlarni ishlab chiqaradi. Bular jumlasiga universal registrlar ham kiradi, masalan K555IR11 mikrosxemasi. U 70 taga yaqin MEga ega. Bu mikrosxema universal to'rt razryadli siljitish registri bo'lib, uning yordamida raqamli sonni aniq sinxronlikda chapga va o'ngga siljitish mumkin. K555IR11 sokolevkasi 5.3- rasmda keltirilgan. Registr bir qator amallarni bajarishi mumkin, chunki u bir necha SO, SI, DSR, DSL rejim tanlash kirishlariga ega. Agar SOva SI tanlov kirishlariga «0» ga mos kuchlanish berilgan bo'lsa, ma'lumotlar D0- D3 parallel kirishlardan registrga uzatiladi va shuning uchun ma'lumotlar Q0—Q3 chiqishlarda keyingi takt impulsi berilgandagina paydo bo'ladi. SI kirishga «0», SO kirishga «1» berilsa, DSR ketma-ketli ma'lumotlar kirishiga berilayotgan kod, registr yordamida o'ngga siljiydi (QO dan Q3 ga). Siva Sfl kirishlarining teskari munosabatida esa kod ketma- ketli DSL kirish orqali qabul qilinadi va takt impulsining har fronti bilan chapga, ya'ni Q3 dan QO ga siljiydi. Nazorat savollari: 1. Registrga ta’rif bering. 2. Registrda bajariladigan asosiy amallarni sanab o’ting. 3. Ketma-ket kodni parallel kodga va parallel kodni ketma-ket kodga o’zgartirish qanday amalga oshiriladi? 4. Siljituvchi registrlarda qanday triggerlar ishlatiladi va nima uchun? 6. Registrlar qanday qurilmalarda ishlatiladi? Download 345.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling