5 – Ma’ruza (6 soat) Ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: 1
Download 345.02 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Ma\'ruza
5 – Ma’ruza (6 soat) Ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: 1. Registrlar va ularning turlari hamda ko‘rsatgichlari sanoq qurilmalar turlari va ko‘rsatgichlari 2. takt impluslari, generatorlari. Tayanch iboralar: registr, parallel registr, ketma-ket (siljituvchi) registr, ketma-ket – parallel registr, bir fazali registr, parafaz registr, reversiv siljituvchi registr. Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo'lib, ko'p razryadli ikkilik sonlar ko'rinishidagi ma'lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan tiborat. Trigger esa xotira elementi bo'lib, ularga qo'shimcha ulanayotgan elementlarning vazifasidan kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda bir triggerdagi ma'lumot keyingisiga uzatilsa, u holda registr siljitish funksiyasini bajaradi, demak bunday registr siljitish registri deb ataladi. Chapga va o'ngga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari ma'lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko'rinishidagi ma'lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko'ra siljitish registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi ma'lumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin. Parallel yoki ketma-ket ravishda ma'lumot kiritish mumkin bo'lgan siljitish registrlari mavjud. Demak, xuddi shunday parallel yoki ketma-ket ravishda ma'lumotni chiqarish ham mumkin. Yuqorida aytib o'tilganidek, universal registrlar ham mavjud bo'lib, ular ma'lumotlarni chapga va o'ngga siljitadi. To'g'ri va teskari kod tartibida ma'lumot chiqaruvchi registrlar ham mavjud. To'g'ri kodda ma'lumot chiqaruvchi registrlar turli vaqt masshtabida ishlaydigan yozuv qurilmalarini muvofiqlashtirishda qo'llaniladi. Masalan, diskka ma'lumot yozish qurilmasi bilan printerni muvofiqlashtirish uchun qo’llash mumkin. Bu vaqtda registrga ma'lumotni ancha katta tezlikda kiritish, printerdan esa ma'lumotni ancha past tezlikda olish mumkin. Teskari kodda ma'lumot chiqaruvchi registr mikroprotsessor XQlarida ishlatilishi mumkin. Mustaqil tanlovga ega bo'lgan triggerlar asosidagi registrlar alohida guruhni tashkil etadi. Bunday registrda har bir trigger turli manbalardan ma'lumot olib, mustaqil ravishda o'z vazifasini bajarishi mumkin. Download 345.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling