Qaramatiy mazhabi, Qaramatiy (ko'pligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri bo'lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko'chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo'lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka'ba)ga ziyoratni, unga sig'anishni bid'at, budparastlik, deb hisoblaganlar. 899 yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso (Sharqiy Arabiston)da o'z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-Ash'asshshg o'g'li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo'lib, Baxraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to'lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |