5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildiga va kadastr pasportiga o’zgartishlar kiritish uchun asoslar


Download 177.47 Kb.
bet7/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
5-амалий

18-modda. Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildiga va kadastr pasportiga o’zgartishlar kiritish uchun asoslar
Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildiga va kadastr pasportiga o’zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
yer uchastkasining chegarasi o’zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o’zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo’ljallangan maqsadi o’zgarmaydi);
binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo’lganligi) yoki yo’q qilinganligi;
ko’chmas mulkning mo’ljallangan maqsadi o’zgarganligi;
qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.
Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildiga va kadastr pasportiga o’zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquq turi yoki huquq egasi o’zgarganda kadastr pasporti o’zgartirilmaydi. Ko’chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o’tkazilganda yoki unga o’zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo’shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish ko’chmas mulkning kadastr yig’majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.
19-modda. Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildini tugatish va arxivlashtirish uchun asoslar
Kadastr yig’majildini tugatish va arxivlashtirish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
yer uchastkasining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilganligi;
ko’chmas mulkning bo’linganligi;
ko’chmas mulkning birlashtirilganligi.
Ko’chmas mulkning kadastr yig’majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo’yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling