5-amaliy mashgʻulot qonunlashturuvchi metrologiya sohasi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va me’yoriy hujjatlar
-rasm. QMXT tashkilotining tashkiliy tuzilmasi
Download 66.97 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy mashgʻulot
7.1-rasm. QMXT tashkilotining tashkiliy tuzilmasi.
QMXTning ijrochi organi har bir a’zo davlat vakilidan iborat boʻlgan Qonunlashtiruvchi metrologiya Xalqaro qoʻmitasi (QMXQ) hisoblanadi. Maslahat organi hisoblangan Prezident Kengashiga ikki vitse-prezident, Qonunlashtiruvchi metrologiya Xalqaro byurosi direktori va QMXQning besh a’zosi kiradi. Qarorlar QMXQ yillik sessiyalarida qabul qilinadi. Qonunlashtiruvchi metrologiya Xalqaro byurosi Qoʻmita va Konferensiya ishini nazorat qiladi, axborot materiallarini chop etadi, me’yoriy hujjatlar fondini yurgizadi, metrologiya sohasida tashviqot ishlarini olib boradi. Yilning har choragida «QMXT Byulleteni» chop etiladi [25]. Quyidagi 7.1-jadvalda tashkilotga a’zo mamalakatlarning va 7.2-ladvalda esa tashkilotga kuzatuvchi sifatida ishtirok etuvchi mamlakatlarning umumiy roʻyxati keltirilgan. QMXTning amaliy faoliyati uning tarkibidagi Texnik qoʻmitalar va ularning quyi qoʻmitalari orqali amalga oshiriladi. Texnik qoʻmitalar 4 yillik dasturlar tuzadilar. TQlar va Quyi qoʻmitalar quyidagi hujjatlarni ishlab chiqadilar: metrologiyaning umumiy masalalari boʻyicha; oʻlchashlarning alodida turlari boʻyicha; alohida sohalar faoliyatini metrologik ta’minoti boʻyicha; xalqaro hujjatlar va xalqaro tavsiyalar. TQlar a’zo mamlakatlar oʻrtasida oʻlchashlar natijasini oʻzaro tan olish boʻyicha ish olib boradi. 7.1-jadval. QMXT tashkilotiga a’zo mamalakatlar roʻyxati Albaniya Misr Monako Janubiy Afrika Aljir Finlandiya Morokko Ispaniya Avstraliya Fransiya Niderlandiya Shrilanka Avstriya Germaniya Yangi Zelandiya Shvatsiya Belarus Respublikasi Gretsiya Norvegiya Shvetsariya Belgiya Vengriya Xitoy Xalq Respublikasi Tanzaniya Braziliya Hindiston Pokiston Tailand Bolgariya Indoneziya Polsha Tunis Kambodja Iron Portugaliya Turkiya Kanada Irlandiya Shimoliy Makedoniya Respublikasi Ukraina Kolumbiya Isroil Ruminiya Birlashgan Qirollik Xorvatiya Respublikasi Italiya Rossiya Federatsiyasi AQSh Kuba Yaponiya Saudiya Arabistoni Vetnam Kipr Qozogʻiston Serbiya Zambiya Chexiya Keniya Slovakiya Daniya Koreya Sloveniya 7.2-jadval. QMXT tashkilotiga kiruvchi kuzatuvchi mamalakatlar roʻyxati Angola Gabon Malivi Paragvay Argentina Gruziya Malta Peru Azorboyjon Gana Mavrikiya Filippin Baxrayn Gvatemala Meksika Qatar Bangladesh Gvineya Moldova Ruanda Barbados Gayana Mongoliya Seyshel orollari Benin Gong Kong Chernogoriya Syerra-Leone Boliviya Islandiya Mozambik Singapur Bosniya va Gersogovina Iroq Namibiya Sudan Botsvana Iordaniya Nepal Trinidad va Tobago Xitoy Taypi Kiribati Nigeriya Uganda Kosta Riko Quvayt Ummon BAA Dominikan Respublikasi Qirgʻiziston Panama Urugvay Ekvador Latvia Papua-Yangi Gvineya Oʻzbekiston Estoniya Lyuksemburg Paragvay Fiji Madagaskar Peru QMXT faoliyatining natijalari ikki turdagi nasrhlar koʻrinishida, ya’ni xalqaro tavsiyalar va xalqaro hujjatlar koʻrinishida nashr etib boriladi. Ulardan birinchisida oʻlchov asboblarining metrologik xususiyatlarini belgilaydigan va ularni attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan usul va uskunalarni aniqlaydigan model qoidalari nashr etiladi. Xalqaro hujjatlar oʻz mazmuni boʻyicha axborot hisoblanadi va ular metrologiya xizmatlari faoliyatini yaxshilashga moʻljallangan. Download 66.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling