5 Adabiyotlar taxlili
Pomidorni ko‘chatsiz urug‘idan o‘stirish
Download 82.19 Kb.
|
chala yarim
3.3. Pomidorni ko‘chatsiz urug‘idan o‘stirish.
Pomidorni dalaga bevosita urug‘ni ekib ko‘chatsiz o‘stirish ham mumkin, bunda ularni yetishtirishga qilinadigan xarajatlar ancha kamayadi. Dalaga bevosita urug‘i ekilgan pomidor o‘simligining sovuqqa chidamliligi oshadi, qurg‘oqchilik hamda stolbur kasalligidan kam zararlanadi. Hosildorlik jihatidan ko‘chat qilib o‘stirilgan pomidordan deyarli farq qilmaydi. Urug‘dan o‘stirilgan pomidor ko‘chatidan o‘stirilgandagiga qaraganda ikki-uch hafta kechroq pishadi. Shuning uchun ham ularda yetilmagan ko‘k pomidor mevasi ko‘p bo‘ladi. Janubiy rayonlarda bevosita urug‘dan o‘stirilgan pomidor ko‘chatidan ekilganiga qaraganda suv tanqisligidan kamroq qiynaladi. Sug‘oriladigan rayonlarda ertagi hosil yetishtirish zaruriyati bo‘lmagan hollardagina pomidorni urug‘dan ekib o‘stirish mumkin. Urug‘dan ekish bilan ko‘chat qilib o‘stirish usullarini birga qo‘shib olib borishni to‘g‘ri tashkil etish yo‘li bilan iste’molchilarga yangi pomidor yetkazib berish mavsumini anchaga uzaytirish mumkin. Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyat xo‘jaliklarida pomidorni urug‘dan o‘stirish usuli keng qo‘llanilmoqda va gektaridan 200-300 s va undan yuqori hosil olinmoqda. Bevosita dalaga ekilgan pomidor urug‘lari sekin unib chiqib, dastlabki paytlarda juda sust rivojlanadi, qatqaloq va begona o‘tlardan nihoyatda qiynaladi. Pomidor urug‘ini mart va aprelning boshlarida chigit yoki sabzavot seyalkasida gektariga 2-3 kg normada ekiladi. Urug‘ni oddiy usulda qatorlab yoki kvadrat-uyalab ekish mumkin. Qatorlab ekishda maysalar qiyg‘os unib chiqqandan keyin ortiqcha o‘simliklar traktor kultivatorini qatorlarga nisbatan ko‘ndalang yurgizib kesib yagonaladi. Urug‘ni yoppasiga undirib olish va qataloqni yo‘qotish uchun ekish oldidan uruqqa maydalangan quruq qo‘y qiyi yoki ot go‘ngi aralashtiriladi yoxud dalaga chirindi solib mulchalanadi. Pomidor urug‘ini drajilab (g‘o‘laklab) ekish eng istiqbolli bo‘lib, tekis tup sonni ta’minlaydi va hosildorlikni oshiradi. Erta - mart oyida ekiladigan urug‘lar, odatda, ivitilmaydi. Birmuncha kechroq - aprelda ekiladigan bo‘lsa, ivitilgan urug‘ bilan quruq urug‘larni aralashtirib va qo‘shimcha ekin sifatida salat, rediska kabi ekinlar urug‘ni aralashtirib ekish yaxshi natija beradi. Pomidor maysalari ko‘pincha ikki marta, noqulay sharoitlarda (dalani o‘t bosib, zararkunandalar tushganda) esa uch marta yagona qilinadi: birinchi yagonalash bitta-ikkita, oxirgisi esa to‘rt-beshta barg chiqarganda o‘tkaziladi. Ikkinchi marta yagonalash bilan bir yo‘la xato chiqqan joylariga yagonalashdan chiqqan ko‘chatlar ekib ketiladi. Shuning uchun, urug‘dan ekib o‘stirilganda gerbisidlardan: prometrin (gektariga 3-4 kg) dixlormochevina (gektariga 8-16 kg) dan va boshqa mavjudlaridan keng qo‘lamda foydalanish lozim. Bu preparatlar ekish oldidan yerlarni ishlash vaqtida beriladi. Pomidorning o‘suv davrida gerbisid sifatida gektariga 8-10 kg hisobidan zolan preparatidan foydalaniladi. Urug‘dan o‘stirilgan pomidorning bundan keyingi parvarishi ko‘chatdan ekilgan pomidornikidan farq qilmaydi. Download 82.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling