5 – Ma’ruza (6 soat) Ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: 1
Download 345.02 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parallel registr
5.1-rasm. Parallel registr sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b) Masalan, registrning bir.necha bitlarida mos ravishda ma'lumotlar saqlanishi mumkin, boshqa bitlari esa boshqarish maqsadlarida qo'llanilishi mumkin. Parallel registr ma'lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga mo'ljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma'lumotlarni yozish, saqlash va uzatish. Bu amallarni bajarishdan avval registr dastlabki holatga (0) o'rnatiladi. Ma'lumot parallel ravishda qayta ishlangani tufayli, registrni tashkil etuvchi triggerlar ham razryadlar sonidan kelib chiqqan holda o'zaro bog'lanmagan. Parallel registrlar asinxron yoki sinxron islilash prinsipida ixtiyoriy triggerlardan tuzilishi mumkin. Sodda ikki razryadli parallel registrning funksional sxemasi 5.1- rasmda keltirilgan. Registrlarni boshqa registrlar yoki raqamli tizim qurilmalari bilan bog'lovchi elektr zanjirlar shinalar deb ataladi. Registrning dastlabki holatida «kirish» shinasida «0» signalga egamiz. Bu vaqtda RS-trigger kirishlarida HAM-EMAS MEning x 1 va x 2 kirishlaridagi (nol va birlar) signallar kombinatsiyasidan qat'iy nazar «1» o'rnatiladi. Masalan, ikkilik son registriga yoziladigan kod 01, ya'ni x 2 «0», x 1 , esa «1» bo'lsin. U holda «kirish» shinasiga «1» kelsa, ME qayta ulanadi va Tl trigger chiqishida «0» o'rnatiladi. So'ngra Tl trigger Q{= holatiga qayta ulanadi. T2 trigger chiqishida «1» o'rnatiladi va demak T2 trigger Q 2 = 0 bo'ladi. Shunday qilib, triggerlarga registr kirishlariga uzatilayotgan qo'shimcha ma'lumot ham yoziladi. Saqlash rejimida ishlayotgan registr chiqishlarida «1» mavjud. «Chiqish» shinasiga «1» berilsa, ME3 qayta ulanadi va y, chiqishda «1», y 2 chiqishda esa «0» hosil bo'ladi. Demak, yozilgan ma'lumot o'qiladi. Ketma-ketli registr kirishdagi ma'lumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va uzatish uchun mo'ljallangan. Ma'lumot yozishdan avval registrga dastlabki holat (0)ga o'rnatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling