5-amaliy mashg’ulot. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish. Ishning maqsadi


Download 64.17 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2023
Hajmi64.17 Kb.
#1750122
1   2
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

Reja mazmuni qisqa bо‘lishligi - rejadagi tadbirlardan foydalanish oson bо‘li shi uchun qilinadi. Buning uchun hamma bajariladigan tadbirlar grafik-sxemalar tarzda amalga oshiriladi. Bunda sxema-xaritada obyektlar, bajariladigan vazifalar va ularning hajmi shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Tushuntirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, sur’atli belgilar tushuntirish xatlari orqali beriladi.
Vaqtni har tomonlama qat’iy hisobga olinishi - rejalashtirilgan har bir tadbirni tо‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
Reja aniq va real bо‘lishi - rejaning bajarilish darajasini xarakterlaydi. Buning uchun falokat va halokat ma’lumotlari tо‘liq о‘rganiladi. Jumladan: vayronaliklar, talofot darajasi, moddiy zararlar miqyosi oldindan bashoratlanadi, uning oqibatlarini yо‘qotish uchun kerakli FMning kuch va vositalari hisoblab chiqiladi.
Iqtisodiy maqbullik - har qanday FVda (tinchlik davrda ham, harbiy davrda ham) muhofazalanish inshootlaridan foydalanishni hisobga olishdir.
FM rejasi 4 ta bosqichli ishlardan tashkil topadi:
1) birinchi bosqichda rejani tuzishda ishtirok etuvchilarning tarkibi, ularning malakasi aniqlanadi, ular tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, hujjatlar о‘rganiladi, tо‘plangan ma’lumotlar umumlashtiriladi va kalendar reja ishlab chiqiladi;
2) ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va uning hujjatlari tuziladi;
3) uchinchi bosqichda bajariladigan hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi, zarurat bо‘lsa tuzatiladi va tasdiqlanadi;
4) tо‘rtinchi bosqichda hamma rejalashtirilgan tadbirlar, tasdiqlangandan keyin (tasdiqlangan reja) tegishli ijrochilarga yetkaziladi.
FM rejasini ishlab chiqish bevosita FM boshlig‘iga yuklatiladi, reja tadbirlarini ishlab chiqishda FM bо‘yicha shtatli xodimlar ishlari bilan shug‘unlanuvchi hay’at, FM tizimlari, evakuatsiya komissiyasi va iqtisodiyot tarmoqlarini yetakchi mutaxassislari ishtirok etadilar.
Fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqishda kerakli ma’lumotlar. FM rejasini va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FM ning yuqori tashkilotlari va bо‘limlaridan quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak:
1) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasiga oid qaror va kо‘rsatmalari;
2) О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomlari, kо‘rsatmalari va tavsiyalari;
3) Iqtisoditot tarmog’i yuqori organlarining kо‘rsatmalari va tavsiyalari;
4) Fuqaro muhofazasi tizimlarini, undagi odamlar soni, hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlar;
5) Boshpanalarning soni, ularning odamlarni qabul qilish imkoniyatlari, hamda boshqa boshpanalar qurish imkoniyatlari;
6) Obyektning xususiyati, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati;
7) Toifalangan shaharlarga FV da yordam berish imkoniyatlari;
8) Toifalangan shahar iqtisodiyot tarmog’larining rо‘yxatlari:
a) FV da о‘z ishini davom ettiradigan obyektlar;
b) evakuatsiya qilinadigan obyektlar.
9) Yuqori xavfli hamda tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi bor oby ektlar, KTZM va zaharli moddalar tashiladigan temir yо‘l magistrallari, aeroportlar va boshqa obyektlar rо‘yxati.
10) Xavfli hududlardagi aholi punktlari haqidagi ma’lumotlar.
11) FM vazifalarini bajarilishiga ta’sir etadigan mahalliy, xususiyatli ma’lumotlar (hududning geografik о‘rni va tabiiy iqlim sharoiti);
12) Favqulodda vaziyatlardan chiqariladigan xulosalar.
FM rejasini tuzishda Respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan barcha tarmoq va korxonalar о‘z ma’lumotlari bilan bir-birlarini ta’minlashlari kerak. Bu xususda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida ta’kidlab о‘tilgan. Ya’ni О‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi, Energetika va elektorlashtirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qо‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi, «Uzsanoatkontexnazorat» davlat qо‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, «О‘zbekneftgaz» milliy xoldind kompaniyasi, «О‘zkimyosanoat» uyishmasi va «Boshgidromet» boshqarmasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligining hududlar, obyektlardagi tabiiy iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, epifitotik, geologik va texnogen vaziyatlar hamda ularning istiqboldagi о‘zgarish ehtimollari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni о‘z vaqtida, muntazam ravishda ta’minlashlari lozim deb takidlangan.
FM rejalarini ishlab chiqishda va bajarishda FM kuchlariga katta e’tibor beriladi. Masalan, avariya-qutqarish ishlarini rejalashtirishda quyidagi tartibdagi vazifalar belgilanadi:
a) shikastlangan о‘choqlarni va ofat joylarini razvedka qilish, qidiruv-qutqaruv ishlari kompleksini о‘tkazish;
b) aholini, hayvonot va о‘simlik dunyosini va iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
v) zararlangan aholini hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bо‘lganlarni hisobga olish va kо‘mish, yaradorlarni kasalxonaga yotqizish;
g) karantin-observatsiya, sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi tadbirlar;
d) mahalliy organlar bilan hamkorlik qilish.
Yana bir misol. Aholini, moddiy-madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarni rejalashtirishda:

      • Shikastlangan hududlardan transport yoki piyoda olib chiqiladigan aholining sonini;

      • Zarur bо‘ladigan transport sonini;

      • Odamlarning transportda olib chiqish tartibi;

      • Qimmatbaho uskunalar, moddiy boyliklar, oziq-ovqatlarni olib chiqish tartibi;

      • Xom-ashyolar, о‘g‘itlar va boshqa kerakli moddiy resurslarni xavfli hududlardan olib chiqish tartiblari;

      • Qishloq xо‘jalik hayvonlarini xavfli hududdan xavfsiz hududga uzoqlashtirish tartib qoidalari va boshqa vazifalar belgilanadi.

Fuqaro muhofazasini boshqa tadbirlarini rejalashtirishda ham muayyan tartibdagi vazifalar belgilanadi. Albatta, bularda har bir qilinadigan amal tadbirning mohiyatidan, xususiyatidan va imkoniyatlardan kelib chiqib, reja tadbirlari belgilanadi. Har bir holat uchun tuzilgan FM rejalari FVV ga taqdim etilishi zarur. Mabodo tuzilgan rejalarga о‘zgartirishlar kiritish kerak bо‘lsa, yilning birinchi choragi davomida kiritiladi. Reja ikki nusxada tuzilib, uning bir nusxasi obyektning boshqarish punktida, ikkinchisi yuqori tashkilotlarda saqlanadi.
Tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi rejasini tuzish. Tinchlik davrida kuzatiladigan FVni bartaraf etish rejasi - FV yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilish, atrof-muhitga yetkazilgan moddiy zararlar miqdorini kamaytirish, shikastlangan hududlarni halqaga olish va bu hududlarda xavfli omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan QBTI ishlar majmuasidan tarkib topadi.
Bu ishlarni bajarishda FVDTning FVni tugatuvchi kuch va vositalaridan foydalaniladi. Bu kuch va vositalar FVV bevosita bо‘ysunuvchi tezkor FM qо‘shinlaridan, Respublika ixtisoslashgan tizimlaridan, vazirlik va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariyani tiklash tizimlaridan, mahalliy hokimiyat organlarining tizimlaridan, obyektlarning ixtisoslashgan va harbiylashmagan umumiy va maxsus tizimlaridan tashkil topadi.
Reja ikki bо‘limdan va ilovadan iborat bо‘ladi: Birinchi bо‘limda - ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofat rо‘y berganda muayyan hududda yuzaga keladigan FV ga baho beriladi.
Bunda quyidagilar yoritiladi:
1) Radiatsiyaviy, kimyoviy va yong‘in xavfi bor shaharlar va aholi punktlarini, KTZM, portlash xavfi bor bо‘lgan va biologik vositalari bо‘lgan obyektlarni, odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar tashiydigan transport vositalarining temiryо‘l uzellarini, neft-gaz konlari, neft quvurlari, gidrouzellar va boshqa obyektlarning rо‘yxati aniq keltiriladi. Talofot hududidagi, shuningdek qо‘shni hududlardagi epidemiologik, epizootik, elifitotik va seysmik aktiv hududlar, tabiiy ofatlar bо‘ladigan joylar, sanoat va qishloq xо‘jaligiga yetishi mumkin bо‘lgan zararlar hamda shu hududlardagi aholi soni va kо‘riladigan taxminiy talofotlar miqdori kо‘rsatiladi.
2) Yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish yuzasidan aholini, qishloq xо‘jaligi hayvonlarini va о‘simliklarini, moddiy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan qilinadigan tadbirlar kо‘rsatiladi.
3) Yuqoridagi falokat va halokatlar rо‘y berganda shikastlangan hududlarda (xususiyatiga kо‘ra) qutqaruv va birlamchi tiklov tadbirlari kо‘rsatiladi.
Rо‘y bergan favqulodda vaziyat holatidan kelib chiqib, quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi:

  • boshqaruv, xabarlash va aloqani tashkil etish;

  • razvedkani, kuzatishni va nazoratni tashkil etish;

  • FM kuchlarini tashkil etish;

  • moddiy va moliyaviy ta’minotni tashkil etish. FVni tugatishni tashkil etish.

Rejaning ikkinchi bо‘limi ikki qismdan tashkil topib, bu bо‘limda ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bо‘lishi xavfida va sodir bо‘lganda quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi:
1) FV sodir bо‘lish xavfida boshqaruv organlarini, ishchilar va xizmatchilarni va aholini ogohlantirish tartibi.
2) FVni oldini olish yoki ularni ta’sirini kamaytirish tadbirlari, amalga oshirish muddatlari va tartibi, jalb etiladigan kuch va vositalar.
3) FM kuchlarini, muhofaza inshootlarini shay holatiga keltirish.
4) Shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berish.
5) Odamlarni evakuatsiya qilish va kо‘chirish uchun avtotransportlarni va xavfsiz hududni tayyor holga keltirish.
6) Aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini о‘tkazish.
7) Yong‘indan saqlash tadbirlarini о‘tqazish va ishlab chiqarishni avariyasiz ishlashga tayyorlash.
Tuzilgan rejaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) FM boshlig‘ining FV ni tugatish bо‘yicha qarori.
2) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda, xamda tabiiy ofatlar xavfi bо‘lganda yoki sodir bо‘lganda bajariladigan tadbirlarning kalendar rejasi.
3) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarning falokat va halokatda hamda tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bо‘lganda tadbirlarni boshqaruvchi kuch va vositalarni hisobi (har bir tadbir xususida umumiy ma’lumotlar keltiriladi).
4) Fojea, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruvni, xabar berishni, va aloqani tashkil qilinishi (sxema tarzida).
Fuqaro muhofazasi rejalari hududlar uchun ham iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham bir xil tuzilishda ishlab chiqiladi. Tuzilgan fuqaro muhofazasi rejalarini tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlari tasdiqlaydi va bir nusxasi yuqori tashkilotga jо‘natiladi.


Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Fuqaro muhofazasi rejasi nima maqsadda tuziladi?

  2. Fuqoro muhofazasi rejalarini qaysi tashkilotlar tasdiqlaydi?

  3. Fuqaro muhofazasi rejalariga qanday talablar qо‘yiladi?

  4. Rejani tuzish bosqichlari qanday?

  5. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida nimalar ta’kidlangan?

  6. Nima uchun rejaga tuzatishlar kiritiladi?

Download 64.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling