5. 1-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
Download 164.58 Kb.
|
5.1 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat sektori - o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui.
- Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
- 1-rasm.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo’g’inidir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Davlat sektori - o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui. Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi. Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti subyektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (1-rasm). 1-rasm. Bozor xo ‘ja ligi subyektlari o ‘zaro aloqasining umumiy modeli Наг qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab, taklif, raqobat. Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar o’z navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilar dan iborat: turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustuvorligi; tadbirkorlik va tanlov erkinligi; raqobat kurashining mavjudligi; davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi. Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zamr. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslangan- ligi; kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilaming shaxsan erkinligi; tadbirkorlaming yuqori foyda olish uchun kurashlari; iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi; bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma Turn bozor uchun ishlash. Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko'rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari: iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi; kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillami hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlami, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o ‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar); ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi. Download 164.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling