5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Download 71.15 Kb.
|
5 mavzu
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Mustaqil ishlar, mustaqil ishning maqsadi, mustaqil ishning vazifalari, mustaqil ishni tashkil etish prinsiplari, mustaqil ishning shakllari, kurs ishi, ilmiy doklad, referat, bitiruv malakaviy ishi Fanni mustaqil o‘rganishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv shakllaridan biri kurs ishidir. Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayonida talabalar iqtisodiy fanlarni yanada chuqurroq o‘rganishadi. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar mohiyatini tushunish murakkab nazariy muammolarni tahlil etish, uni amaliyotda tatbiq kilish haqida o‘ylashga, fikr yuritishga undaydi. Kurs ishining fanni mustaqil o‘rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar adabiyotlar bilan ishlashni, ma’lumotlar to‘plash, ularni jadval, diagrammalarda tasvirlash, xulosa chiqarish hamda o‘tilgan masala yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilishga o‘rganishadi. Ana shu jarayonda talabalar o‘zlari induktiv va deduktiv uslublarni qo‘llab, alohida hodisa va voqealar asosida umumiy xulosa chiqarishni o‘rganadilar. Kurs ishi talaba tomonidan tanlanadi. Uning hajmi 25-30betga (standart yozuv qog‘ozi bo‘yicha) mo‘ljallanadi. Bu mavzuni har tomonlama chuqur o‘rganib, o‘z qobiliyatini, fanni o‘zlashti-rishdagi harakatini, intilishini ifodalash imkonini beradi. Kurs ishiga kafedradan ilmiy rahbar tayinlanadi. U talaba-larga kurs ishini tayyorlashda zarur maslahatlarni beradi: -kurs ishi mavzusi faqat darslik doirasida emas, balki qo‘-shimcha adabiyotlar, shu mavzu bo‘yicha jurnal, gazetalardagi maqola-lardan foydalanib yoziladi; -kurs ishida ilmiy izlanish elementlari, nazariy qoidalar, tajribalar bilan yoritiladi; -ish bo‘yicha reja tuziladi, reja tarkibi: kirish, asosiy qism (yoritish kerak bo‘lgan masalalar), xulosadan iborat bo‘ladi. -kurs ishi rasmiy qabul qilingan shaklda bo‘lishi kerak, ya’ni biron bir muallifning fikri keltirilsa, jumlalar o‘zgar-tirilmay, qanday bo‘lsa shunday ko‘chiriladi va qo‘shtirnoq ichiga olinadi, izoh beriladi. U sahifaning eng tagiga nomerlangan holda berilib, manba ko‘rsatiladi. Unda havola qilingan mual-lif, asar yoki maqolaning, nashriyotning nomlari, nashr qilingan yili beriladi. -matn mustaqil yoziladi. Talaba kurs ishi yozishda o‘rganayotgan adabiyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmay, avval o‘qib chiqib, tushu-nib, boshqalari bilan taqqoslab, so‘ngra o‘zining fikrini bayon qilmog‘i lozim. Download 71.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling