5 Adabiyotlar taxlili


Tajriba tuproqlarini agrokimyoviy tavsifi


Download 82.19 Kb.
bet5/28
Sana15.03.2023
Hajmi82.19 Kb.
#1268820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
chala yarim

Tajriba tuproqlarini agrokimyoviy tavsifi

Tuproq qatlami, sm

Gumus, %

Umumiy %

Xarakatchan P2O5 mg/ga

Almashinuvchan K2O mg/ga

N

P

K

0-30

1,188

0,104

0,136

1,80

27,5

180

30-60

1,123

0,094

0,124

1,67

10,8

160

Tuproq qatlamlarida gumus miqdori 0 – 30 va 30 – 60 sm qatlamda mos ravishda 1,188 – 1,123 %, umumiy azot 0,104 – 0,094 %, umumiy fosfor 0,136 – 0,124 % , harakatchan fosfor 27,5 – 10,8 mg/ga, umumiy kaliy 1,80 %, almashinuvchan kaliy 180 – 160 mg/ga bo‘lib, haydov osti qatlamiga tushgan sari bu miqdorning kamayish hollari kuzatildi.




2.3. Pomidorning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Pomidor eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning pishgan mevasi nihoyatda lazzatliligi, parxezliligi bilan ajralib, tarkibida turli vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar saqlaydi. Pomidor qizil mevasining biokimyoviy tarkibi quyidagicha (ho‘l vazniga nisbatan, %):
Quruq modda - 6,0-6,6
Oqsil - 0,95-1,0
Shakar - 4,0-5,0
Moylar - 0,2-0,3
Syellyuloza - 0,8-0,9
Kul - 0,6
Organik (olma, limon) kislotalar - 0,5 Vitamin S (askorbin kislota) - 19-35 mg. % Karotin (provitamin A) - 0,2-2 mg.% Tiamin (V^) - 0,3-1,6 mg.% Riboflavin (V2)- 1,5-6 mg.%
Lekin, pomidor mevasining tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lib, u ekin naviga, mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig‘ish muddatiga, o‘stirish sharoiti va texnologiyasi kabi omillarga bog‘liq. Eng shirin, sifatli, lazzatli, shifobaxsh hamda kaloriyali (215 kaloriya 1 kg mevada) hosil bizda yetishtiriladi.
Pomidor yangiligicha, tuzlangan va marinovkalangan holda iste’mol qilinadi. U konserva (qayta ishlash) sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Pomidor mevalari terib olingach, yetilish xususiyati va uzoq saqlashga chidamli. Shuning uchun uni iste’mol qilish muddatini hosil yig‘ib olingach yana 1,0-1,5 oyga uzaytirish mumkin.
Pomidor shirasini qaynatib tayyorlangan tomat-pyure, tomat-pasta, tomat sharbati (soki) qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi. Chunki, bunday pomidor mevasi mahsulotlarida vitaminlar to‘liq saqlanib qoladi. Bizda pomidor pishgan mevalari oftobda quritilib, qoqi ham olinadi. Pomidor qayta ishlangach, undan qolgan chiqindilar, tarkibida 17-29 % gacha moyi bo‘lgan urug‘lari iste’mol qilishga yaroqli pomidor moyi olishga, kunjarasi esa chorva mollari oziqa va o‘g‘it sifatida foydalaniladi.

Download 82.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling