5-amaliy mashgʻulot qonunlashturuvchi metrologiya sohasi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va me’yoriy hujjatlar
Oʻlchov va tarozilar Xalqaro byurosi
Download 66.97 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy mashgʻulot
Oʻlchov va tarozilar Xalqaro byurosi Oʻlchov va tarozilar Xalqaro byurosi (fr.: Bureau International des Poids et Mesures, BIPM) 1875 yilda, metrik konvensiyani imzolash bilan birga tashkil etilgan. Byuroning asosiy vazifasi ushbu Konvensiyaga aʻzo barcha mamlakatlarda yagona oʻlchashlar birliligini ta’minlashdan iborat. Byuro oʻz faoliyatini Oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro qoʻmitasi (OʻTXQ) nazorati ostida amalga oshiradi. OʻTXBda asosiy birliklarning xalqaro etalonlari saqlanadi va xalqaro etalonlarni ishlab chiqish va saqlash hamda milliy etalonlarni xalqaro va bir-biri bilan taqqoslash bilan bogʻliq xalqaro metrologik ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek BIPM metrologiya sohasida ham oʻlchashlar aniqligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni ham olib boradi. OʻTXB tomonidan Metrik Konvensiyaga a’zo davlatlari hukumatlariga OʻTXQning yillik ma’muriy va iqtisodiy faoliyatiga oid hisobotni taqdim qiladilar. BIPMning asosiy printspial vazifasi butun jahon boʻyicha oʻlchov birliklarining bir xilligini ta’minlashdir. Idora bu vazifani bajarishni toʻg‘ridan toʻg‘ri yoki, oʻlchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasining ishlab chiqqan dasturlariga binoan olib boradi. Hozirgi davrda OʻTXB jahonning 100 dan ortiq davlatlarida metrologik faoliyatlarni muvofiqlashtiradi. Ushbu byuro Fransiyada joylashgan boʻlib, unda metr va kilogrammning hamda boshqa ayrim xalqaro etalonlarning prototiplari saqlanadi va vaqti-vaqti bilan byuro tomonidan xalqaro etalonlarni milliy etalonlar bilan taqqoslash amaliyoti tashkil etiladi. OʻTXBning ilmiy ishlar yoʻnalishi oʻlchashlar metrik tizimini takomillashtirishdir. Shu maqsadsa byuro doimo kattaliklar birliklarining xalqaro etalonlarini takomillashtiradi, oʻlchashlarning yangi usullarini va aniqroq vositalarini yaratadi, asosiy oʻlchov vositalarining eskirgan konsersiyalarini oʻzgartiradi, xalqaro darajada milliy etalonlarni solishtirishni tashkil etadi, a’zo davlatlar ishlarini muvofiqlashtiradi. OʻTXB faoliyatini moliyalashtirish Metrik konvensiyaga a’zo davlatlar tomonidan amalga oshiriladi. OʻTXB faoliyatini 18 nafar taniqli fizik va metrologlardan iborat Oʻlchovlar va ogʻirlik xalqaro qoʻmitasi tomonidan boshqariladi [25]. Quyidagi 7.2 - rasmda BIPMning tashkiliy tuzilmasi koʻrsatib berilgan. Download 66.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling