5 amaliy mashg’ulot


Reaksiya tezligiga katalizatorning ta’siri


Download 87.5 Kb.
bet4/7
Sana09.01.2022
Hajmi87.5 Kb.
#259367
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Amaliy mashgulot

Reaksiya tezligiga katalizatorning ta’siri

Katalizator - reaksiyalarning oraliq bosqichlarida ishtirok etib, reaksiya tezligini oshiruvchi aktiv oraliq birikmalar hosil qiladigan, lekin reaksiya natijasida kimyoviy tarkibi va miqdori o’zgarmaydigan moddadir. Masalan, NO katalizatorligida SO2 ni oksidlab, SO3 hosil qilish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:



Kimyoviy muvozanat. Kimyoviy reaksiyalar qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo’linadi. Qaytmas reaksiya faqat bir yo’nalishda boradi. Masalan, bertole tuzining kaliy xlorid va kislorodga ajralishi qaytmas reaksiyadir, masalan:

2KClO3 → 2KCl + 3O2

Kimyoviy protsesslarning ko’pchiligi ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradi, ya’ni reaksiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi. Bir muncha vaqt o’tgandan so’ng bu mahsulotlar bir-biriga ta’sir etib, qisman dastlabki moddalarga aylanadi. Natijada reaksiya olib borilayotgan idishda reaksiya mahsulotlari bilan dastlabki moddalardan iborat reaksion aralashma hocil bo’ladi. Agar reaksiyaning sharoiti bir xilda qolaversa, reaksion aralashma tarkibi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Reaksiya kimyoviy muvozanat holatiga keladi.

Qaytar reaksiya ikki qarama-qarshi strelkalar bilan ko’rsatiladi. Masalan, yuqori temperaturada vodorod bilan kisloroddan suv bug’ining hosil bo’lishi va uning vodorod hamda kislorodga ajralishi quyidagicha ifodalanadi:

2H2 + O2 ↔2H2O

CHapdan o’ngga boruvchi reaksiya to’g’ri reaksiya, o’ngdan chapga boruvchisi esa teskari reaksiya deb ataladi.

To’g’ri reaksiyadan hosil bo’lgan mahsulotning miqdori ortib borishi bilan teskari reaksiyaning tezligi ortadi. Bir muncha vaqt o’tgandan keyin to’g’ri va teskari reaksiyaning tezligi tenglashib, sistema kimyoviy muvozanat holatiga keladi.

Kimyoviy muvozanat vaqtida harakat to’xtamaydi, vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, huddi shuncha yangisi hosil bo’ladi. SHuning uchun ham kimyoviy muvozanat dinamik (ya’ni harakatchan) muvozanat hisoblanadi.



Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling