Mavzu: ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: Registrlar va ularning turlari Registrlarning asosiy vazifalari
Registrlarning asosiy vazifalari
Download 87.71 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’rifi
2. Registrlarning asosiy vazifalari
Registrlar - axborotlarni saqlash va ular ustida ayrim amallarni bajarish uchun xizmat qiladigan EHMlarning uzeli yoki operatsion elementidir. Registrlar odatda triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni registrning razryadiga bog‘liqdir. Registrlar quyidagi amallarni bajaradi: 1. Registrni nol yoki bir ( 0 yoki 1) holatga o‘rnatish. 2. Boshqa qurilmadin kodni qabul qilish. 3. Boshqa qurilmaga kodni uzatish. 4. Kerakli razryad sonigacha kodni chapga yoki o‘ngga siljitish. 5. Ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish va aksincha. 6. To‘g‘ri kodni teskari yoki qo‘shimcha kodga o‘zgartirish va aksincha. 7. Mantiqiy amallarni bajarish. Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket - parallel va parallel- ketma-ket turlarga bo‘linadi. Ta’rifi: Registr ketma-ket turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan iborat. Trigger o‘zini ikkiga bo‘luvchi kabi tutadi, chunki har takt impul- sining sinxronizatsiya siklida ma’lumot faqat bir marta o‘zgaradi. Natijada, trigger chiqishidagi signal o‘zgarish chastotasi takt impulslari chastotasidan ikki marta kichik. Bir necha triggerli - chastotani ikkiga bo‘lish sxemalarini ketma-ket ulab, ikkilik ma’umotlarni nafaqat saqlash, balki chastotani bo‘lish va uning kirishiga kelayotgan impuls- larni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma hisoblagich deb, agar chastota bo‘lishlarini hisoblasa - chastota bo’luvchi deb ataladi. Hisob natijalari hisoblagich chiqishida ikkilik son ko‘rinishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin. Hisoblagichlar va chastota bo‘luvchilari EHM va boshqa raqamli avtomat qurilmalari, hamda aloqa va nazorat-o‘lchov apparaturasida hi- sob-kitob amallarini boshharishda keng qo‘llaniladi. Hisoblagichning asosiy statik parametri bo‘lib - K sanoq moduli hisoblanadi. U hisobning bo‘lish koeffitsiyenti va hisoblagich tomonidan o‘qilishi mumkin bo‘lgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. K ta impuls kelgach, hisoblagich dastlabki holatiga qaytadi. K=2 n ga teng bo‘lib, n- hisoblagichning ikkilik razryadlari sonini bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga ko‘ra hisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2ning to‘liq darajasiga teng bo‘lgan) va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2ning to‘liq darajasiga teng bo‘lmagan ixtiyoriy sonni qabul qilishi mumkin) turlarga bo‘linadi. Hisoblagichning asosiy dinamik parametri bo‘lib - t Download 87.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling