5- mavzu: "Ethernet" texnologiyasi. Reja Ethernet texnologiyasi Ethernet transport tarmoqlari Ethernet
yillarnig oʼrtalariga kelib lokal kompьyuter tarmoqlarining soni ham koʼpaya bordi. Ularni oʼzaro birlashtirish uchun esa, marshrutizatorlardan foydalana boshlandi
Download 71.42 Kb.
|
5- Mavzu. Ethernet texnologiyasi. 020202
1970 yillarnig oʼrtalariga kelib lokal kompьyuter tarmoqlarining soni ham koʼpaya bordi. Ularni oʼzaro birlashtirish uchun esa, marshrutizatorlardan foydalana boshlandi.Ethernet transport tarmoqlariYuqori tezlikli Ethernet (Gigabit va 10 Gigabit) texnologiyalari, shahar miqyosidagi NGN transport tarmog`ining muqobil variantlari sanalib, bu quyidagi omillar bilan asoslanadi: - yangi turdagi ilovalarning paydo bo`lishi bilan o`tkazuvchanlik polosasiga bo`lgan talablarning oshishi; - ofis va turar joy binolaridagi abonentlarning yuqori konsentratsiyasi; - korporativ mijozlar bozorining yuqori darajada to`yinganligi va bu bozordagi xizmatlarning daromadliligini pasayishi natijasida uy abonentlari bozoriga qiziqishning oshishi; - dastlabki kapital mablag`larning (SAREX) va ekspluatatsiya xarajatlarining (OREX) narxini past ekanligi; - Ethernet bilan ishlash tajribasiga ega bo`lgan mutaxassislarning soni ko`pligi. Ethernet echimlari quyidagilarni ta‘minlaydi: - ilovalar mezoni uchun zarur bo`lgan xizmat ko`rsatish satxi to`g`risidagi kelishuvlarni qo`llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning multiservisligi va yuqori ishonchliligi; - tarmoqni kengaytirish narxining pastligi; - Gbit/s uchun narxning juda pastligi; - bir mijoz (servislarni multipleksorlash) portida xizmatlar paketini taqdim etish imkoniyatlariga ega bo`lgan standart interfeys; - mijozlar juda zich joylashgan hududlarda tezkorlik bilan joriy qilishga mo`ljallangan, modullilik va yuqori zichlashgan agregatsiya; - portlar miqdori bo`yicha a‘lo masshtablanuvchanlik, tugunlarning va kanallarning tezligini (80 Gbit/s gacha) unumdorligi; - signalizatsiya va boshqarish mexanizmlari barcha tarmoqlar uchun yagona texnologiya; - tarmoqni boshqarishni maksimal avtomatlashtirish va xizmatlarni faollashtirish, mijozlarning o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish vositalarini qo`llab-quvvatlash. Shahar tarmog`i sig`imiga bo`lgan talablarning oshishi va Ethernet tarmog`ining mavjud operatorlarini muvaffaqiyati shuni ko`rsatadiki, yuqori tezlikli Ethernet texnologiyalari bazasi asosidagi NGNning shahar tarmoqlarida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim qilishning mazkur modeli, raqobatbardosh va aloqa operatorlari uchun foydalidir. Ethernetli namunaviy shahar tarmog`i, uch satxli ierarxik sxema bo`yicha tuziladi va yadroni, agregatsiya satxini, kirish satxini o`z ichiga oladi (3.25- rasm). 3.25- rasm. Ethernet shahar tarmoqlarining namunaviy sxemasi Tarmoq yadrosi yuqori samaradorli marshrutizatorlar asosida quriladi va trafikni yuqori tezlikda uzatishni ta‘minlaydi. Agregatsiya satxi kam samaradorlikga ega bo`lgan marshrutizatorlar asosida quriladi va kirish satxini ulash agregatsiyasini, servislarni amalga oshirishni va statistikani to`plashni ta‘minlaydi. Yadroda va agregatsiya satxida marshrutizatorlarning komponentlarini zaxiralash, topologik zaxiralashni ta‘minlaydi. Bu esa kanallar va tugunlarni yakka to`xtab qolishlarida xizmatlarni taqdim etishni davom ettirish imkonini beradi. Zaxiralash mexanizmlarini va himoyalangan kommutatsiyani qo`llab-quvvatlash, SDH tarmoqlari bilan solishtirganda qayta tiklanish vaqtini ta‘minlaydi va to`xtab qolishda trafik yo`qolishini minimallashtirish imkonini beradi. Kirish satxi odatda korporativ mijozlarni va ofis binolarini, shuningdek uy va SOHO (Small Office, Home Office) mijozlarini ulash uchun kommutatorli halqa yoki yulduzsimon sxema bo`yicha quriladi. Yulduzsimon topologiyada va oraliq agregatsiya uchun ham kommutatorlardan foydalanish mumkin. Kirish satxida, mijozlarni identifikatsiyalash va izolyasyalashni, shuningdek operator infratuzilmasini himoyalashni ta‘minlaydigan, xavfsizlikning to`liq holdagi kompleks tadbirlari amalga oshiriladi. Tarmoqda, QoS xizmat ko`rsatish sifatini ta‘minlashning mufassal mexanizmlari joriy etiladi va trafikni shaffof tunnellashtirish qo`llab- quvvatlanadi. Tarmoqning barcha satxlarida keng yoritiladigan xabarlar (multicast)ni samarali uzatishni qo`llab-quvvatlash, ―IP ustidan televideniya‖ kabi xizmatlarni amalga oshirishda muhim hisoblanadi. Tarmoq arxitekturasi asosida yotuvchi ETTx texnologiyasi, bugungi kunda keng tarqalgan xizmatlarni taqdim qilish va ularni paydo bo`lish choralari bo`yicha yangi servislarni tez tarqatish imkonini beradi. Shunday qilib, xonadon abonentlari bozorida ETTx, nafaqat Triple Play konsepsiyasini amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiya, balki Internet tarmoqlariga ulanish, IP-telefoniya va interaktiv televideniyaga bir paketda kirishni birlashtiruvchi yagona texnologiya sanaladi, shuningdek NGN tarmoqlarining istiqbolli xizmatlarini joriy qilish uchun o`sishning etarli zaxirasiga ham ega. Download 71.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling