5-amaliy mashg’ulot: “Saddi Iskandariy” dostonidagi beshinchi bob sharhi. Reja topshiriqlar
Tohirov S.Q. – f.f.n., SamDU dotsenti
Download 395.09 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliyot
Tohirov S.Q. – f.f.n., SamDU dotsenti
ANGOKIM ETAR IKKINGIZDIN MADAD… 1 XX asr navoiyshunosligining eng yirik namoyandalaridan biri E.E.Bertels o‘zining «Роман об Александре и его главные версии на Востоке» monografiyasida Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonini sharhlab borar ekan, undagi beshinchi bob haqida ham qisqacha to‘xtaladi: Отметим здесь бейт: Kichik erkanimdin bo‘lub qoshima Ulug‘ muddao soldingiz boshima. 2 Вы (счастливая звезда и высокое счаsтье) с детства моего были предо мною и вложили в голову великие устремления. (6. 385) Mazmuni: Siz (baxtli yulduz va yuksak baxt) mening bolaligimdan oldimda bo‘lib, buyuk maqsad-intilishlarni boshimga soldingiz. Biroq, keyingi davr navoiyshunosligida «Saddi Iskandariy» dostonining bu bobi, aniqrog‘i, bob tarkibidagi ushbu baytlar xamsanavis salaflari Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviyga bag‘ishlanganligi qayd etiladi: Angakim etar ikkingizdin madad, Madadkori haqdur, azal to abad. (2. 34) Kichik erkonimdin bo‘lub qoshima, Ulug‘ muddao soldingiz boshima (2. 34) Bunday munosabatni biz etuk navoiyshunoslar Izzat Sulton 3 hamda Abduqodir Haitmetov 4 tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. 20 tomlik Alisher Navoiyning mukammal asarlar to‘plamida ham mazkur baytlarning izohi keltirilgan (izohlar muallifi T.Ahmedov) bo‘lib, unda quyidagilarni o‘qiymiz: 1. «Ikkingizdin madad» - Sharqda mashhur xamsanavislar Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar ko‘zda tutiladi (2. 587). 2. Yoshligidan Nizomiy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qigan Navoiyda ulardan olingan taassurot katta-katta asarlar yaratish fikrini uyg‘otganligi bu baytda e’tirof etilmoqda (2. 588). Ma’lumki, dostonining 6-bobi shu masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, uning nasriy muqaddimasida ham, mazmunida ham bu mazmun aks etgan. Shunday ekan, Navoiy nega «Saddi Iskandariy» dostonining ikkita, ya’ni beshinchi va oltinchi boblarini Nizomiy va Dehlaviyga bag‘ishladi, bordiyu shunday bo‘lsa, 1 Maqola manbai: Ўзбек адабиётшунослиги ва тилшунослигининг баъзи муаммолари (Илмий мақолалар тўплами). 1-қисм. – Сам.: СамДУ нашри, 2008. 34-39-б. 2 Матн араб ёзувида берилган бўлиб, бу ўринда транслитерация қилинди. 3 Султон И. Жаҳон адабиётининг нодир обидаси. Алишер Навоий «Хамса»си. Илмий моқолалар тўплами. – Т.: Фан, 1986. 6-бет. 4 Ҳаитметов А. Навоий эстетикасининг юксак босқичи. Алишер Навоий «Хамса»си. Илмий моқолалар тўплами. – Т.: Фан, 1986. 33-бет. nega na bobning o‘zida, na muqaddimasida yuqoridagi xamsanavislar xususida biror so‘z yoki mulohaza keltirilmagan, degan savol tug‘iladi. Mazkur bobning mazmuni va mohiyatini belgilashdan oldin uning nasriy sarlavha yoki muqaddimasini tahlil qilish lozim bo‘ladi: Download 395.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling