5. 1-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
– rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari
Download 164.58 Kb.
|
5.1 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo’llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari.
2 – rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun- qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-rasm). Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, modemizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo’llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Ijtimoiy xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi: qanday mahsulot va xizmatlami, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? ushbu mahsulot va xizmatlami qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi? bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi? Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - «nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an’anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko’p yillar davomida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammlarni o ‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o’ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng awalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bogliq. Bunda mavjud bolgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko'rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlaming qanday to’plami jamiyat talablarini tola qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bolgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin boigan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o’rtasidagi nisbat aniqlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib o’tishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bolishi o’zini o’zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o’sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo’qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo’qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bolgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o’zgarishlar ro’y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko'rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko’ruvchi yoki past foyda darajasiga ega boigan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro’y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko’tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o’zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o’ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon bo’ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag’bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada resurslami yetkazib bemvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. O’z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib beruvchilar o’z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul to’lash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo’lgan turdagi va miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi. Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga xos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: resurslarning alohida tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishi; korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash. Bozor tizimi resurslarni avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo’naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo’llashga layoqatli bo’lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko’rsata oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslaming oqilona uyg’unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslaming narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi. Bozor iqtisodiyoti o’zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o’zgarishiga muvofiq holda o’zgaradi. Ayni paytda resurslarni taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o’tishi bilan iste’molchi didining o’zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o’zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin. Iste’molchi dididagi o’zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o’zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi tarmoq resurslarga ko’proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o’zgarishi, resurslarni qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o’zgarishi va har xil resurslar taklifi tarkibidagi o’zgarishlarga moslashadi. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantiradi. Birinchi bo’lib tejamli texnologiyalami qo’llash korxonaning o’z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi: yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to’lovga layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi; tovar va xizmatlar to’lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. Download 164.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling