5 -mavzu: islom dini


Download 37.51 Kb.
bet7/14
Sana02.01.2022
Hajmi37.51 Kb.
#197981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Din tarix 5

Shofe’iy mazhabi.  Bu mazhab jug'rofiy mintaqa mahsuli bo'lmasdan, ikki o'zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg'ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan bo'lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe'iy uning asoschisi bo'ldi. Shofe'iy 767 yili Falastin (G'azza)da tug'ilib, 820 yili Misrda vafot etdi. Shofe'iy "Al-Umm" nomli kitobni yozib [ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, kitobni uning shogirdi Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884 y.) yozgan], unda nafaqat shofe'iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o'zga mazhablar orasidagi ko'plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur yetti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas'ud orasidagi ixtilof, Shofe'iy va Molik qarashlari orasidagi farq Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi o'z aksini toptan.

Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo'lgani uchun u yyerda bu ta'limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517 yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsa-da, ko'p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o'z diniy urf-odatlarida shofe'iy an'analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar ham shunday qiladilar.




Download 37.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling