TAYANCH IBORALAR
1. Tanlama kuzatish usuli -tasodifiy xolda tanlab olingan to‘plam birliklarini kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar bosh to‘plamga yoyish usulidir.
2. Tanlama kuzatishning vazifasi -tanlab olingan to‘plam birliklari asosida o‘rganilayotgan to‘plamning hammasiga umumiy tasvir berishdan iboratdir.
3. Tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishining eng muhim shartlari – tanlab kuzatishning hamma qoidalari va tamoillariga amal qilish va to‘plam birliklarini tanlash ishlarini ilmiy asosda tashkil qilishdir.
4. Tasodifiy tanlash - bosh to‘plamdan birliklarni hech qanday sestemaga solinmasdan tasodifiy xolda tanlanishidir
5. Mexanik tanlash usulining mazmuni - tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plamga kiritiladigan birliklari o‘rtasida munosabatlar praporsiyasining aniqlanishidan iborat.
6. Tipik tanlash - bosh to‘plam birliklarini bir nechta tipik guruhlarga ajiratish mavjud bo‘lgan xolda qo‘llaniladi.
7. Uya (seriya)li tanlab kuzatish - to‘plam birliklari kichikroq guruhlar yoki uya( seriya)-larga birlashtirilgan to‘plam birliklari uchun qo‘llaniladi.
“Tanlama kuzatish” bobi bo‘yicha
SAVOLLAR
1 Tanlab kuzatish deb nimaga aytiladi?
2. Tanlab kuzatish usulining qo‘lanilishining eng muxum shartlari nimalardan iborat?
3.Tanlab kuzatish usulining qo‘lanilishiga ehtiyoj qanday sabablarga binoan yuzaga keladi?
4. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy amaliyotida tanlab kuzatish usuliga qaysi hollarda zarurat tug‘iladi?
5. Bosh to‘plam deb, qanday to‘plamga aytiladi?
6. Tanlama to‘plam hosil qilishning qanday usularini bilasiz?
7. Tasodifiy tanlash usulining mohiyatini tushuntirib bering.
8. Mexanik tanlash usuli qachon qo‘lanadi?
9. Tipik tanlash usulidan qaysi hollarda foydalaniladi?
10.Uya (seriya)li tanlab kuzatish usulidan qaysi hollarda foydalanish qulaydir?
“Tanlama kuzatish” bobi bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |