5- semestr 1-Mavzu


Download 38.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.10.2023
Hajmi38.2 Kb.
#1696706
  1   2   3
Bog'liq
01 m.m



5- SEMESTR 
 
1-Mavzu. Sport mashg'ulotlarining maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchala 
. (2soat) 
 
 
REJA: 
1. Sport mashg’uloti maqsadi va vazifalari 
2 Sportchining tayyorlanish darajasi va sport mashg’uloti 
3. Jismoniy mashqlarning tasniflanishi 
Asosiy maqsadi: Fanini o‘qitishdan maqsad talabalarda Sport mashg‘ulotining maqsadi 
va vazifalarini tushuntirish, ularning ongiga singdirish. Sportchilarning tayyorlanish 
darajalarini nazorat qilish. Sport mashg‘ulotlarini asosiy maqsad vazifalarini
to’g’risidagi nazariy bilimlarga xamda amaliy xarakat ko’nikma va malakalarni 
shakllantirish modulning asosiy maqsadidir. 
1. O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar: 
2. - Mashg’ulot faoliyatining tuzilishi va qanday o’tishini kuzatadi. 
3. -Sportchilarning tayyorlanish darajasini o’rganish  
4. -Mashg’ulotlar o’tkazishni o’rganadilar 
Tayanch 
so’zlar
mashg’ulot, 
tayyorlanish, 
umumiy 
vazifa, 
maxsus 
tayyorgarlik,texnika,taktika,sport jixozlari.
 
Mashg’ulot - ingilizcha «trenirovka» so’zidan olingan bo’lib, ushbu atama orqali sport 
mashqida eng yaxshi natijaga erishish maqsadida o’sha mashqlarni takrorlash ma’nosi ifoda 
etilgan. Asta-sekin sport mashg’ulotlarining ma’nosi kengayib boradi. 30-yillarga kelib, u 
sport texnikasi va taktikasiga o’rgatish va bu sohada takomillashib, jismoniy sifatlarni 
rivojlantirib borish, irodani tarbiyalash singari jarayonlardan iborat bo’lgan hamda oldindan 
rejalashtirib qo’yiladigan bir jarayon sifatida tushunila boshlangan. «Xususan, sport 
mashg’ulotida» ijtimoiy hamda pedagogik qadriyatini saqlab qolish vazifasidan kelib 
chiqqan xolda spartakiadaning ma’naviy va tematik qiymatlarini rivojlantirish malakalarini 
yuqori sport natijalariga erishish jarayonlari orqali hal qilish zarur. 
Binobarin, sport mashg’ulotida quyidagi masalalar o’rtaga qo’yilishi va yaxlit holda hal 
etilishi kerak: 
– Umumiy vazifalar tarbiyasini ijtimoiy tizimi orqali belgilab olinadi va ikki maxsus 
vazifalar hal kilinadi. Bular bevosita sport faoliyati talablaridan kelib chiqadigan vazifalar 
bo’ladi. 
– Umumiy tayyorgarlik tushunchasi sportchining o’zi tanlagan sport turi bo’yicha 
mashg’ulotlarda muvaffaqiyatli qatnashishi va har tomonlama rivojlanib borishi uchun sport 
imkoniyatlarini kengaytiradigan tayyorgarlik jihatlari kiradi. 
– Maxsus tayyorgarlik tushunchasiga tanlab olingan sport turida, mashqlarda bevosita 
ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik kiradi. 
Bu tayyorgarlik: – sport texnikasi va taktikasiga o’rgatish hamda uni takomillashtirib borish;  
Bunday qaraganda, ushbu har ikkala tushunchaning asosiy ma’nosi bitta – ularning har 
ikkalasi ham sport yutuqlarini qo’lga kiritishga qaratilgan. Lekin baribir bu tushunchalar 
o’rtasida muayyan farqlar mavjuddir. 


Sport yutug’ini ta’minlovchi omillar, kuchlar ichida ichki (sportchining imkoniyatlari 
xamda tayyorgarligining haqiqiy ahvoli) va tashqi omillar (sport yutuqlarini qo’lga kiritishni 
ta’minlovchi vositalar, uslublar hamda sharoitlar) mavjud. 
Shunday qilib, sport yutuqlariga erishish uchun sportchi tayyorgarligiga uning 
jismoniy, sport-texnika, ruhiy holati va takomillashish darajasiga erishishi orqali 
ta’minlanadi. 
Bunga faqat tegishli tayyorgarlik bilangina erishish mumkin. Bunday hollarda sport faoliyati 
tayyorgarligini qo’lga kiritish darajasiga erishishga tayyor turishga qaratilgan bo’ladi. Bu 
g’oyat murakkab, dinamik (xarakatdagi) bir xolat bulib, u belgilangan sport maqsadiga xos 
keladigan ko’nikma va malakalarni va maxoratlarni takomillashtirib borish darajasi
sportchining jismoniy va texnik ish qobiliyatini aks ettiradi. 
Shunday qilib, sport tayyorgarligi yoki sportchining tayyorgarligi o’z ichiga quyidagilarni 
oladi: 
– sport mashg’uloti (mashg’ulotga tayyorgarlik.) 
–musobaqalar (musobaqalar tayyorgarligi.) 
–qo’shimcha (mashg’ulotlar va musobaqalardan tashqari) omillardan foydalanish. 
Sport mashg’ulotining belgilari: 
– Sport mashg’ulotining shunday jarayon bo’lib, murabbiy-o’kituvchi rahbarligi ostida 
sportchilarni o’qitish (o’rgatish) va tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’ladi. 
– Sport mashg’uloti – bu shunday jarayonki, unda sport sohasidagi takomillashuvning 
mumkin qadar ko’proqo’sib boruvchi samaralariga erishish maqsadida kiritilgan mashqlar 
uslubi keng qo’llaniladi.  
Shunday qilib, sport mashg’uloti sportchilarni tayyorlashning asosiy shakli bo’lib, mashq 
uslubini qo’llagan holda sportchilarni boshqarib borishga qaratilgan pedagogik jarayon 
hisoblanadi. 
Sport mashg’uloti natijasida sportchining organizmida shunday o’zgarishlar sodir bo’ladiki, 
bu o’zgarishlar uning mashqlanganlik darajasini belgilab beradi. 
Jismoniy mashqlarni tanlashda qulaylik yaratish uchun mashqlarni butun bir guruh uchun 
xos bo’lgan umumiy belgilarga qarab, tasniflash amalga oshiriladi. 
a) anatomik belgilarga qarab mashqlarni tasniflash: 
– qo’l mushaklari va yelka kamari mushaklari uchun mo’ljallangan mashqlar, bo’yin 
mushaklari uchun mo’ljallangan mashqlar; 
– oyoq va tos mushaklari uchun mo’ljallangan mashqlar; 
– mazkur mashq guruhlari ichidagi mashqlar yana ham kichikroq guruhlarga bo’linadi. 
Masalan, qo’l barmoqlari uchun mo’ljallangan mashqlar tizza, panjalar va boldir mushaklari 
uchun mo’ljallangan mashqlar va hokazo. 
b) mashqlarni ular tuzilishining umumiy belgilari bo’yicha tasniflash: 
– siklik tipdagi mashqlar \ STM \ ; 
– atsiklik tipdagi mashqlar \ ATM \ ;  
– aralash tipdagi mashqlar \ ATM \ . 
STM – bu shunday mashqlarki, ularni bajarib bo’lgach, gavda yana o’zining dastlabki 
holatiga qaytadi (yugurish, yurish, suzish, eshkak eshish va hokazo.) 


 ATM – bu shunday mashqlarki, ularning tarkibida ham, STM, ham ATM bo’ladi (uloqtirish 
mashqlari, yugurib kelib sakrash). 
v) Mashqlarni ularning ko’prok ayrim harakat qobiliyatini tarbiyalashga qaratilgan belgilari 
bo’yicha tasniflash: 
– kuch talab qilinadigan mashqlar (yugurishni tezlashtirish); 

Download 38.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling