5 -mavzu: islom dini


Download 37.51 Kb.
bet8/14
Sana02.01.2022
Hajmi37.51 Kb.
#197981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Din tarix 5

Hanbaliy mazhabi,  Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs — Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bag'dodda tug'ilib, shu yyerda 855 yili vafot etgan. Hadis to'plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko'p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan.

Bu mazhabning o'zgalarga nisbatan ko'proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur'on oyatlari martabasigacha ko'tarishgan. Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to'g'ridan-to'g'ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya - 1350 y.) fiqh asoslari beshta: 1. Qur'on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur'on va sunnatga muvofiq bo'lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo'lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo'yicha hukm chiqarish.

Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur'on va sunnatga tayangan boshlang'ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da'vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa'id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta'sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o'z izdoshlariga ega.


Download 37.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling