5 -mavzu: islom dini


Download 37.51 Kb.
bet11/14
Sana02.01.2022
Hajmi37.51 Kb.
#197981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Din tarix 5

Rofiziy mazhabi, Rofiziylar (ko'pligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub laqab bo'lib, "inkor etuvchilar", "tan olmovchilar" ma'nolariga ega. Bular Muhammad (s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg'ambar o'zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da'vo qiladilar. Ali avlodlaridan bo'lmish, hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) davrida rofiziylarning uning nomi bilan bog'liq zaydiya shia harakati paydo bo'ldi. Zayd 739 yili Kufada Umaviylarga qarshi qo'zg'olon ko'tardi, shialar uning atrofiga yig'ilib, uni imom deb e'lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo'zg'oloni bostirilib, Zayd 740 yili 6 yanvar kuni jangda halok bo'ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqqa, xalifa Hishomga (724-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo'lgandan keyin rofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviy va Abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylarnigana tan oldilar.

Zaydiy mazhabi,  Zaydiy mazhabi VIII asr o'rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo'lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan.

Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo'lgan shialar ichidan Zayd o'z tarafdorlarini to'plab, 739 yilda Umaviy hokimiyatiga qarshi isyon ko'targan, 740 yilda xalifa Hishom qo'shinlari bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa davlatlarda isyon ko'targanlar.

Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o'z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o'rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo'lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la'natlamasliklari, muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig'inishni hamda darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar.


Download 37.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling