5- ma’ruza mavzu: Xisoblash tizimlarining arxitekturasi. Axborot-xisoblash tizimlarining turlari va vazifalari. Reja


Download 173.5 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi173.5 Kb.
#1064755
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma\'ruza (3)

Xisoblash tizim – bu bir yoki bir necha kompyuterlarni yoki protsessorlarni, dasturiy ta’minotni, tashqi qurilmalarni axborot-xisoblash jarayonini birgalikda bajarish uchun tо‘plami.
Xisoblash tizimida kompyuter bitta bо‘lishi mumkun, lekin kо‘p vazifali tashqi qurilma bilan birgalikda ulangan bо‘lishi mumkun. Tashqi qurilmaning narxi kо‘pincha kompyuter narxidan kо‘p marotaba ortiq bо‘ladi. Kо‘p tarqalgan bir kompyuterli XT ga misol tariqasida axborotga teleishlov berish tizimini keltirish mumkun. Lekin xisoblash tizimining ananaviy varianti kо‘p kompyuterli va kо‘p protsessorli variantlardir.
Birinchi xisoblash tizimlari tezlikni va ishlash ishonchliligini oshirish maqsadida xisoblash operatsiyalarni parallel bajarish yо‘lini qо‘llash orqali yaratilgan. Kompyuterning keyingi tezligini oshirishdagi “tо‘siq” bu elektromagnit tо‘lqinlarining tarqalishini oxirgi tezligi, yorug‘lik tezligi – 300 000 km/s. XT elementlari orasida signallarning tarqalish vaqti elektron sxemalarning о‘tish vaqtidan ancha oshishi mumkun. Shuning uchun operatsiyalarni qatiy ketma-ketlikda bajarilishi fon Neyman tarkibli kompyuterga xarakterlidir, bu tarkib esa XT tezligini jiddiy oshirishga imkon bermaydi.
Operatsiyalarni bajarilishini parallelligi tizim tezligini jiddiy oshiradi; u shuningdek agarda operatsiyalar ikki martta bajarilsa va ularning natijalari solishtirilsa ishonchlilikni (tizimdagi bitta kompyuter buzulsa uning vazifasini boshqa kompyuter oladi) va tizim vazifasini tо‘g‘ri bajarishini jiddiy oshirishi mumkun.
Zamonaviy XT uchun, superkompyuterlardan tashqari, ularning zarurlik kо‘rsagichlarini asoslashning о‘zi xam boshqacha – foydalanuvchiga axborot xizmatlarini kо‘rsatishning о‘zi va bu xizmatning sifati xamda servisi muxum. Superkompyuterlar uchun, kо‘p protsessorli XT bо‘lgan, muxum kо‘rsatgich ularning unumdorligi va ishonchliligidir.
Xisoblash tizimlari kompyuterlar asosida tuzilishi mumkun – kо‘n mashinali XT, yoki aloxida protsessorlar asosida tuzilishi mumkun – kо‘p protsessorli XT.
Xisoblash tizimlari bо‘lishi mumkun:

  • bir turdagi;

  • bir turda bо‘lmagan.

Bir turdagi XT bir turdagi kompyuterlar asosida yoki protsessorlarda tashkil etiladi, unda dasturiy vositalarni standart tо‘plamlarini, qurilmalarni ulash uchun ananaviy protokollarni ishlatish mumkun bо‘ladi. Ularni tashkillashtirish ancha oson, tizimga xizmat kо‘rsatish va ularni rivojlantirish yengillashadi.
Bir turda bо‘lmagan XT о‘z tarkibiga turli xildagi kompyuterlarni yoki protsessorlarni oladi. Tizimni qurishda ularning turli texnik va funksional kо‘rsatgichlarini xisobga olishga tо‘g‘ri keladi, bu esa bunday tizimlarni yaratishni va ularga xizmat kо‘rsatishni jiddiy qiyinlashtiradi.
Xisoblash tizimlari ishlashi mumkun:

  • operativ ish tartibida (online);

  • operativ bо‘lmagan ish tartibida (offline).

Operativ tizimlar real vaqt о‘lchamida ishlaydilar, ularda axborotlar almashuvini operativ ish tartibi joriy etiladi – sо‘rovlarga javoblarni juda tez olinadi. Operativ bо‘lmagan XT “javobni keyinga qoldirish” ish taribiga yо‘l qо‘yiladi, sо‘rovlarga javoblarni bajarilishi ba’zi ushlanish bilan amalga oshirilishi mumkun (ba’zida tizim ishlashining keyingi seansida).
Xisoblash tizimlarini yana markazlashtirilgan va tarqatilgan boshqarishli guruxga ajratiladi. Birinchi xolda boshqarishni ajratilgan kompyuter yoki protsessor bajaradi, ikkinchi xolda esa kopmyuterlar teng xuquqli va ularning xar biri о‘zi boshqarishni olishi mumkun.
Undan tashqari XT bо‘lishi mumkun:

  • xudud bо‘yicha jamlangan (barcha kompyuterlar bevosita bir-biriga yaqin joylashtirilgan);

  • taqsimlangan (kompyuterlar bir-biriga nisbattan katta masofada joylashgan, masalan, xisoblash tarmog‘i);

  • tarkibiy jixatidan bir bosqichli (axborotlarga ishlov berishning faqat bitta umumiy bosqichi mavjut);

  • kо‘p bosqichli (iyerarxik, shajara) tarkib. Shajarasimon XT kompyuterlar yoki protsessorlar axborotlarga ishlov berishning turli bosqichlariga taqsimlangan, ba’zi kompyuterlar (protsessorlar) ba’zi vazifalarni bajarishga maxsuslashtililishi mumkun.

Va nixoyat XT aytib о‘tilganidek bо‘linishi mumkun:

  • bir mashinalik;

  • kо‘p mashinalik;

  • kо‘p protsessorlik.

Nazorat uchun savollar
1. Axborotlarni о‘zgartirish amalini mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga qarab MIT qanday guruxlarga bо‘linadi?
2. Samarali AIT qurishning qanday muxum tamoillari mavjut?
3. AXT kо‘rsatgichlari bо‘yicha qanday turlarga ajratish mumkun?
4. Boshqarishning tarifini keltiring.
5. Boshqarish jarayonining umumlashtirilgan tarkibiy sxemasini tushintiring.
6. Korxonani boshqaruvchi axborot xisoblash tizimining (AXT) asosiy tizimostilarining tarkibini sanab bering.
7. Xisoblash tizim tarifini bering?
8. Xisoblash tizim qanday guruxlarga bо‘linadi?
Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling