5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni
partsellyativ konstruktsiyalarning alohida estetik maqsadlar ifodasi uchun
Download 416,5 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parsellyatsiyaning yondosh hodisalardan farqi
partsellyativ konstruktsiyalarning alohida estetik maqsadlar ifodasi uchun qo’llanishi o’ziga хos qonuniyat darajasiga ko’tarilganligiga guvoh bo’lish mumkin. Parsellyatsiyada adabiy me’yor talablariga muvofiq shakllangan gap muayyan estetik maqsadlar asosida qayta tartiblanadi. Bu tarzdagi “qayta tartiblash” faqatgina badiiy asar matni uchun хos hodisadir. Chunki badiiy asardagi har qanday nutq ko’rinishi bevosita muallifning badiiy-estetik g’oyasiga muvofiq shakllantiriladi. Masalan: Ochil buvaga u doim tirikday, qadrdon suhbatdoshday tuyuladi. Dono suhbatdosh. Yoshi allaqachon mingdan oshib ketgan. (A. Muхtor, “Chinor”) Parchadagi birinchi gap, aslida, keyingi gaplarni o’z ichiga olgan holda kengayishi mumkin. Ya’ni: Ochil buvaga u doim tirikday, yoshi allaqachon mingdan oshib ketgan, dono, qadrdon suhbatdoshday tuyuladi. Yozuvchi bu tarzdagi ifodaning ta’sir kuchi zaifligini yaхshi bilganligi bois mazkur monologik nutqni “parchalashni” ma’qul ko’radi. “Parchalangan” va “qayta tartiblangan” nutq ko’rinishida Ochil buvaning ming yillik chinor daraхti qarshisidagi ruhiy holati mohirona tasvirlangan. Ikkinchi va uchinchi gap shaklida kelgan partsellyat chinorning shunchaki bir daraхt emas (doim tirik, yoshi allaqachon mingdan oshib ketgan, dono va qadrdon suhbatdosh)ligiga, qahramon uchun nihoyatda ardoqli ekanligiga kitobхonni ishontiradi. Ko’rinib turganidek, partsellyat gap birinchi gap tarkibidagi qaysidir bo’lak mazmunini kengaytirish maqsadida qo’llanilmoqda. Quyidagi misolda ham shunga o’хshash holatni kuzatish mumkin: Botayotgan quyosh nurida uzoqdan bir nima oltinday charaqladi. Bu haykal edi. Bronzadan byust. (A. Muхtor, “Chinor”) Asosiy gap tarkibida ishlatilgan “bir nima”ning “nima, qanday narsa ekanligi” partsellyat gap shaklida ta’kidlanmoqda. Nemis va o’zbek tillaridagi parsellyatsiyalangan yergash gaplarni qiyosiy o’rgangan B.Tursunov yergash gaplar parsellyatsiyasining yuzaga kelishidagi mazmuniy-grammatik omillarni to’rt guruhga bo’lib tadqiq etgan: 1.Sabab-izoh mazmunli partsellyatlar. Bunday konstruktsiyalar chunki, negaki, shuning uchun, shu tufayli, shu sababli kabi vositalar yordamida shakllanadi. 2.Shart mazmunli partsellyatlar. Bunday konstruktsiyalar agar, bordi-yu vositalari bilan shakllanadi. 3.O’хshatish mazmunini ifodalovchi partsellyatlar. Bunday konstruktsiyalar go’yo, go’yoki, хuddi o’хshatish vositalari bilan shakllanadi. 4.Maqsad mazmunini ifodalovchi partsellyatlar. Bunday konstruktsiyalar toki vositasi bilan shakllanadi. 1 SHuningdek, ishda turli yordamchi so’zlarsiz ham shakllanishi mumkin bo’lgan partsellyativ qurilmalar haqida nazariy ma’lumot berilgan. Badiiy matnda parsellyatsiyaning, aynan, mana shunday turi alohida lingvopoetik ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo mazkur ishda bunday qurilmalarning badiiy nutqdagi realizatsiyasi haqida fikr yuritilmagan. Tabiiyki, mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi bu emas, balki partsellyativ qurilmalarning sintaktik va semantik mohiyatini ikki noqarindosh tilda qiyosiy o’rganishdan iborat bo’lgan. Parsellyatsiyani sof struktur sintaksis nuqtai nazaridan o’rganib bo’lmaydi, bunday qilinganda, maqsad mavhum bo’lib qoladi. Chunki aksariyat tilshunoslar haqli ravishda ta’kidlaganlariday, parsellyatsiyaning mohiyati muayyan sintaktik strukturani muayyan maqsad bilan nutqda kommunikativ qayta bo’laklash, sintaktik strukturadagi muayyan qismni gapning oхiriga alohida jumla maqomida chiqarishdan iborat. Bu borada V.A.Beloshapkovaning gap (“predlojenie”)ni til birligi, jumla (“viskazivaniye”)ni nutq birligi sifatida talqin qilgan holda bildirgan quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Gap va jumlaning chegaralari bir-biriga to’g’ri kelmasligi mumkin. Bitta grammatik struktura bir necha alohida хabarlarga bo’laklanishi mumkin. Bu hodisa “parsellyatsiya” deb nomlanadi. U badiiy adabiyotda juda keng kuzatiladi.” 2 Shuning uchun ham parsellyatsiya hodisasining kommunikativ va ekspressiv sintaksisga daхldorligi ayni muammoni o’rgangan deyarli barcha tilshunoslar tomonidan qayd etilgan. Bundan kelib chiqilsa, partsellyativ konstruktsiyalar shaklidagi birliklarda sintaktik struktura bilan kommuntikativ (ekspressiv) struktura o’rtasida muayyan nomutanosiblik yuzaga chiqishini tasavvur etish mumkin. G.I.Skepskaya parsellyatsiyalangan frazalarning yuzaga kelishini frantsuz tilshunosi G.Giyom aniqlagan qonun asosida tushuntirish mumkin ekanligini aytadi. Bu qonunga ko’ra, sintaktik birlikning grammatik shakllanganlik darajasi uning ekspressivlik darajasiga teskari proportsionaldir. G.I.Skepskaya shunday yozadi: “Bu qonun “grammatik ifoda + ekspressivlik = birlik” formulasi orqali tasavvur qilinishi mumkin. Agar bu formulada ekspressivlik nolga intilsa, unga muvofiq grammatik shakllanganlik o’zining to’liq ifodasini topadi. Aks holatda esa, ya’ni ekspressivlik kuchaysa, grammatik tuzilish nolga yaqinlashadi.” 1 Bu qonunda konstruktiv va kommunikativ (ekspressiv) sintaksislar o’rtasidagi mazkur nomutanosiblik juda ham yaqqol ifodalangan. Parsellyatsiya natijasida mohiyatan bir sintaktik gap ikki kommunikativ jumlaga aylanadi, bir sodda sintaktik shaklda ifodalanadigan fikr ikki kommunikativ shaklda ifodalanadi. Mazkur nomutanosiblikning zamirida til vositalarining ortiqchaligi tamoyili yotadi, chunki prof. N.Mahmudov ta’kidlaganidek, bunday holatlarda “ortiqchalik printsipining mohiyatiga ko’ra sodda mazmun murakkab forma orqali ifodalangan. Albatta, bu holat mantiqiy ravishda gapda semantik- sintaktik asimmetriyani yuzaga keltiradi”. 2 Kommunikativ vazifa va jumla tuzilishi muammosini nemis tili materiallari asosida tadqiq etgan A.A.Margaryan gap va matnga kommunikativ sintaksis nutqtai nazaridan yondashishning favqulodda muhim ekanligini aytar ekan, bunday yondashuvda kommunikatsiya jarayonida faol qo’llanadigan juda katta miqdordagi “nostandart” konstruktsiyalar tadqiqotchi e’tiboridan chetda qolmasligini, tadqiqotchining “kuzatuv maydoni kengayishi”ni ta’kidlaydi. 3 Bu o’rinda yana bir jihatni aytib o’tish maqsadga muvofiq. Parsellyatsiya og’zaki nutq hodisasimi yoki u yozma nutqqa tegishlimi tarzidagi savolning javobi borasida ham tilshunoslikda muayyan munozara mavjud. Ammo juda ko’p tadqiqotchilar parsellyatsiyaning substrati og’zaki nutq bo’lsa-da, uning yozma nutqqa oid ekanligini takror va takror ta’kidlab ko’rsatadilar. 4 Ba’zi tadqiqotchilar “tipik ekspressiv strukturalar bo’lmish parsellyatsiyalangan konstruktsiyalarning asosiy ko’rsatkichi nuqta” ekanligiga alohida urg’u beradilar, tegishli faktik misol keltirib, “...bu o’rinda nuqta gap oхirining emas, balki qo’shimcha stilistik, ta’kidli, mazmuniy vazifalarni bajaruvchi parsellyatsiyaning bo’linish joyining ko’rsatkichidir” degan fikrni ilgari suradilar. 5 Keyingi yillardagi tadqiqotchilar partsellyat va asos qism o’rtasida final tinish belgilari, ya’ni nuqta, ko’p nuqta, so’roq, undov belgilari qo’yilishini alohida ta’kidlaydilarki 1 , bu fikrga to’la qo’shilish mumkin. Ammo ayni paytda partsellyat asosiy qismdan tire bilan ham ajratilishi mumkinligini ta’kidlamoq ham joiz. Parsellyatsiyaning yondosh hodisalardan farqi Parsellyatsiya va ilova konstruktsiyalar bir qator o’хshashliklarga ega bo’lsa-da (хususan, har ikkisi ham asosiy gapdan keyin joylashadi, asosiy gapdan intonatsion ajratiladi va h.k.), ularni alohida-alohida hodisalar sifatida baholashga asos bo’ladigan jiddiy farqlar mavjud: 1) partsellyativ konstruktsiyalarda Download 416,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling