5 a 110301-Kimyo o’qitish metodikasi
Plastmassa va izolyatsion qoplamalar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Navoiy davlat pedagogika instituti
2.8. Plastmassa va izolyatsion qoplamalar. Detallarning sirtini korroziyadan himoya qilish, sirt yemirilishini kamaytirish va qoplamaning zaruriy mexanik mustahkamligini talab qilinganda yupqa qatlamli plastmassa qoplamalar qo’llaniladi. Plastmassalar bilan qora va rangli metallar, beton, keramika , yog’och, mva materiallar sirtini qoplash mumkin. Buyumlar sirtiga plastmassa materiallardan gazalanga, uyurma, tebranma-uyurma, bitirish va plakirlash usullaridan qoplamalar olinadi . Plastmassa materiallar sifatida asosan kukunsimon termoplastlar, epoksid, polietilen va polixlarvinilin pastalar ishlatiladi. Plastmassa qoplamalarning turli buyumning ish sharoitiga bog’liq ravishda tanlanadi. Plastmassa qoplamalar ishqoriy va kislotali muhitlarda korroziyaga chidamli bo’lib , buyumning ish sharoitidagi harorati va yuklanish turiga qarab qoplanadigan plastmassa materiallari tanlanadi . Statik yuklangan va -20.. + 800C ishlarda ishlaydigan po’lat idishlar, quvurlar, armaturalar epoksid va polietilen qoplamalar bilan, t<2500 C muhit uchun kremniy organik qoplamalar qo’llaniladi . Xuddi shunday haroratlarda va dinamik tebranma yuklangan yuqorida keltirilgan buyumlar polietilen, polixlorvinilin pasta va nairit qoplamalar bilan qoplanadi . Metall sirtini “plakirlash “ da polivinilin xlorid, polietilen polivinilbutiral va boshqa plastmassalat ishlatiladi . Neft buyumlari asosidagi izolatsion qoplamalar asosida yer osti metall konstruksiyalarini elektrokimyoviy himoya qilish uchun ishlatiladi . Bu turdagi izolyasiya mastikalari buyumli yoki yelimli gruntovkadan keyin ishlatilsa yuqori adgezion mustahkamlikni ta’minlaydi . Buyum –rezina mastikalari (MBR-65, MBR-75, MBR-90, MBP—160 )ning asosini BN-N-IV va BN –N-V neft buyumlari tashkil qiladi . To’ldiruvchi sifatida avtomabilning eski shinalaridan maydalab tayyorlangan uvoqlar va plastifikatorlar qo’shiladi . Buyumli qoplamalar yaxlitligini ta’minlash maqsadida diametri 1020 mm dan kichik bo’lgan quvurlar sirtini qoplash tavsiya etiladi. Izolyasion qoplamalar nam va suvlarni utkazmaydigan, metallga yaxshi ilashuvchan, yuqorikimyoviy bardoshli, yuqori elektr qarshiliklarga va boshqa zaruriy xossalarga bulishlari kerak . Izolyasion polimer qoplamalar sifatida bir tomoniga yelim surtilgan izolyasion parda (lenta)lar ishlatiladi . Po’lat quvurlar issiqda ishlashida polivinilxlorid yopishuvchan parda ( PIL), sovuq muhitlarda ishlaganda esa PML turi qo’llaniladi. Bu pardalar qalinligi 0,3mm bo’lib , yelimli va buyumli- yelmli gruntovillardan keyin o’raladi . Polimerlar turi juda rang barangdir. SHuninig uchun izolyasion qoplamalar uchun har xil qalinlikdagi, turli-tuman tarkibdagi, zaruriy xossalarga ega bo’lgan izolyasion polimer qoplamalar olinishi va qo’llanilishiga imkon beradi. 2500> Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling