5-amaliy mashg’ulot: “Saddi Iskandariy” dostonidagi beshinchi bob sharhi. Reja topshiriqlar
Bu Xamsa takmilidakim, salovoti xamsa adosidek avval fajr sajadotidin
Download 395.09 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- jamoatig‘a yuz qo‘yuldi va mag‘rib qiroatidin «Iqra’ bismi rabikallazi xolaq» 8 xalqig‘a bosh induruldi va emdi isho niyatidin otil tab’ni
Bu Xamsa takmilidakim, salovoti xamsa adosidek avval fajr sajadotidin
«Siymohum fi vujuhihim min asarissujud» 5 zumrasig‘a kirildi va zuhr rakaotidin «Varkau maarrokiin» 6 xaylig‘a qo‘shululdi va asr qiyomidin «Va iqomas - salovot» 7 jamoatig‘a yuz qo‘yuldi va mag‘rib qiroatidin «Iqra’ bismi rabikallazi xolaq» 8 xalqig‘a bosh induruldi va emdi isho niyatidin otil tab’ni g‘aflat uyqusig‘a borg‘oli qo‘ymayin adosig‘a targ‘ib qilildi (2. 34). Dostonning M.Daminova tomonidan tuzilgan nasriy bayonida matnning katta qismi tushirib qoldirilgan. Shu bois uni qayta tabdil qilish ehtiyoji tug‘iladi: Bu «Xamsa»ni komil (butun) qilish haqidakim, besh mahal namozni ado qilgandek, avval sahar (bomdod) sajdalaridan «Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi alomatlari bordir» guruhiga kirildi va peshin rukularidan «Ruku qilguvchilar bilan birga ruku qiling» jamoasiga qo‘shilildi va asr qiyomidan «Namozlarni o‘z vaqtida ado qiling» jamoatiga yuzlanildi va kun botish (shom) qiroatidan «Yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing» xalqiga bosh qo‘shildi va endi tun (xuftan) niyatidan judo bo‘lgan ta’bni g‘aflat uyqusiga borishga qo‘ymay (uni) ado etishga da’vat qilindi. Bu matnda «Xamsa»ning 5 dostoni besh vaqt nomoz nomlariga qiyos qilinadi hamda endi isho (xufton) nomozi o‘qilishi ya’ni «Saddi Iskandariy» dostoni yozilishi kerakligi bayon etiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu nasriy sarlavhada Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy yoki shoirning boshqa salaflari haqida hech gap yo‘q. Sarlavhaga tayanadigan bo‘lsak, mazkur bob shoirning dostonni boshlash arafasidagi o‘z ruhiy holati tavsifiga bag‘ishlangan. Shunday ekan, yuqorida keltirilgan baytlar kim yoki nima haqqida, Navoiyga madad bergan, soyasi tushgan, yoshligidan boshiga ulug‘ muddaolarni solgan timsol kim, yoki nima bo‘lishi mumkin? Kel ey tole’i sa’du baxti baland, Ki sizdin bo‘lur odamiy arjumand. Kelgin, ey, saodatli qismat va oliy baxt. Zero, siz tufayli Odam farzandi arjumand bo‘ladi. Demakkim, inson tangri in’om etgan omad, baxt-saodat tufayli arjumand (ajralib, bir pog‘ona balandda turadigan) bo‘ladi. Angokim tushar qaysingiz soyasi, Quyoshdin biyikrak bo‘lur poyasi. 5 Юзларида сажда изидан (қолган) белги аломатлари бордир. (Фатҳ сураси, 29-оят). 6 Руку қилгувчилар билан бирга руку қилинг (Бақара, 43). Қаранг(1; 10-6). 7 Бу оят аслиятда «Ва ақимус солата». Намозларни ўз вақтида адо қилинг (Бақара, 43). Қаранг (1; 10-6). 8 (Эй Муҳаммад, барча мавжудотни) яратган зот бўлмиш Парвардигорингиз номи билан (бошлаб) ўқинг (Алақ – 1). Angokim etar ikkingizdin madad, Madadkori haqdur azal to abad. Baxt-Allohning nazari va saodat – inoyati ikkisidan biri kimning boshiga tushsa, uning qadri, darajasi osmondagi quyoshdan ham balandroq bo‘ladi. Kimga ikkingiz madadkor bo‘lsangiz, unga azaldan to abadgacha haq ham madadkordir. Saodatmand kishiga Alloh madadkor bo‘ladi, aniqrog‘i Uning nazari tushgan banda saodatmanddir. Bu baytlardagi murojaat ob’ekti inson emasligi ayon. Navoiy ularni birinchi baytda «tole’i sa’d» va «baxti baland» deb tilga oladi. Karam aylab iki qo‘lum qo‘ldangiz, So‘z iqlimi sori meni yo‘ldangiz. Bu vodiy aro Xizri rohim bo‘lung, Qayon yuz ketursam, panohim bo‘lung. Kichik erkanimdin bo‘lub qoshima, Ulug‘ muddao soldingiz boshima. (2. 35) Demak E.E.Bertels ushbu baytda Navoiy murojaat etgan ob’ektlar «baxtli yulduz» («schastlivaya zvezda») va «yuksak baxt» («visokoe schaste») ekanligini aynan birinchi baytga tayangan holda ta’kidlaydi. «Tole’i sa’d» jumlasini «schastlivaya zvezda» («baxtli yulduz») deb tarjima qilinishiga e’tiroz bildirish mumkin. Biroq, olim bayt mohiyatini to‘g‘ri belgilaganligini qayd etish lozim. Bob davomidagi quyidagi bayt ham shu fikrni tasdiqlaydi: Ki haqdin ato chun mango bor edi, Yana baxtu iqbol ham yor edi. (2. 37) Xamsanavislikni adabiy an’anaga aylantirgan hindistonlik fors-tojik shoiri Amir Xusrav Dehlaviyning «Oinai Iskandariy» dostonida ham an’anaviy kirish boblaridan so‘ng «Guftor dar sifati oftobi davlat» sarlavhasi bilan bir bob kiritilgan bo‘lib, Navoiy dostonidagi bob bilan mushtarak xususiyatlarga ega. Mazkur bob quyidagi bayt bilan boshlanadi: Kalide deh, ey, davlati korsoz, Ki so‘yi tu bitvon dare kard boz. (5. 25) Ey barcha ishlarni yurgizuvchi «davlat», menga bir kalit ber, toki sening dargohingga boruvchi eshikni ochayin. Bob davomida shoir va mutafakkir «davlat» tushunchasining sifat va belgilari, inson taqdiridagi ahamiyatini sharhlaydi: Chu dar xonae barfuro‘zi charog‘, Kuni yak damash, garchi zindon-st, bog‘. Ba peshonii mardum az tust nur, Ki az nuri tu chashmi bad bod dur. Kase k-o‘ zi davlat kushoyad fuqo’, Ba dallolii baxt yobad mato’. Sen biron uyga chirog‘ yoqsang, garchi u zindon bo‘lsa ham, bog‘ga aylantirasan. Kishilar manglayidagi nur sendandir. Sening bu nuring tufayli yomon ko‘z uzoqlashadi. Kimgaki davlat yuz ochsa, baxtga etishish uchun yo‘l topadi. Bob xotimasida shoir «davlat» tushunchasini qaysi ma’noda talqin qilganligini izohlaydi: Maro davlati nesti shud pisand, Ki on jovu in jo buvam begazand. Chi kor oyad on hastii besafo, Ki besh az du ro‘ze nadorat vafo. Charo nestiro nagiram ba zo‘r, Ki hamrohi man xost budan ba go‘r. Menga yo‘qlik (faqirlik) davlati qadrlidir. Chunki (bu davlat bilan), u erda (oxirat) va bu erda (dunyoda) mashaqqatsiz bo‘lurman. Bu nopok borlik (dunyo, molu mulk) nimaga ham yarardi. U ikki kundan ortiq vafo qilmaydi. Nega yo‘qlik (faqirlik)ka jahd bilan intilmayin. Axir u mening qabrdagi hamrohim bo‘ladi. Alisher Navoiy va Amir Xusrav dostonlaridagi mazkur boblarning joylashish o‘rni (an’anaviy hamdu na’tlardan keyin hamda so‘z va ijod haqidagi boblardan oldin) mohiyatan lirik chekinish xususiyatiga ega ekanligi bilan mushtaraklik kasb etadi. Biroq Amir Xusravning «davlati nesti» («faqirlik davlati») haqidagi fikrlarini Navoiy «tole’» va «baxt» haqidagi mulohazalar bilan almashtirgan. Muhimi ikkalasi ham Tangrining insonga bergan yoxud berishi mumkin bo‘lgan eng ulug‘ ne’mati sifatida talqin etilgan. Xulosa qilib aytganda, «Saddi Iskandariy» dostonining beshinchi bobi: - an’anaviy kirish qismlari: hamd, munojat, na’t, me’roj boblaridan keyin, dunyoviy mavzu, ya’ni she’r va shoirlik masalalaridan oldin kelgan ilohiylik va dunyoviylik o‘rtasidagi ko‘prik. Chunki ayni shu bobdan keyin Navoiy so‘z xususida hamda salaflari Nizomiy, Amir Xusrav va Abdurahmon Jomiy haqidagi boblarni keltiradi. - Navoiyning kichik yoshligidan boshiga ulug‘ muddao solgan, doimiy madadkori bo‘lgan narsalar, ilhom, shoirlik iqtidori, haqiqatni anglashga bo‘lgan ehtiyoj, ilohiy ma’rifat, baxt, tole’…, bir so‘z bilan aytganda Ulug‘ Tangri ne’mati. Shoir va ulug‘ mutafakkir bu olamdagi faqat moddiy boyliklar emas ma’naviy qadriyatlar: ilm, tafakkur, ijod ham aslida tangri inoyati ekanligini ta’kidlab, ijod ahli, qolaversa, har bir fikrlovchi insonga namuna bo‘lmoqda, yo‘l- yo‘riq ko‘rsatmoqda. ADABIYOTLAR 1. Qur’oni Karim (O‘zbekcha izohli tarjima. Tarjima va izohlar muallifi A.Mansur). – T.: Cho‘lpon, 1992. 2. Alisher Navoiy. MAT. 20-tomlik. 11-tom. – T.: Fan, 1993. 3. Alisher Navoiy. Sadi Iskandariy. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi NMB, 1991. 4. Alisher Navoiy «Xamsa»si. Ilmiy maqolalar to‘plami. – T.: Fan, 1983. 5. Amir Xusravi Dehlaviy. Osori muntahab. Oinayi Iskandariy. – Dushanbe: Irfon, 1972. 6. Bertels E.E. Izbrannыe trudы. Navoi i Djami. – Moskva: Nauka, 1965. Download 395.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling