5-7-sinflarda dars o'tish uslubiyoti Reja: Dars konspektining reja-jadvalini tuzish uslubiyoti


Darsning mazmuni. Har qanday jismoniy madniyat darsi o’z mazmu­ni­­da quyidagi komponentlar (jihat)ni mujassam­lashtiradi


Download 33.75 Kb.
bet8/13
Sana15.03.2023
Hajmi33.75 Kb.
#1270875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-7-sinflarda dars o\'tish uslubiyoti 23

Darsning mazmuni. Har qanday jismoniy madniyat darsi o’z mazmu­ni­­da quyidagi komponentlar (jihat)ni mujassam­lashtiradi:
1) har bir dars vazifasini hal qilish uchun bajarilishi rejalashtiril gan(konspektdagi) jismoniy mashqlar dars mazmunining birinchi komponenti hisoblanadi.
2) qayd qilingan, ya’ni konspektga kiritilgan jismoniy mashqlarni o’quvchilarning organizmiga ta’siri haqidagi nazariy bilimlar;
3) dars uchun zaruriy jihozlarning soni va sifati, darsdagi ta’lim jarayo nini tashkillashda o’qituvchining faoliyati;
4) har bir dars vazifasini hal qilish maqsadidagi o’quvchilar faoliyati va ularni muvofiq tashkillash uslubiyotlarini to’g’ri tanlanganligi.
Boshlanishiga darsning konspekti reja-jadvalini tuzishda darsning asosiy qismini mazmuni, so’ngra muvofiq holda tayyorlov qismi va oxirida yakunlov qismining mazmunlari ishlab chiqiladi. Amaliyotda konspekt matnini tuzishni turlicha variantlari mavjud.
Tavsiya qilingan dars konspekti reja-jadvalining matni “kengaytirilgan” reja - jadval hisoblanadi. Kuzatishlar, tadqiqotlarning natijalari orqali tajribali pedagoglar dars konspektining reja-jadvali matnini o’zlari uchun qulay turli shakllaridan foydalanmoqdalar.
Uni tuzishda matn mazmunida ifodalanishi shart bo’lgan talablar (darsning tartib raqami, darsning mavzusi va unda hal qilinadigan vazifalar, darsning tayyorlov va asosiy, yakunlov qismlarida bajariladigan mashqlar, ularning me’yori, tashkiliy-uslubiy ko’rsatmalar, o’yga vazifalar) qayd qilinishi lozim.
4. Darsning reja-konspekti matni va uni tuzish usuliyati
Reja-konspekt har bir Jismoniy madaniyat darsini rejalash-tirishning detallashtirilgan hujjati bo’lib, o’quv tarbiya jarayonini operativ boshqarish uchun xizmat qiladi.
Har bir darsning samarasi reja-konspektda ifodalangan mavzu va uni vazifasini aniq qo’yilishi bilan chambarchas bog’liq.
Vazifani belgilashda har bir darsning ishchi rejasidagi mazmundan kelib chiqish, oldingi darsning natijasini, yangi materialni o’zlashtir-ishning oson yoki qiyinligini, shuningdek, shug’ullanuvchilar tarkibi, ularning tayyorgarligi, mashg’ulotni o’tkazish joyini sharoitini hisobga olish lozim bo’ladi.
Belgilangan vazifalarning soni o’sha davrda amalga oshirish mumkin yoki yo’qligi bilan bog’liq. Darsning reja-konspektida uning asosiy qismida hal qilinadigan asosiy va xususiy vazifalar ifodalanadi. Xususiy vazifalar darsning har bir qismidagi mashqlar bo’yicha alohida ifodalanib, reja-konspektning alohida ustuniga yozib qo’yiladi. Pedagogik vazifalar iloji boricha aniq ifodalanishi zaruriyati mavjud bo’lib, ularni bir yoki bir necha darslar ramkasida hal qilish imkoni bo’lishi hisobga olinishi lozim.
Jismoniy madaniyat darsining mazmuni davlat dasturi va chorak uchun, ma’lum darslar majmui uchun ishlangan mavzularni taqsimlash reja jadvalida yoki choraklarning ish rejalarida belgilab qo’yilgan bo’ladi.
Jismoniy madaniyat darsining mazmunini yaratishda:
1) darsning har bir vazifasini hal qilish uchun uning vositalari va usuliyatlarini oldindan belgilab olish;
2) dars uchun zaruriy jihozlarni hisobga olish;
3) har bir vazifani hal qilish uchun o’quvchilar faoliyatini tashkillash ususliyati ustida ishlash;
4) darsda o’quvchilar faoliyatini baholash kriteriyasini belgilab olish zarur bo’ladi.
Boshlanishiga darsning reja-konspektini tuzishda darsning asosiy qismini mazmuni, so’ngra muvofiq holda tayyorlov qismi va oxirida yakunlov qismining mazmunlari ishlab chiqiladi.
Amaliyotda reja-konspektini tuzishni turlicha variantlari mavjud. Misol sifatida ulardan birini e’tiboringizga havola qilamiz.
Tavsiya qilinayotgan kengaytirilgan konspekt matni hisoblanadi. Tajribaga boy pedagogiklar va o’z kasbini yaxshi bilimdonlari turli xildagi konspektlardan foydalanadilar. Biz tavsiya qilgan konpektlar matni shulardan biridir.
149-150-betlarda darsning taxminiy reja-jadvallari berilgan.

Download 33.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling