Mavzu: ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: Registrlar va ularning turlari Registrlarning asosiy vazifalari


Download 87.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi87.71 Kb.
#1537321
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu (1)

4. Hisoblagich turlari 
Ketma-ketli hisoblagichlar. Soddalik uchun statik boshqaruvli uchta 
triggyerdan tashkil topgan jamlovchi hisoblagich ishini ko‘rib chiqamiz. Bunday 
hisoblagichning o‘tishlar jadvali 1-jadvalda, uning funksional sxemasi esa 3-
rasmda keltirilgan. Odatda,, triggerlar, demak hisoblagichlar ham, qo‘shimcha 
hisoblagich chiqishlarida oldindan belgilangan sonni o‘rnatuvchi S-o‘rnatish 
kirishiga yoki hisoblagichni dastlabki holatiga qaytaruvchi signal beruvchi R-
olib tashlash kirishlariga ega. 
1-jadval 
Jamlovchi hisoblagichning holatlar jadvali 
 
Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q
3
 
=Q
2
= Q
1
=0) bo‘lgan dastlabki holatga keltiriladi. Buning uchun hisoblagich 
sxemasida R kirishlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular «0» ni o‘rnatish umumiy shinasiga 
ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beri- ladi. Ma’lumotlarni ketma-ket 
uzatuvchi hisoblagichlarda sanoq impuls- lari triggerning birinchi razryad 
kirishiga beriladi. Bu C-kirish. Keyingi keluvchi har bir razryad uchun qayta 
ulanish signallari avvalgi razryad- ning invers chiqishidan uzatiladi, ya’ni 


hisoblagich razryadlari ketma- ket qayta ulanadi. Triggerning invers chiqishlari 
ishlatilmaydi, S-o‘rnatish kirishlarida esa mantiqiy 0 potensiali mavjud bo‘ladi. 
3-rasm. Ketma-ket uzatiluvchi ikki pogʻonali T-triggerli 
uch razryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi. 
2-jadval 
Ayiruvchi hisoblagichning holatlar jadvali 
Bu yerda m - sanoq boshidan berilayotgan kirish impulsi raqami. 
Hisoblagich ishini 1-jadvalga asosan tahlil qilamiz. Ko‘p razryadli ikkilik 
sonning kichik razryadiga mos keluvchi Q

o‘z holatini har sanoq impulsi kelishi 
bilan o‘zgartiradi; Q
2
- har ikkinchi impuls kelishi bilan, Q
3
- esa har to‘rtinchi 
impuls kelishi bilan. Uch razryadli hisob- lagich impulslarining maksimal soni 7 
ga teng. Sakkizinchi impuls kel- ganda hisoblagich 0 ga o‘tadi va hisobni 
yangidan boshlaydi. Agar hisoblagich chiqishilarida Q
3
=1, Q
2
=0, Q
1
=l 
kombinatsiya yoki 101 ikkilik uchrazryadli son mavjud bo‘lsa, bu hisoblagichga 
beshinchi impuls kelganini anglatadi. 


Statik boshqaruvli triggerlarda C chiqishning To aktiv mantiqiy darajasi 
bo‘lib mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning uchun bu signal berilishi 
davomida trigger S kirishdagi halaqitlarni (shovqinlarni) bemalol qabul qilishi 
mumkin. Yolg‘on ishga tushib ketishni bartaraf etish uchun C kirishda signal 
mavjud bo’gan vaqt mobaynida S-ma’lumot kirishida signal mantiqiy 0 ga teng 
miqdorda o‘zgarishsiz qolishi kerak. Amalda bu talab raqamli qurilmaning 
murakkablashib ketishiga olib keladi. 
Dinamik boshqaruvli triggerlar yuqorida aytib o‘tilgan kamchi- likdan 
holi. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uchrazryadli 
jamlovchi hisoblagich sxemasi 4-rasmda keltirilgan. 
4-rasm. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan
uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi. 
Ketma-ket keluvchi har razryad holatining o‘zgarishi avvalgi razryadni 1 
dan 0 ga o‘zgarishi bilan amalga oshiriladi, ya’ni boshqaruv impulsining kesimi 
bilan. Bu esa trigger qisqa vaqt mobaynida qayta ulanishi mumkinligini 
anglatadi. 

Download 87.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling