Mavzu: ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: Registrlar va ularning turlari Registrlarning asosiy vazifalari
Download 87.71 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Registrlar va ularning turlari
MAVZU: KETMA-KETLIKDAGI RAQAMLI QURILMALAR. Reja: 1. Registrlar va ularning turlari 2. Registrlarning asosiy vazifalari 3. Dasturlanuvchi mantiqiy qurilmalar 4. Hisoblagich qurilmalari Tayanch iboralar: Registr, o‘rnatish, uzatish, qayta ishlash. taqsimot, qo‘shish, siljitish registri, reversiv siljituvchi registr, parallel registr, ketma-ket registr, hisoblagichlar. 1. Registrlar va ularning turlari Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan tiborat. Trigger esa, xotira elementi bo‘lib, ularga qo‘shimcha ulanayotgan elementlarning vazifasidan kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda bir triggerdagi ma’lumot keyingisiga uzatilsa, u holda, registr siljitish funksiyasini bajaradi, demak, bunday registr siljitish registri deb ataladi. Chapga va o‘ngga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari ma’lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko‘rinishidagi ma’lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko‘ra siljitish registrlari kirishlariga berilsa, u holda, registrni bir nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Huddi shunday usulda registrdagi ma’lumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin. Parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumot kiritish mumkin bo‘lgan siljitish registrlari mavjud. Demak, huddi shunday parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumotni chiqarish ham mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, universal registrlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lumotlarni chapga va o‘nga siljitadilar. To‘g‘ri va teskari kod tartibida ma’lumot chiqaruvchi registrlar ham mavjud. To‘g‘ri kodda ma’lumot chiqaruvchi registrlar turli vaqt masshtabida ishlaydigan yozuv qurilmalarni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladi. Masalan, diskka ma’lumot yozish qurilmasi bilan printerni muvofiqlashtirish uchun qo‘llash mumkin. Bu vaqtda registrga ma’lumotni ancha katta tezlikda kiritish, printyerdan esa ma’lumotni ancha past tezlikda olish mumkin. Teskari kodda ma’lumot chiqaruvchi registr - mikroprocessor XQlarida ishlatilishi mumkin. Mustaqil tanlovga ega bo‘lgan triggerlar asosidagi registrlar alohida guruhni tashkil etadi. Bunday registrda har bir trigger turli manbalardan ma’lumot olib, mustaqil ravishda o‘z vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, registrning bir necha bitlarida mos ravishda ma’lumotlar saqlanishi mumkin, boshqa bitlari esa boshqaruv maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin. Parallel registr Parallel registr ma’lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga mo‘ljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma’lumotlarni yozish, saqlash va uzatish. Bu amallarni bajarishdan avval registr dastlabki holatga (0) o‘rnatiladi. Ma’lumot parallel ravishda qayta ishlangani tufayli, registrni tashkil etuvchi triggerlar ham razryadlar sonidan kelib chiqqan holda o‘zaro bog‘lanmagan. Parallel registrlar asinxron yoki sinxron ishlash prinsipida ixtiyoriy triggerlardan tuzilish mumkin. Sodda ikki razryadli parallel registr funksional sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Registrlarni boshqa registrlar yoki raqamli tizim qurilmalari bilan boqlovchi elektr zanjirlar shinalar deb ataladi. Registrning dastlabki holatida «kirish» shinasida «0» signalga egamiz. Bu vaqtda RS-trigger kirishlarida HAM-EMAS MEning x 1 va x 2 kirishlaridagi (nol va birlar) signallar kombinatsiyasidan qat’iy nazar «1» o‘rnatiladi. Masalan, ikkilik son registriga yoziladigan kod 01, ya’ni x 2 «0», x 1 esa «1» bo‘lsin. U holda, «kirish» shinasiga «1» kelsa ME qayta ulanadi va T1 trigger chiqishida «0» o‘rnatiladi. So‘ngra T1 trigger Q 1 =1 holatiga qayta ulanadi. T2 trigger chiqishida «1» o‘rnatiladi va demak T2 trigger Q =0 bo‘ladi. Shunday qilib, triggerlarga registr kirishlariga uzatilayotgan qo‘shimcha ma’lumot ham yoziladi. Saqlash rejimida ishlayotgan registr chiqishlarida «1» mavjud. «Chiqish» shinasiga «1» berilsa, ME3 qayta ulanadi va y 1 chiqishda «1», y 2 chiqishda esa «0» hosil bo‘ladi. Demak, yozilgan ma’lumot o‘qiladi. Download 87.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling