5-amaliy mashgʻulot qonunlashturuvchi metrologiya sohasi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va me’yoriy hujjatlar


 - rasm. Oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi tuzilmasi


Download 66.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.11.2023
Hajmi66.97 Kb.
#1751645
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-amaliy mashgʻulot

7.2 - rasm. Oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi tuzilmasi. 
BIPMni boshqargan rahbarlar: Italiyalik Jilbert Govi (1875-1877 yy.), 
Shvetsariyalik J.Perne (1877-1879 yy.), Norvegiylaik Ole Yakob Brok (1879-1889 
yy.), Fransiyalik J.-Rene Benua (1889-1915 yy.), Shvetsariyalik Sharl eduar Giyom 
(1915-1936 yy.), Fransiyalik Alber Perar (1936-1951 yy.), Shvetsariyalik Sharl Vole 
(1951-1961 yy.), Fransiyalik Jan Terren (1962-1977 yy.), Fransiyalik Peer Djakoma 
(1978-1988 yy.), Buyuk Britaniyalik Terri Kuin (1988-2003 yy.), Buyuk 
Britaniyalik Endryu Uellard (2004-2010 yy.), Germaniyalik Mixael Kyune (2011-


2012 yy.). Ayni paytda doktor Martin Milton 2013 yil 1 yanvardan BIMP rahbari 
hisoblanadi.
Oʻlchov va Tarozilar Xalqaro Qoʻmitasi. OʻTXQning asosiy vazifasi - butun 
jahon boʻyicha oʻlchovlarning yagona, unifikatsiyalashgan tizimini ta'minlash. Bu 
borada: 
 Asosiy fizik kattaliklar uchun oʻlchov birliklarining fundamental 
standartlarini oʻrnatish hamda, xalqaro etalonlarni saqlash; 
 Milliy va Xalqaro standartlarni muvofiqlashtirish; 
 Oʻlchov texnikalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish; 
 Fundamental fizik konstantalarning miqdoriy qiymatlarini va 
oʻlchamlarini yuqori aniqlik darajasida ishlab chiqish va muvofiqlashtirsh. 
Qoʻmita Oʻlchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ta'sis etgan Oʻlchov va 
Tarozilar Xalqaro Byurosining qat’iy nazorati ostida ish olib boradi va bajarilgan 
ishlar yuzasidan mazkur idoraga hisobot berib boradi. 
Metrik Konvensiyaga a’zo davlatlarning delegatlari har toʻrt yilda Bosh 
Konferensiyada yig‘iladilar. Bu yig‘ilishlarning asosiy vazifasi: 
 Metrik tizimning zamonaviysi boʻlgan Xalqaro Birliklar Tizimi (SI)ni 
takomillashtirishga taalluqli zaruriy chora-tadbirlarni muhokama qilish hamda 
ma’lumot almashinish;
 ma'lumotlarni ishtirokchilar e’tiboriga yetkazish; 
 Yangi fundamental metrologik oʻlchamlar natijalari va turli ilmiy 
rezolyutsiyalarni Xalqaro miqyosda tasdiqlash; 
 OʻTXQ ning rivojlantirish va tashkilotni moliyalashtirishga taalluqli 
asosiy iqtisodiy masalalarni koʻrib chiqish. 
Oʻz faoliyatini masofa va vazn oʻlchov birliklari hamda, ular bilan bog‘liq 
metrologik tadqiqotlar sohasi bilan cheklangan doirada boshlagan OʻTXQ, 
keyinchalik, elektr (1927), fotometriya va radiometriya (1937), ionlanuvchi 
nurlanishlar (1960), vaqt shkalalari (1988) va kimyo (2000) sohalari uchun ham 
oʻlchov standartlarini joriy etish yoʻnalishlarida faoliyat doirasini kengaytirdi. Bu 
maqsadlarda 1876 - 1878 yillarda dastlabki laboratoriyalar qurilgan va ular 1929-
yilda kengaytirilgan. 
31 dekabr, 2005 yil holatiga OʻTXQga quyidagi 51 ta davlat a’zo hisoblanadi: 
Argentina, Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Buyuk 
Britaniya, Chili, Chexiya, Chernogoriya, Daniya, Dominikana, Eron, Finlyandiya, 
Fransiya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Italiya, 
Janubiy Afrika Respublikasi, Kamerun, Kanada, KXDR, Koreya (Resp.), 
Malayziya, Meksika, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Polsha, Portugaliya, 
Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Tailand, 


Turkiya, , Urugvay, Venesuela, Vengriya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Yunoniston, 
Xitoy. 
Quyidagi 12 ta davlat va Iqtisodiy ittifoqlar OʻTXQ ning hamkorlari 
hisoblanadi: Belarus, Karib dengizi havzasi iqtisodiy ittifoqi, Kosta-Rika, Kuba, 
Ekvador, Estoniya, Gonkong, Yamayka, Qozog‘iston, Keniya, Latviya, Litva, 
Malta, Panama, Filippin, Sloveniya, Ukraina, Vetnam, Xitoy Taypeyi, Xorvatiya. 
OʻTXQ laboratoriyalarida turli sohadagi fizik va texnik mutaxassislar faoliyat 
olib boradilar. Ular asosan metrologik tadqiqotlar, xalqaro birliklarning standartlarni 
oʻzaro muvofiqlashtirsh va bir oʻlchamga keltirish ishlarini olib boradilar. Yillik 
hisobotda va OʻTXQ direktorining hisobotlarida ular olib borayotgan ish 
jarayonlarining tafsilotlari yoritib boriladi. 
1927-yilda OʻTXI ning ish faoliyat sohalarining kengayishi natijasida 
OʻTXQ, asosiy vazifasi oʻz sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar va ulardagi kun 
tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berib borish boʻlgan maxsus Konsultativ 
qoʻmitalar tashkil qildi. Ushbu konsultativ qomatlar, birliklar boʻyicha olib 
borilayotgan xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirib turish va ularga oid maxsus 
masalalarning, tegishli sohalarda bajarilishi nazorat qilib boruvchi, doimiy yoki 
muvaqqat ishchi guruhlarni tuzish va OʻTXI ga tavsiya qilish vazifalarini bajaradi. 
Konsultativ qoʻmitalar umumiy me’yoriy hujjatlar asosida ish yuritadi. Ular 
nodavriy muddatlarda oʻzaro uchrashib turadilar. Har bir konsultativ qoʻmitaning 
prezidenti BIPM tomonidan tayinlanadi va odatda BIPMning a’zolaridan biri 
boʻladi. 
Hozirda 10 ta shunday konsultativ qoʻmitalar mavjud: 
1) 1927-yilda ta’sis etilgan Elektr va Magnetizm konsultativ qoʻmitasi 
(CCEM), 1997 yilda unga "Elektr konsultativ qoʻmitasi" (CCE) nomi berildi.
2) 1933-yilda ta’sis etilgan Fotometriya va Radiometriya konsultativ 
qoʻmitasi - (CCPR). 1971-yilda "Fotometriya konsultativ qoʻmitasi" deb yangi nom 
berilgan.
3) Termometriya konsultativ qoʻmitasi - (CCT), 1937-yilda ta’sis etilgan. 
4) Uzunlik konsultativ qoʻmitasi - (CCL) 1997-yildan buyon sobiq "Metrni 
aniqlash" (ССDM) konsultativ qoʻmitasi shunday nomlanadi. 
5) Soniyani aniqlash konsultativ qoʻmitasi (CCDS) - 1956-yilda ta’sis 
etilgan. 1997-yildan e’tiboran, Vaqt va Chastota konsultativ qoʻmitasi (CCTF) deb 
ataladi. 
6) Ionlanuvchi nurlanishlar konsultativ qoʻmitasi (CCRI) - 1997-yildan 
buyon, 1958-yilda ta’sis etilgan "Ionlanuvchi nurlanishlar standartlari boʻyicha 
konsultativ qoʻmita" (CCEMRI) ning yangi nomi. Mazkur qoʻmita 1969-yilda toʻrt 
boʻlimga ajratilgan: 1) Rentgen va gamma nurlanishlari, elektronlar; 2) 
Radionuklidlarni oʻlchash; 3) Neytron oʻlchovlari; 4) α-Energiya satndartlari. 


1975-yilda α-Energiya standartlari boʻlimi tugatilib, uning vazifalari 
Radionuklidlarni oʻlchash boʻlimiga yuklatilgan; 
7) Birliklar konsultativ qoʻmitasi (CCU) - 1964-yilda ta’sis etilgan. Bu 
konsultativ qoʻmita 1954-yilda tashkil etilgan Birliklar boʻyicha Xalqaro 
Komissiyaning oʻrnida faoliyat yuritadi; 
8) Vazn va u bilan bog‘liq miqdorlar boʻyicha konsultativ qoʻmita (CCM). 
1980-yilda ta'sis etilgan; 
9) Modda miqdori konsultativ qoʻmitasi: Kimyoviy metrologiya. 
(CCQM), 1993 -yilda ta'sis etilgan; 
10) Akustika, ultratovush hamda vibratsiya boʻyicha konsultativ 
qoʻmita (CCAUV). U 1999-yilda ta'sis etilgan. 
Oʻlchov va tarozilar Xalqaro Bosh Konfrensiyasining faoliyatiga doir 
dalolatnomalar Oʻlchov va tarozilar Bosh Konferensiyasining yig‘ilishi haqidagi 
axborotnomalar va Oʻlchov va tarozilar Xalqaro Qoʻmitasining yig‘ilishi haqidagi 
axborotnomalarda nashr etib boriladi. 
OʻTXKning 2003 yildagi qaroriga koʻra, OʻTXQ faoliyatiga doir 
axborotnomalarni chop etish toʻxtatildi, lekin rasmiy veb - saytida joylashtirish 
davom ettirilmoqda. 

Download 66.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling