5-7-sinflarda dars o'tish uslubiyoti Reja: Dars konspektining reja-jadvalini tuzish uslubiyoti


Download 33.75 Kb.
bet2/13
Sana15.03.2023
Hajmi33.75 Kb.
#1270875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-7-sinflarda dars o\'tish uslubiyoti 23

2.Darsning xususiy vazifalari
Xususiy vazifalar darsning har bir qismidagi mashqlar bo’yicha alohida belgilanib, konspekt rejasining alohida ustunida qayd qilinadi. Pedagogik vazifalar iloji boricha aniq ifodalanishi va ularni bir yoki bir necha darslar ramkasida hal qilish imkoniyati hisobga olinadi. Jismoniy madaniyat darsining mazmuni davlat dasturi va chorak uchun, ma’lum darslar majmui uchun ishlangan mavzularni darslarga taqsimlash reja-jadvalida yoki choraklar(harbir darsning ishchi rejasida) belgilab qo’yilgan bo’ladi (oldingi bo’limga qarang).
Xususiy vazifalarga misollar. Darsning tayyorlov qismi uchun: a)darsning vazifasini e’lon qilish(tushuntirish);
b)alohida saflanish usullarini o’rgatish (o’zlashtiri
v)qaddi-qomatni to’g’ri shakllanishiga ta’sir qilish uchun maxsus mash larni takomillashtirish va boshqalar.
Darsning asosiy qismi uchun taxminiy vazifalar quyidagicha belgila nishi mumkin:
a) shug’ul lanuvchilarda o’zlashtiriladigan faoliyat haqida tasavvur hosil qilish;
b) harakat faoliyatining alohida elementlarini ajratib o’zlashtirish (masalan, tayanib sakrashda-yugurish va «ko’prik»dan depsinish);
v) tayanib sakrashda yumshoq va erga tushishda joyida turg’un qolishni mustahkamlash;
g) harakatli (sport) o’yinlarining asosiy qoidalari bilan tanishtirish va boshqalar.
Darsning har bir qismida o’tkaziladigan jismoniy mashqlar o’z navbatida ketma-ket yoziladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni yozishda uning dastlabki holati va necha hisobda bajarilishi va har bir hisobda nima qilinishi yoziladi.
Agarda asosiy qismda guruhli ususliyat qo’llansa konspektda har bir guruh uchun mashqlar alohida yoziladi va mashqlarni qaysi tomonga qarab bajarishni boshlash, o’rin almashishigacha ko’rsatiladi.
Qizlar va bolalar uchun material alohida berilgan bo’lsa, ular ajratib yoziladi.
4. «Yuklama me’yori» ustunida mashqlarni qaytarishlar soni, uni bajarish uchun sarflanadigan vaqt (daqiqa), bosib o’tiladigan masofa va boshqalar yoziladi.
5. «Tashkiliy-uslubiy ko’rsatmalar» ustunida o’quvchilarni faoliyatini tashkillash usullari, mashqlarni bajarish uslubiyotlari, ularni bajarishga qo’yilgan talablar, shuningdek, tipik xatolar haqida, havfsizlikni ta’min lash, «o’yin qoidalaridan o’rganilishi lozim bo’lganlari yozib qo’yiladi. Dars konspektining soddalashtirilgan 2-taxminiy variantini 249-sahifada e’tiboringizga havola qildik.
3. Jismoniy madaniyat darsining ishchi rejasi
Hozirgi kun jismoniy madaniyat darsida ta’lim jarayonini rejalashtirish texnoligiyasi tarkibida harbir darsning ishchi rejalarini tuzishning turli shakllaridan foydalanilmoqda (ilovalarga qaralsin).
Ishchi rejalar mavzularni darslarga taqsimlash reja-jadvali asosida tuziladi. Ular dars konspekti matnining mazmunini shakllantirish vositasi rolini o’ynab, jismoniy tarbiya ta’limi jarayonining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlari uchun stsenariy rolini o’ynaydi, vazifalarni hal qilish ketma-ketligi, qanday mashq larni bajarish lozimligi, o’qituvchining ta’lim jarayoniga tanlashi lozim bo’lgan uslubiyotlarning qulayini moslab tanlash va uni qo’llashi uchun zamin tayyorlaydi. O’quv dasturining o’zgarishi ishchi rejalarning mazmunida o’zgarish lar, tuzatishlar qilishni taqazo etadi.
Hozirgi kun jismoniy madaniyat ta’limi o’quv tarbiya jarayoni fanning “O’quv uslubiy majmualari”ni tuzish va ulardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Uning mazmunida rejalashtirish uchun qo’yilgan talablar va printsiplar o’z ifodasini topgan.

Download 33.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling