5. 1-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
Download 164.58 Kb.
|
5.1 Mavzu
ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:
uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi; fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ulami ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati; turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ulaming sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati. Shu o'rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o’zining bosh nazorat mexanizmi -raqobatning kuchsizlanishiga yol qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud: 1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yoiidan ozod boiishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo’ravonlik, tazyiq o’tkazish va h.k.) ni qo’llash - bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayishiga olib keladi; 2) bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozoming tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozoming hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqamvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin. Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi. Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi Download 164.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling