5- semestr 1-Mavzu
Download 38.2 Kb. Pdf ko'rish
|
01 m.m
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar: 2.
5- SEMESTR 1-Mavzu. Sport mashg'ulotlarining maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchala . (2soat) REJA: 1. Sport mashg’uloti maqsadi va vazifalari 2 Sportchining tayyorlanish darajasi va sport mashg’uloti 3. Jismoniy mashqlarning tasniflanishi Asosiy maqsadi: Fanini o‘qitishdan maqsad talabalarda Sport mashg‘ulotining maqsadi va vazifalarini tushuntirish, ularning ongiga singdirish. Sportchilarning tayyorlanish darajalarini nazorat qilish. Sport mashg‘ulotlarini asosiy maqsad vazifalarini to’g’risidagi nazariy bilimlarga xamda amaliy xarakat ko’nikma va malakalarni shakllantirish modulning asosiy maqsadidir. 1. O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar: 2. - Mashg’ulot faoliyatining tuzilishi va qanday o’tishini kuzatadi. 3. -Sportchilarning tayyorlanish darajasini o’rganish 4. -Mashg’ulotlar o’tkazishni o’rganadilar Tayanch so’zlar: mashg’ulot, tayyorlanish, umumiy vazifa, maxsus tayyorgarlik,texnika,taktika,sport jixozlari. Mashg’ulot - ingilizcha «trenirovka» so’zidan olingan bo’lib, ushbu atama orqali sport mashqida eng yaxshi natijaga erishish maqsadida o’sha mashqlarni takrorlash ma’nosi ifoda etilgan. Asta-sekin sport mashg’ulotlarining ma’nosi kengayib boradi. 30-yillarga kelib, u sport texnikasi va taktikasiga o’rgatish va bu sohada takomillashib, jismoniy sifatlarni rivojlantirib borish, irodani tarbiyalash singari jarayonlardan iborat bo’lgan hamda oldindan rejalashtirib qo’yiladigan bir jarayon sifatida tushunila boshlangan. «Xususan, sport mashg’ulotida» ijtimoiy hamda pedagogik qadriyatini saqlab qolish vazifasidan kelib chiqqan xolda spartakiadaning ma’naviy va tematik qiymatlarini rivojlantirish malakalarini yuqori sport natijalariga erishish jarayonlari orqali hal qilish zarur. Binobarin, sport mashg’ulotida quyidagi masalalar o’rtaga qo’yilishi va yaxlit holda hal etilishi kerak: – Umumiy vazifalar tarbiyasini ijtimoiy tizimi orqali belgilab olinadi va ikki maxsus vazifalar hal kilinadi. Bular bevosita sport faoliyati talablaridan kelib chiqadigan vazifalar bo’ladi. – Umumiy tayyorgarlik tushunchasi sportchining o’zi tanlagan sport turi bo’yicha mashg’ulotlarda muvaffaqiyatli qatnashishi va har tomonlama rivojlanib borishi uchun sport imkoniyatlarini kengaytiradigan tayyorgarlik jihatlari kiradi. – Maxsus tayyorgarlik tushunchasiga tanlab olingan sport turida, mashqlarda bevosita ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik kiradi. Bu tayyorgarlik: – sport texnikasi va taktikasiga o’rgatish hamda uni takomillashtirib borish; Bunday qaraganda, ushbu har ikkala tushunchaning asosiy ma’nosi bitta – ularning har ikkalasi ham sport yutuqlarini qo’lga kiritishga qaratilgan. Lekin baribir bu tushunchalar o’rtasida muayyan farqlar mavjuddir. Sport yutug’ini ta’minlovchi omillar, kuchlar ichida ichki (sportchining imkoniyatlari xamda tayyorgarligining haqiqiy ahvoli) va tashqi omillar (sport yutuqlarini qo’lga kiritishni ta’minlovchi vositalar, uslublar hamda sharoitlar) mavjud. Shunday qilib, sport yutuqlariga erishish uchun sportchi tayyorgarligiga uning jismoniy, sport-texnika, ruhiy holati va takomillashish darajasiga erishishi orqali ta’minlanadi. Bunga faqat tegishli tayyorgarlik bilangina erishish mumkin. Bunday hollarda sport faoliyati tayyorgarligini qo’lga kiritish darajasiga erishishga tayyor turishga qaratilgan bo’ladi. Bu g’oyat murakkab, dinamik (xarakatdagi) bir xolat bulib, u belgilangan sport maqsadiga xos keladigan ko’nikma va malakalarni va maxoratlarni takomillashtirib borish darajasi, sportchining jismoniy va texnik ish qobiliyatini aks ettiradi. Shunday qilib, sport tayyorgarligi yoki sportchining tayyorgarligi o’z ichiga quyidagilarni oladi: – sport mashg’uloti (mashg’ulotga tayyorgarlik.) –musobaqalar (musobaqalar tayyorgarligi.) –qo’shimcha (mashg’ulotlar va musobaqalardan tashqari) omillardan foydalanish. Sport mashg’ulotining belgilari: – Sport mashg’ulotining shunday jarayon bo’lib, murabbiy-o’kituvchi rahbarligi ostida sportchilarni o’qitish (o’rgatish) va tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’ladi. – Sport mashg’uloti – bu shunday jarayonki, unda sport sohasidagi takomillashuvning mumkin qadar ko’proqo’sib boruvchi samaralariga erishish maqsadida kiritilgan mashqlar uslubi keng qo’llaniladi. Shunday qilib, sport mashg’uloti sportchilarni tayyorlashning asosiy shakli bo’lib, mashq uslubini qo’llagan holda sportchilarni boshqarib borishga qaratilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Sport mashg’uloti natijasida sportchining organizmida shunday o’zgarishlar sodir bo’ladiki, bu o’zgarishlar uning mashqlanganlik darajasini belgilab beradi. Jismoniy mashqlarni tanlashda qulaylik yaratish uchun mashqlarni butun bir guruh uchun xos bo’lgan umumiy belgilarga qarab, tasniflash amalga oshiriladi. a) anatomik belgilarga qarab mashqlarni tasniflash: – qo’l mushaklari va yelka kamari mushaklari uchun mo’ljallangan mashqlar, bo’yin mushaklari uchun mo’ljallangan mashqlar; – oyoq va tos mushaklari uchun mo’ljallangan mashqlar; – mazkur mashq guruhlari ichidagi mashqlar yana ham kichikroq guruhlarga bo’linadi. Masalan, qo’l barmoqlari uchun mo’ljallangan mashqlar tizza, panjalar va boldir mushaklari uchun mo’ljallangan mashqlar va hokazo. b) mashqlarni ular tuzilishining umumiy belgilari bo’yicha tasniflash: – siklik tipdagi mashqlar \ STM \ ; – atsiklik tipdagi mashqlar \ ATM \ ; – aralash tipdagi mashqlar \ ATM \ . STM – bu shunday mashqlarki, ularni bajarib bo’lgach, gavda yana o’zining dastlabki holatiga qaytadi (yugurish, yurish, suzish, eshkak eshish va hokazo.) ATM – bu shunday mashqlarki, ularning tarkibida ham, STM, ham ATM bo’ladi (uloqtirish mashqlari, yugurib kelib sakrash). v) Mashqlarni ularning ko’prok ayrim harakat qobiliyatini tarbiyalashga qaratilgan belgilari bo’yicha tasniflash: – kuch talab qilinadigan mashqlar (yugurishni tezlashtirish); Download 38.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling