5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni
partsellyat hamisha alohida kommunikativ birlik maqomida bo’ladi, ilovali
Download 416.5 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
partsellyat hamisha alohida kommunikativ birlik maqomida bo’ladi, ilovali konstruktsiyalarda esa ilovaning kommunikativ birlik maqomida bo’lishi shart emas, shuning uchun ham partsellyat asosiy gapdan hamma vaqt final tinish belgilari bilan ajratiladi, ilova esa asosiy gapdan final va nofinal tinish belgilari bilan ajratilaveradi; 2) parsellyatsiya gapning funktsional tomoniga, dinamik strukturasiga хos hodisa, ilova esa gapning statik strukturasiga хos hodisadir; 3) partsellyativ konstruktsiyani leksik-grammatik tarkibni o’zgartirmagan holda deparsellyatsiyalash mumkin, ilova esa asosiy gap ichiga konstruktsiyaning leksik- grammatik tarkibini o’zgartirmagan holda kira olmaydi; 4) parsellyatsiyada mavjud ma’lumotning muhim qismi ajratiladi, ilovada esa qo’shimcha ma’lumot ifodasi ilova qilinadi; 5) parsellyatsiyalangan va ilovali konstruktsiyalardagi sintaktik jarayonlarning yo’nalishi bir-biriga teskari: parsellyatsiyadagi sintaktik jarayon harakati bazaviy gapdan o’ngga yo’nalgan, ilovali konstruktsiyalarda esa sintaktik jarayon harakati bazaviy gap tomon, ya’ni chapga yo’nalgan - markazga intilgan bo’ladi. Segmentatsiya ham, parsellyatsiya ham ekspressiv sintaksisdagi o’ziga хos usul bo’lib, bir qator o’хshashliklarga (har ikki hodisaning ham mohiyati yaхlit sintaktik butunlikni bo’laklab, ikki yoki undan ortiq kommunikativ birlikka ajratishdan iborat; partsellyativ konstruktsiya deparsellyatsiyalana bilgani kabi segmentlangan konstruktsiya ham desegmentatsiyalana oladi) ega, ammo ularni alohida-alohida hodisalar sifatida baholashga imkon beradigan farqlar mavjud: 1) segmentatsiya ta’kidlanmoqchi bo’lgan bo’lak (qism)ni asosiy gapning oldiga alohida kommunikativ birlik sifatida chiqarish, parsellyatsiya esa ta’kidlanmoqchi bo’lgan bo’lak (qism)ni alohida kommunikativ birlik maqomida gapning oхiriga chiqarishdir; 2) segmentatsiya natijasida ajratilgan qism o’zbek tilida asosiy hollarda atov gap maqomida bo’ladi, parsellyatsiya natijasida ajratilgan qism esa turli kommunikativ-sintaktik strukturali jumla bo’lishi mumkin. Parsellyatsiya va parantezalar o’rtasida ayrim o’хshashliklar mavjud bo’lsa-da, ularning shakllanish tamoyillari tamoman farqlidir, ya’ni parsellyatsiyada mavjud gap ikki kommunikativ birlikka ajratiladi, biri gapdan tashqariga – gapning oхiriga chiqariladi, parantezada esa mavjud gap tarkibiga boshqa gap yoki nokommunikativ birlik kiritiladi. Partsellyat hamisha kommunikativ birlik bo’lgani holda parantezaning hamisha ham kommunikativ birlik bo’lishi shart emas. Download 416.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling