Reaksiyaning tezligi deb, reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o’zgarishi.
Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar:
Har qanday reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga, konsentratsiyasiga, temperatura va katalizatorga bog’liq.
Kimyoviy reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog’liqligi:
Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyaga bog’liqligini o’rganish massalar ta’siri qonunining kashf etilishiga (1867) sabab bo’ldi. Bu qonun Guldberg va Vaagelar tomonidan kashf etilgan bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: “O’zgarmas temperaturada kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsionaldir”.
Agar reaksiya tenglamasida stexiometrik koeffitsientlar bo’lsa, ular hisobga olinadi va daraja ko’rsatgichida yoziladi:
nA + mB = pC + dD
Massalar ta’siri qonuniga asosan reaksiya tezligi quyidagicha ifodalaniladi:
V = KCnA +. CnB yoki V= K[A]n . [B]m
CA va SB lar - A va V moddalarning ayni vaqtdagi molyar konsentratsiyalari, mol/l;
n va m lar reaksiyaga kirishayotgan moddalarning stexiometrik koeffitsientlari, K - reaksiyaning tezlik konstantasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |