5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


Download 177.47 Kb.
bet6/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
5-амалий

16-modda. Vositachilar
Vositachilar jismoniy va yuridik shaxslarga ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha xizmatlarni ro’yxatdan o’tkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali ko’rsatadi.
Vositachilar quyidagilardan iborat:
davlat xizmatlari markazlari;
notarial idoralar, notariuslar;
rieltorlik tashkilotlari;
tijorat banklari;
O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.
Vositachilar quyidagi xizmatlarni ko’rsatishi mumkin:
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, davlat reyestridagi ma’lumotlarni va hujjatlarni berish to’g’risida arizalar tayyorlash;
keyinchalik ro’yxatdan o’tkazuvchi organga topshirish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslardan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, davlat reyestriga o’zgartishlar kiritish, davlat reyestridan olinadigan ma’lumotlarni va hujjatlarni taqdim etish uchun hujjatlarni qabul qilish;
vositachilarga taqdim etiladigan qog’ozdagi hujjatlarning elektron ko’chirma nusxalarini tayyorlash;
ro’yxatdan o’tkazuvchi organga elektron hujjatlarni va ma’lumotlarni yuborish.
Vositachilar ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yuboriladigan elektron hujjatlarning va ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo’ladi.
3-bob. Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildini tayyorlash
17-modda. Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildini shakllantirish uchun asoslar
Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
yer uchastkalarining berilganligi (realizasiya qilinganligi);
binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
ko’chmas mulkning bo’linganligi;
ko’chmas mulkning birlashtirilganligi.
Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra ham shakllantirilishi mumkin.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling