5-amaliy mashgʻulot qonunlashturuvchi metrologiya sohasi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va me’yoriy hujjatlar


Download 66.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.11.2023
Hajmi66.97 Kb.
#1751645
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-amaliy mashgʻulot



5-amaliy mashgʻulot 
QONUNLASHTURUVCHI METROLOGIYA SOHASI BOʻYICHA 
XALQARO TASHKILOTLAR VA ME’YORIY HUJJATLAR 
 
Mashgʻulotning maqsadi: Qonunlashturuvchi metrologiya sohasi boʻyicha 
shuningdek metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar, ularning 
tuzilishi, tarkibi vazifalari va faoliyat doirasi bilan tanishish. 
 
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot 
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi 
xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holdagi 
akronumlari quyidagicha: МОЗМ - ruscha “Международная 
организация законадательной метрологии” soʻzlarining 
qisqartmasi; OIML - fransuzcha “Organisation Internationale de Metrologie 
Legale” soʻzlarining qisqartmasi; IOLM - inglizcha “International Organization of 
Legal Metrology” soʻzlarining qisqartmasi.
Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa 
milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
Tashkilot 1955 yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda a’zo mamlakat soni 62 ta 
boʻlib, yana 63 ta mamlakat esa kuzatuvchi sifatida kiradi. Ushbu mamlakatlarga 
dunyo aholisining 86% va dunyo iqtisodiyotining 96% ulushi toʻg ‘ri keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 2001 yil may oyidan Metrologiya sohasida 
qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilingan. 
Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: 
– tashkilotga a’zo boʻlgan mamlakatlar uchun oʻlchash vositalarining uslubiy 
me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; 
– qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va 
attestatlashini, namunaviy va ishchi oʻlchash asboblarini uyg‘unlashtirish; 
– xalqaro koʻlamda birxillashtirilgan oʻlchash birliklarini mamlakatlarda 
qoʻllanishini ta’minlash; 
– metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni 
joriy etish boyicha davlat koʻrsatmalarining birliligini ta’minlash; 
– rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni 
zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy–texnikaviy yordamlashish; 
– metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun 
– qoidalarini belgilash.
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilotning Oliy rahbar 
idorasi Metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har 
toʻrt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini 
belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini 


muhokama qiladi. Konferensiya oʻz sessiyasini oʻtkazish jarayonida tashkilotning 
raisini va ikkita vitse-raisni saylab oladi.
QMXT ning rasmiy tili – fransuz tilidir.
Tashkilot bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan Xalqaro standartlashtirish 
tashkiloti (ISO), Standartlashtirish boʻyicha Yevropa qoʻmitasi, Nazariy va amaliy 
kimyo boʻyicha Xalqaro uyushmasi, Klinik kimyo boʻyicha Xalqaro federatsiya 
kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilotning shtab kvartirasi 
Fransiyaning Parij shahrida joylashgan. Unda koʻplab hujjatlar: qonunlar, qarorlar, 
qoidalar, tavsiyanomalar, standartlar, ilmiy maqolalar va boshqalar saqlanadi. Har 
kvartalda fransuz tilida tashkilotning byulleteni chop etiladi. 
QMXT faoliyatining asosiy natijalari bu – Xalqaro tavsiyanomalar va Xalqaro 
hujjatlarni chop etishdir. Xalqaro tavsiyanomalarda oʻlchash asboblarining 
metrologik xarakteristikalarini oʻrnatuvchi va ularning attestatsiyasini amalga 
oshirish usullari va vositalarini aniqlab beruvchi modellashtirish qoidalari nashr etib 
boriladi. Xalqaro hujjatlar esa mazmuni jihatdan informatsion hujjat boʻlib, 
metrologik xizmatlarni yaxshilash maqsadida qoʻllaniladi. 
Quyidagi 7.1-rasmda QMXTning tashkiliy tuzilmasi keltirilgan. 

Download 66.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling