5 a 110301-Kimyo o’qitish metodikasi
Korroziyaga qarshi himoyadagi muommolar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Navoiy davlat pedagogika instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.10.Korroziyaga chidamli rangli metallar
2.9.Korroziyaga qarshi himoyadagi muommolar Hozirgi paytda korroziyaga qarshi himoya metallga, muhitga va har ikkalasiga birgalikda ta’sirlar orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda neft va gaz konlarini qazish va ulardan foydalanish uchun mo’ljallangan jihozlar va qurilmalar yillar o’tish bilan korroziya natijasida eskirib bormoqda. Ularni almashtirish va boshqa turdagi himoya vositalarining qo’llanilishi ko’plab iqtisodiy xarajatlarni talab qiladi. Shuning uchun respublikamizda mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda , asosan korroziyaga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishi, sinash va qullash zaruriyati tug’ilmoqda. Bu borada tezkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar quydagilar hisoblanadi. - zaruriy tadbirlarga javob beruvchi aniq xossali lakbo’yoq materiallari, mastikalar, ingbitorlar ishlab chiqish; - jihozlar va ularning detallarini germitizasiyalash, kiritish; - muhitni kislorodsizlantirish ; inert muhitlar hosil qilish; - zaruriy baterisidlar, fungisidlar kabilar ishlab chiqish va boshqalar. Shuningdek, jihoz va uskunalarni ishlash texnologik rejimlarini neftgaz maxsuloti tarkibi ta’siriga bog’liq ravishda o’rganilib, ularning ishlash davriyligi va davomiyligini ishlab chiqish orqali ham korroziya tezligini kamaytirish imkonlari mavjud 2.10.Korroziyaga chidamli rangli metallar Mis yuqori elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi, yaxshi korroziyabardoshligi kabi xossalarga ega.Misning normal elektrod potensiali; Cu Cu+ jarayon uchun +0,52B, Cu Cu2+ jarayon uchun +0,35B bo’lganligi uchun Cu2 ionlarining hosil bo’lishi ehtimoli katta. Misning 3% li NaCl eritmasida doimiy patensiali +0,05B, 1n. HCl eritmasida +0,15B. Xona haroratida quruq Cl, Fe, Br va I misning korroziyasiga seilarli ta’sir qilmaydi, namlik oshganda ular agressuvlashadi. Oltingugurt va uning birikmalari , hamda ammiak va uning birkmalari misni kuchli yemiradi. Havoda va suvda mis chidamli hisoblanadi. Oksidlovchi muhitlarda (HNO 3 ; H2SO 4 ) mis tezda korroziyaga uchraydi. Mis kislorod bilan Cu2 hosil qiladi, bu esa uning texnologik va korrozion xossalariga salbiy ta’sir qiladi. Mis asosida muhit sanoat qotishmalari ( latunlar, bronzalar va b qotishmalar) olinadi. Tarkibida 15% Zn bo’lgan latun oltinsimon rangga ega, atmosfera korroziyaga qarshi chidagani, uchun oltin o’rniga medal va badiiy buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Latun tarkibiga 1,5% gacha qurg’oshin (Pv) qo’shilgan qotishma dengiz suvida korroziyaga qarshi yaxshi chidaydi, shuning uchun dengiz (admiral) latuni ham deb ataladi.. Latun tarkibida ruxning 20…..30% bo’lishi korrozion darz ketishga olib ketishi sababli uning tarkibida kremniy (0,5%) va marganiy (1%) qo’shiladi. Misning qurg’oshin , alyuminiy, kremniy, berilliy, kadmiy,xrom va boshqa elementlar bilan qotishmalari bronzalar deb ataladi. Bronzalar yuqori kimyoviy bardoshlikka ega. Bronzalar ichida kemniyli bronza quymalari eng yuqori bardoshlikka ega. ALYUMINIY. Sanoatda ishlatilishi bo’yicha Fe dan keyin 2 o’rinda turadi. Alyuminiyning normal elektrod potensiali -1,67B, termodinamik jihatdan faol hisoblanadi. Passivlanish qobiliyati natijasida suvda , atmosfera sharoitlarida , neytral va kuchsiz kislotali eritmalarda chidamlidir.Alyuminiy sirti passiv holatda Al 2 O 3 yoki Al 2 O 3 H 2 O dan iborat yupqa qatlam bilan qoplangan bo’ladi. Alyuminiy gazli muhitlarda erish haroratigacha (6000 C) turg’in bo’ladi. Alyuminiy HCl, HClO 4 , H 2 PO 4 ishqorlar, oxak va betonlarda chidamsiz. Alyuminiy va uning qotishmalari ( kimyoviy bo’yoqlar bilan) sanoatda keng qo’llaniladi. ` Texnik alyuminiy korroziyaga chidamli, payvandlanuvchan bo’lganligi uchun har xil quvurlar, kabellar, eshiklar, sut uchun sisternalar va b. yuklanishlar bo’lmagan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Alyuminiyning duralyumin, silumin kabi quyma qotishmalari, granula va kukun ko’rinishdagi qotishmalari hozirgi paytda keng ko’lamda qo’llaniladi. MAGNIY VA UNING QOTISHMALARI. Magniy korroziyabardosh metall hisoblanadi. Uning turg;in potensiali -2,37 B, 0, 5 n HCl eritmasidagi stasionar potensiali -1,45B . Manfiy elektrokimyoviy potensiali bo’lishiga qaramasdan passivlanish qobiliyati yuqori korroziyabardoshligini belgilaydi. Magniy xromli va vodorod bariy kislotalar ishqorlarda, atmosfera va distillangan suvda chidamli, kuchlanishlar ta’sirida tezda darz yeydi. Magniy kimyoviy faol bo’lganligi uchun havoda MgO oksid qatlamini hosil qiladi. Bu oksid qatlami himoyalash qobiliyatiga ega emas, shuning uchun sirti lak bo’yoq bilan surtiladi. Magniy qotishmalari zichligi kam, yuqori solishtirma mustahkamlikga ega va tebranishlarni yaxshi sundiruvchanligi uchun aviasiya va raketa texnikasida keng qo’llaniladi, tok manbalari uchun anodlar tayyorlanadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling